A. A. Isoqboyevning 5220200 Tarix yo`nalishi 4- bosqich talabalariga



Yüklə 58,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/35
tarix27.12.2023
ölçüsü58,86 Kb.
#163550
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
istiqlolchilik harakati tarixi

1-MAVZU: ISTIQLOLChILIK 
HARAKATINING 
MOHIYATI, 
SABABLARI VA HARAKATLANTIRUVChI KUChLARI. 
 
REJA: 
1. Istiqlolchilik harakatining mohiyati. 
2. Istiqlolchilik harakati kelib chiqishining sabablari.
3. Istiqlolchilik harakatini harakatlantiruvchi kuchlari.
4. Istiqlolchilarning qurultoylari. Kichik va Katta Ergashlar faoliyati. 
MAQSAD: Talabalarga istiqlolchilik harakatining mohiyati, harakatning kelib 
chiqish sabablari, harakatlantiruvchi kuchlari, qo’rboshilarning 
qurultoylari, Kichik va Katta Ergashlar faoliyati haqida tushuncha 
berish. Ularda vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish. 
Turkistonda oktabr to’ntarishidan keyin sodir bo’lgan voqealar jarayoni shuni 
ko’rsatadiki, bolsheviklar o’rnatgan sovet rejimi o’lka xalqlariga nafaqat 
mustaqillik, hatto milliy muxtoriyatni ham ravo ko’rmadi. Mustaqillik osonlikcha 
qo’lga kiritilmasligini tushunib yetgan milliy vatanparvarlar ko’lga qurol olib, 
bolsheviklar va bosqinchi qizil armiyaga qarshi istiqlolchilik harakatini boshlab 
yubordilar. Sovet rejimi va kommunistik mafkura hukmronligi yillarida ularga 
"bosmachi" deb noxaq tamg’a bosildi. 
Ushbu irinda "bosmachi" so’zining mohiyati hususida to’xtalmasdan o’tib 
bo’lmaydi. "Bosmachi" so’zi aslida "bosmoq" fe`lidan olingan. Aslini olganda 
Farg’ona vodiysida, umuman, butun Turkiston xududida podsho va sovetlar 
Rossiyasi bolsheviklarga qarshi qurolli kurash olib borgan turkistonliklar o’zlarini 
"bosmachilar" deb atashmagan. "Bosmachi" deb xalq o’rtasida harbiy sohaga 
aloqasi bo’lmagan jinoyatchi unsurlar, "o’g’ri" va "bezorilar to’dasi" tushunilgan. 
Shu bilan birga birovlarning yurtini bosib olgan bosqinchilarni ham "bosmachilar" 
deb atash mantiqan to’g’ri keladi. Bu harakat xaqida so’z yuritilgan 1918—1919 
yillarning o’rtalarigacha bo’lgan davrga tegishli arxiv hujjatlarida ham "bosmachi" 
so’zi uchramaydi. Bu xujjatlarda "qaroqchi" (разбойник), "shayka", juda bo’lmasa 
"bosqinchi" (bandit) iboralari qo’llanilgan. 1919 yilning o’rtalaridan boshlab avval 
sovet vaqtli matbuotida, keyinchalik esa ayrim rasmiy xujjatlarda "bosmachi" 
iborasini qo’llash boshlangan. "Bosmachi" va "bosmachilik" iboralari milliy 
ozodlik harakatining mohiyatini pasaytirish, ajdodlarimizning Rossiya zulmi va 
bolsheviklar xukmronligiga qarshi olib borgan qonli kurashlarini xaspo’shlash 
uchun buyuk davlatchi - shovinistlar tomonidan o’ylab topildi va "banditlik", 
"qaroqchilik" so’zlari bilan asossiz ravishda bir qatorga qo’yildi. Kommunizm 
mafkurachilari va ularning maddohlari xatto 1917 yilgacha bo’lgan milliy ozodlik 
harakatlarini ham ko’p xollarda shu atama bilan nomladilar. 
Xayriyatki, O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, "bosmachi" 
yorlig’i yopishtirilgan ota-bobolarimizning muborak nomlari istiqlolchilar sifatida 
namoyon bo’ldi. 


33 
Istiqlolchilik harakati "Turkiston muxtoriyati tor-mor qilinishi bilan 
boshlanganligi" deyarli barcha tarixchilarning asarlarida e`tirof qilinadi. Aslini 
olganda, muxtoriyat xukumati ag’darib tashlanmaganida ham yoki bu hukumat 
xatto mutlaqo bilmaganida ham istiqlolchilik harakatining vujudga kelishi tabiiy 
bir hol edi. Zotan, bu davrda Turkistonda vujudga kelgan ijtimoiy — siyosiy 
vaziyat istiqlolchilik harakatining boshlanishini muqarrar qilib qiygan edi. Chunki 
Turkistonda istiqlolchilik harakatining boshlanishi uchun muxtoriyatning tor — 
mor qilinishi bilan birga boshqa bir qator jiddiy sabablar ham mavjud edi. 
Birinchidan, 1917 yilda sodir bo’lgan oktabr to’ntarishi va buning natijasida 
hokimiyatni qo’lga kiritgan bolsheviklar tomonidan ilgari surilgan kommunistik 
mafkura Turkiston xalqlari uchun mutlaqo yot tushuncha edi. Mahalliy aholi bu 
g’oyani avval boshdanoq iziga singdira olmadi va unga qarshi turdi. 
Ikkinchidan, sovet hukumati o’rnatilgan dastlabki kundanoq hokimiyatni 
boshqarishga mahalliy xalq vakillari jalb qilinmadi, ularning milliy g’ururi, xaq-
huquqi inkor qilindi. Turkistonda o’rnatilgan bolsheviklar tuzumi chor Rossiyasi 
mustamlakachiligining yangi shakli ekanligi isha dastlabki kunlardanoq oshkor 
bo’lgan edi. 
Uchinchidan, yangi tuzum o’rnatilgan kundanoq mahalliy xalqning asrlar 
davomida shakllangan urf — odatlari, milliy qadriyatlari toptaldi. Қozi sudlovi 
bekor qilindi vaqf erlari tortib olindi, mulkchilikning barcha shakliga chek qiyildi. 
Turkiston Muxtoriyatining tugatilishi istiqlolchilik harakatining butun 
Farg’ona vodiysida ommaviy ravishda boshlanishiga bir turtki vazifasini itadi, 
xolos. Rossiya imperiyasining mustamlakachilik zulmi ostida ezilib kelgan 
farg’onaliklar Turkistonda birinchi bilib bolsheviklar rejimiga qarshi qurolli 
kurashga otlandilar. Shu tariqa, Turkistonda sovet hokimiyati va bolshevikcha 
rejimga qarshi istiqlolchilik harakati 1918 yil fevral oyining oxirlarida boshlangan 
edi. 
Istiqlolchilik harakatining asosiy harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar, 
chorikorlar, mardikorlar, hunarmandlar va kosiblar zdi. Turkiston respublikasi 
rahbarlaridan birining e`tirof etishicha, istiqlolchilik harakatida asosan dehqonlar 
va hunarmandlar qatnashdi. Ularga shahar axolisining aksariyat qismi: iziga tiq 
badavlat oilalarniig vakillari, savdogarlar, islom dini arboblari hamda ba`zi boylar 
qo’shildi. Istiqlolchilar safida oq-qorani tushungan savodxon kishilar — ziyolilar 
ham ko’pchilikni tashkil qilardi va ular jadidlar orasidan ajralib chiqqan Turkiston 
munavvarlari va muborizlari edi. Bir siz bilan aytganda, istiqlolchilar safida 
xalqning barcha tabaqasiga mansub kishilar bor edi. 
Dastlabki istiqlolchi guruhlarning tashkil topishi Kichik va Katta 
Ergashlarning nomlari bilan bog’liqdir. 
Turkiston Muxtoriyati hukumati qishiniga boshchilik qo’lgan Kichik Ergash 
qo’rboshi 1918 yil 19 — 21 fevralda Қiqon shahrida qizil askarlarga qarshi bo’lgan 
"ikki kunlik urush natijasida mag’lubiyatga uchradi, uning 2.000 kishilik 
armiyasidan omon qolgan ikki yuzga yaqin kishi Kichik Ergash rahbarligida Қiqon 
uezdidagi Bachqir qishlog’iga (Қiqondan 18 chaqirim shimoli — sharq tomonda) 
jang bilan chekinishdi". Izining kindik qoni tiko’lgan Bachqir qishlog’ida Kichik 
Ergash yigitlari bilan qal`a shaklida istehkom qurib, mustahkam irnashib oldi. 26 


34 
fevral kuni Bachqirga 5 ta qizil gvardiyachilar otryadi va dashnoqlar drujinasi 
hujum qilishdi. 27 fevralda bo’lgan janglarning birida Kichik Ergash shaxid 
bilgach, uning irniga Katta Ergash qo’rboshi Farg’ona vodiysida bolsheviklarning 
mustamlakachilik tartibiga qarshi kurash boshladi. Sovet hokimiyati va 
bolsheviklarga qarshi milliy istiqlol harakatini tashkil qilish endi uning zimmasiga 
tushadi. 
1918 yil mart oyiga kelib Farg’ona vodiysida bir-biridan mustaqil ravishda 40 
dan ortiq qo’rboshi dastalari faoliyat ko’rsatardi. Madaminbek Skobelev uezdida, 
Shermuhammadbek va Nurmuhammadbek Marg’ilon atroflarida, Omon
Polvon, Қobul, Sotiboldi Қozi va Rahmonqul Namangan uezdida, Parpi qo’rboshi 
Andijon shahri atrofida, eshmat qo’rboshi Қiqonning Buvayda qishlog’ida, Umar 
Choli Urganji qishlog’ida, Jonibek Қozi Izgan tomonda, Muhiddinbek Novqatda 
harakat qilmoqda edi. 
Bu tarqoq holda bo’lgan istiqlolchilik harakatini yagona qimondonlikka 
biysundirish va birgalikda harakat qilish maqsadida "Shiroi Islomiya" va "Shiroi 
Ulamo" tashkilotlari a`zolarining tashabbusi bilan 1918 yil mart oyining oxirida 
Bachqir qishlog’ida Farg’onadagi butun qo’rboshilarning birinchi qurultoyi 
chaqirildi. Unda 40 dan ortiq yirik qo’rboshilar qatnashdi. Farg’ona vodiysidagi 
istiqlolchilik harakatining boshlig’i qilib Katta Ergash saylandi va unga butun 
musulmon qishinlarining Oliy bosh qimondoni - "Amir al muslimin" unvoni 
berildi. Katta Ergash qo’rboshining irinbosarlari qilib Madaminbek va 
Shermuhammadbek tayinlandi. 
Umuman olganda, Farg’ona vodiysida 1918 yilning o’rtalariga kelib, taxmiian 
yuzga yaqin qo’rboshilar o’z dastalari bilan qizil armiya qismlariga qarshi kurash 
olib bormoqda edi. Lekin shu bilan birgalikda ayrim kichik guruhlar o’z 
manfaatlari yilida to’ntarishdan keyingi tartibsiztshklar va boshboshdoqlikdan 
foydalanib xalqni talash, boylik orttirish maqsadida harakat qilib aholi orasida 
obro’sizlandilar. Bular kichik - kichik guruxlar bo’lib, ular umumiy istiqlolchilik 
harakatiga qo’shilmas, o’zlari mustaqil harakat qilar edilar. Sovet hukumati esa 
bundan ustalik bilan foydalanib, Turkiston xalqlari o’rtasida xaqiqiy istiqlolchilarni 
obro’sizlantirishga, ularga "bosmachilar" deb tamg’a osishga harakat qilar edi. 
Turkistondagi istiqlolchilik harakatining iziga xos milliy xarakteri va 
xususiyatlari mavjud bilib, ular harakatdagi qo’rboshilar dastalari va guruxlari 
faoliyatida, ularning maqsad va istaklarida iz ifodasini topgan edi. Bularda islom 
shariati qonun - qoidalari asosidagi milliy davlat barpo qilishdan tortib, milliy 
demokratik tartibdagi mustaqil davlat tuzish kabi g’oyalar mujassamlashgan edi. 
M.Frunze bundan sal oldinroq Turkiston fronti qimondoni vazifasini 
bajarishga kirishishi munosabati bilan 1919 yil 11 avgustda chiqargan buyrug’ida 
Turkiston frontining tashkil qilinishidan maqsadni quyidagi tarzda ochiq bo’ldirgan 
edi: "Turkiston yurishining asl maqsadi, butun Turkistonni ishg’ol qilishdan 
iboratdir». Chunki Farg’ona vodiysidagi bu harakat Markaz va butun Turkiston 
o’lkasida bolsheviklar rejimiga qarshi ko’tarilgan xalq harakati bilib, sovet 
hokimiyatini larzaga keltirdi, ayniqsa, Farg’onada uni halokat yoqasiga olib keldi. 
1920 yil 18 avgustda 2-Turkiston iqchi diviziyasi komandiri F.Karpov 
Turkfront qimondoni M.Frunze bilan telegraf orqali bevosita suhbatida shunday 


35 
degan edi: "Farg’onadagi urush qaroqchilarga qarshi kurash bilmasdan, balki bu 
erda kurash tub aholini sovet hokimiyatiga qarshi tashkiliy ravishdagi qizg’oloni 
hisoblanadi. Bosmachilar bilib itgan janglarda katta kuch yiqotsalarda, hozirgi 
vaqtda ularning safi yangidan, hattoki, avvalgidan ortiq darajada tilib bormokda
har bir miltiqqa 5 ta nomzod da`vogarlik qilmoqda". 
Turkiston avtonom sovet respublikasi XKS raisi Қayg’usiz Otaboev 1922 yil 
iyulida bo’lgan Turkiston MIҚ 4 - plenumida istiqlolchilik harakati natijasida 
o’lkada vujudga kelgan vaziyatni to’g’ri baholashga harakat qilib, shunday degan 
edi: "...Dastlabki davrlarda bosqinchilik ruhida bo’lgan bu harakat endilikda 
siyosiy mazmun kasb etdi. Shuni ta`kidlash lozimki, 1919—1920 yillarga kelib 
Farg’onada qaroqchilik, bosmachilik emas, balki iziga xos xalq qizg’oloni vujudga 
keldi. 
Biz 4 yil davomida bu harakatga hatto to’g’ri baxo berishni ham bilmadik, u 
xalk, qizg’oloni bo’lgani xolda bosmachilik deb atadik. Bosmachilik mohiyatan 
talonchilik degan ma`noni anglatadi, bizning ushbu harakatga bergan noto’g’ri 
ta`rifimiz masalani hal etishda noto’g’ri yondoshuvlarga olib keldi. Va alaloqibat 4 
yil davomida biz bu harakatning biron-bir jihatini tugata olmadik". Bu tarixiy 
hujjat shundan dalolat beradiki, sovet hokimiyatining Turkistondagi rahbarlari 
izlari istamagan holda istiqlolchilik harakatiga va uning mohiyatiga ilk bor to’g’ri 
baho berishga, ko’tarilgan xalq harakatini sovet tuzumiga, bolsheviklar rejimiga 
qarshi qurolli qizg’olon ekanligini tan olishga majbur bo’ldilar. Bu isha davr uchun 
muhim ahamiyatga ega edi. 
Markaziy sovet hokimiyatining butun Turkiston o’lkasida yuritgan shovinistik 
va mustamlakachilik siyosati, mahalliy aholi manfaatlari bilan hisoblashmay, 
milliy qadriyatlarni oyoqosti qilinishi istiqlolchilik harakatining doimiy ravishda 
avj olib borishiga hamda uzluksiz davom etishiga, ular safining muntazam ortib 
borishiga, hatto ularning milliy tarkibini baynalmilallashuviga olib keldi. 
Turkistondagi istiklolchilik harakatiiipg milliy tarkibi asosan tub joy aholisi izbek, 
tojik, qirg’iz, qozoq, turkman, qoraqalpoq, uyg’urlardan iborat edi. Ayniqsa, 
Madaminbek iz yigitlari safida har xil millat vakillari bilishiga e`tibor berdi. U 
Farg’ona vodiysidagi rus aholisiga murojaat qilib, iz armiyasiga qo’shilgan har bir 
oddiy askarga oyiga ming simdan, zobitlarga esa ikki ming simdan maosh 
tilanishini va ularning diniy e`tiqodlariga dahl qilinmasligini e`lon qildi. 
Madaminbek qishinlari bilan Jalolobodda turgan K.Monstrovning krest’yanlar 
(dexqonlar) armiyasi o’rtasida 1919 yil 2 sentyabrda sovetlarga qarshi birgalikda 
kurashish uchun izaro bitim tuzilganligi yuqoridagi fikrimizga dalildir. 
Shuningdek, istiqlolchilar safida ayrim tatar va boshqird harbiylari, Turkiya 
va Afg’onistondan kelgan juda oz miqordagi zobitlar ham bor edi. Masalan, arxiv 
hujjatlarining dalolat berishicha, Shermuhammadbek lashkarlari safida "12 turk 
harbiy instruktori bo’lgan". 
Istiqlolchilarning jang qilish taktikasi ham iziga xos edi. Ularning safida 
maxalliy sharoitni puxta bo’lgan yilboshlovchilar ko’p bilib, ular bilajak jang 
shart-sharoitlarini oldindan bilishgan: chunonchi, qizil askarlar miqdori, ular qurol 
— yarog’ining turi va soni, hujum usullari yoki chekinishi — hamma — hammasi 
oldindan puxta irganilgan. Isha davr tarixiy hujjatlarining guvohlik berishicha, 


36 
istiqlolchilar "razvedkasi ajoyib ishlar", janglarda bilsa "ko’p hollarda maxalliy 
aholi tomonidan qillab — quvvatlangan bosmachilar g’olib chiqishar edi". 
Istiqlolchilar mahalliy sharoitni yaxshi bo’lganliklari uchun hovli va bog’larda, 
qishloqlardagi devorlar ortida, mahalla va guzarlarda, tog’ — toshlarda, chil — 
biyobonlarda, odam borishi qiyin bo’lgan daralarda ham erkin harakat qilishgan. 
Istiqlolchi dastalarning bunday kurash usullari sovet qishinlariniig ularga 
qarshi itkazayotgan harbiy operatsiyalarini qiyinlashtirar edi. Farg’onadagi milliy 
istiqlolchilar bilai kurashning iziga xosligini tavsiflab, Turkiston frontining 
qimondoni M.Frunze buyruqlarining birida shunday e`tirof etadi: "Axoli zich 
joylashgan va inqir — chinqirlari ko’p Farg’ona rayonlarida shaykalarni ta`qib 
qilish juda qiyin vazifa bilib, haddan tashqari katta kuch — quvvatni talab qiladi... 
Barcha tomonlari ariqlar bilan kesishgan va bir — birini tisib turgan tog’lar bilan 
qurshalgan tumanlardan iborat bo’lgan, aholisi zich joylashgan Farg’ona vodiysida 
kurash haddan tashqari mushkul edi. Ҳoldan toydirilgan dushman bir joyda 
tarqalib ketsa, dam olib hamda pastqam va ovloq iriplarda kuch tiplagach, yana 
boshqa joylarda paydo bilardi. Ularning qiqqisdan qo’lgan hujumlari hali jangga 
tayyorgarlik kirishga imkoniyati bilmagan jangchilardagina emas, balki barcha 
axoli o’rtasida ham tixtovsiz asabiy ziriqish tug’dirardi va shu sababli Farg’onada 
kurashning usullari boshqa frontlardagi kurash usullaridan farq qiladi. Bu erda 
front chizig’i yiq, u hamma joydan itadi". 
Istiqlolchilarning iziga xos bu kurash usullari, ularning xalq ommasi 
tomonidan doimo qillab — quvvatlanishi qizil askarlariipg tobora g’azabini 
qizg’atardi. Natijada sovet armiyasi jangchilari butun — butun shahar va 
qishloqlarning kulini kikka sovurishar, qishloqlarni havodan turib samolyotlarda 
bombardimon qilishar, tinch aholini qirib tashlashar, Farg’ona xalqini zaharli gaz 
ishlatib big’ib ildirishar, qisqasi M.V.Frunze va keyinchalik S.S.Kamenev 
tomonidan Maxsus Turkiston uchun ishlab chiqo’lgan "Bosmachilikka qarshi 
kurash yiriqnomasi"ni sizsiz bajarishar edi. 
Shunday qilib, 1918 yil fevralda dastlab Қiqon atroflarida boshlanib, 
keyinchalik Farg’ona vodiysi va butun mintaqani qamrab olgan istiqlolchilik 
harakati sovet rejimi va bosqinchi qizil armiyaga qarshi qaratilgan bilib, 
ajdodlarimiz Turkiston mustaqilligi uchun xayot — mamot kurashiga otlangan 
edilar. 

Yüklə 58,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə