A. A. Isoqboyevning 5220200 Tarix yo`nalishi 4- bosqich talabalariga



Yüklə 58,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/35
tarix27.12.2023
ölçüsü58,86 Kb.
#163550
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
istiqlolchilik harakati tarixi

maslahatlar, seminar 
mashg’ulotlariga 
talabalarni 
mustaqil 
tayyorgarlik ko’rishlari uchun asosiy va qo’shimcha adabiyotlar manba 
sifatida berilgan.
Ushbu uslubiy ko’rsatmadan tarix va notarix fakul’tetlarning talabalari 
hamda fan o’qituvchilari foydalanishlari mumkin.
 
Mas`ul muharrir:
t.f.d. Rasulov A.N. 
Taqrizchilar:
 
t.f.n., dots. Yulchiboyev S 
 
t.f.n. Mallabaev B.B. 
Muallif:
A.A.Isoqboyev, t.f.n., katta o’qituvchi. 
 
 
 
 
 
Ushbu uslubiy ko’rsatma Vatan tarixi kafedrasining 2008 yil 26 
avgustdagi 1-sonli, Tarix fakul’teti Ilmiy kengashining 2008 yil 26 avgustdagi 
1-sonli yig’ilishlarida ko’rib chiqilib, o’quv jarayoniga tavsiya etilgan. 
© Namangan Davlat universiteti, 2008 yil. 


78 
Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q 
(Islom Karimov) 
SO’Z BOShI 
O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritib, uni mustahkamlash va shuning 
asosida yangi huquqiy-demokratik jamiyat qurish yo’liga o’tdi. Mustaqillik tufayli 
respublikamiz ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy va siyosiy hayotida juda katta 
tub o’zgarishlar ro’y berdi. O’zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davr ichida 
milliy davlatchilikni barpo qilish, bozor iqtisodiga o’tish, xalqaro munosabatlarni 
yo’lga qo’yish va rivojlantirish bobida ulkan ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, 
istiqlol xalqimizning ma`naviy uyg’onishi uchun to’la imkoniyat yaratdi. 
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o’zining bir qator risola va nutqlarida kishilar 
dunyoqarashi va jamiyat mafkurasining shakllanishida ijtimoiy fanlarning xususan, 
tarix fanining o’rni beqiyosligini ta`kidlab o’tdi. Jumladan, Prezidentimiz milliy 
mafkuraning shakllanish jarayonida tarix fanining o’rniga g’oyat yuksak baho 
berib: «Milliy mafkurani shakllantirishdagi eng katta manba-bu haqqoniy 
yoritilgan tarixdir»
1
,-deb ko’rsatdi. 
Darhaqiqat, o’zbek halqi mustaqillikka tinch yo’l bilan erishgan bo’lsa-da, 
istiqlol uchun olib borilgan kurashlarning ildizlari uzoq tarixga borib taqaladi. 
Mustaqillik sharofati bilangina bu kurashlar tarixini xolisona o’rganishga 
imkoniyat yaratildi va milliy tariximiz, ma`naviy boyliklarimizni sinfiy, partiyaviy 
to’siqlar bilan xalqdan ajratib qo’yishdek illatga barham berildi.
Mustabidchilik 
davrida 
hukmron 
kommunistik 
mafkura 
ta`sirida 
o’tmishimizdagi talaygina tarixiy jarayonlar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar 
kommunistik, ma`muriy-buyruqbozlik tizimi manfaatlariga bo’ysundirilgan holda 
soxtalashtirildi, noto’g’ri talqin etildi. 
Buning uchun juda ko’plab misollarni keltirishimiz mumkin. Masalan, 
o’zbek millatining shakllanish jarayoni, o’zbek davlatchiligi tarixi muammolariga 
1
Êàðèìîâ È.À. Миллий исти=лол мафкураси-хал= эъти=оди ва буюк келажакка ишончдир.-Т.: 
Ызбекистон, 2000.-Б.34. 


79 
yuzaki tarzda yondoshildi. Yurtimiz tarixida muhim o’rin tutgan ijtimoiy-siyosiy 
harakatlar, voqealar sohtalashtirildi. Buyuk tarixiy shaxslarimizning Vatan va 
millat oldidagi xizmatlari kamsitildi yoki umuman inobatga olinmadi. Amir Temur 
tarixi, jadidchilik harakati tarixi, istiqlolchilik harakati tarixi noxolis o’rganildi 
yoki o’rganilmadi. 
Tarixchilarimizning 
hozirgi 
kundagi 
dolzarb 
vazifalaridan 
biri, 
o’tmishimizdagi har bir hodisa va voqea ma`lum ijtimoiy-siyosiy, g’oyaviy muhit 
ta`sirida yuz berganligini hisobga olgan holda, asosli hujjatlarga tayanib, ushbu 
voqea, hodisalarni har tomonlama chuqur o’rganish hamda tahlil qilishdan 
iboratdir. 
Oliy o’quv yurti talabasi nazariy olgan bilimlarini seminar mashg’ulotlari 
orqali mustahkamlab borishi kerak. Seminar mashg’ulotlariga talaba qanday 
tayyorgarlik ko’rishi kerak va bu borada nimalarga e`tibor berishi kerak? Seminar 
mashg’ulotlari qay tarzda o’tkazilishi maqsadga muvofiq? Shularni hisobga olib
Istiqlolchilik harakati tarixi fanidan seminar mashg’ulotlari bo’yicha reja asosida 
mazkur uslubiy ko’rsatmani nashr etish maqsadga muvofiq deb topildi. 
Seminar-bu tegishli mavzular bo’yicha talabaning faol ishtirokida 
o’tkaziladigan guruxiy mashg’ulotlarining bir shakli. Talaba seminar 
mashg’ulotiga tayyorgarlik ko’rish jarayonida quyidagilarga e`tibor qaratishi zarur: 
-berilgan mavzu tarkibidan o’rin olgan, yoritilishi ko’zda tutilgan masalalar 
mohiyatiga; 
-tavsiya etilgan adabiyotlarning rejadagi masalalarni yoritishdagi o’rniga;
-mavzu bo’yicha ma`ruza materiallariga... 
Seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik davomida talabaning shu mashg’ulot 
masalalarini qangchalik yoritishi mezoni qanday? Bizningcha, talabani qanchalik 
ko’p yozgani emas, balki qanchalik masalani chuqUr tushungani va erkin, lo’nda 
qilib tushuntira olgani muhim. Mashg’ulotda boshidan oxirigacha o’qib berish 
talabaning mavzuga zo’r tayyorgarli ko’rganidan dalolat bermydi. O’ylaymizki, 
seminar mashg’ulotlarining dastlabki kunlaridanoq, talaba yozib, tayyorlanib 


80 
kelganini og’zaki, mustaqil bayon qilishga odatlanishi kerak. To’g’ri, masalani 
yoritilishi dastlabi paytlarda o’qib bergandek silliq, ravon chiqmasligi mumkin. 
Ammo jonli, mustaqil, erkin mushohadaga asoslangan holda chiqishi muqarrar. 
Talaba seminar mashg’uloti rejasidagi masalani yozma yoritgandan so’ng 
aynan shu masala bilan bog’liq savollarni o’zi tuzishi ham mAqsadga muvofiq 
hisoblanadi. Zero, har qanday savol zamida ma`lum ma`noda bilim yotadi. 
Shuningdek, talaba shu seminar mashg’uloti bo’yicha mustaqil iboralarni hamda 
test savollari tuzishi ham bilimini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Tuzgan 
savollaringizdan yana guruhdoshingiz seminar mashg’ulotiga rejadagi masalani 
yoritib bo’lgandan keyin ham foydalanishi mumkin. Aniqrog’i, kursdoshingizga 
savol bilan murojaat qilishingiz mumkin. Seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlikda 
tarixiy, siyosiy terminlar mohiyatini o’rganish ham zarur hisoblanadi. 
Seminar mashg’ulotlari talabalar tomonidan baxsli o’tkazilsa, yanada esda 
qolarli bo’ladi. Albatta, talaba baxsli masalalar bo’yicha o’z fikrini bayon qilishga 
hamda uni asoslashga harakat qilishi kerak. 
O’z navbatida talabalar munozaralar yuritish madaniyatini ham 
egallamoqliklari zarur. Zero, har bir bahs-munozara natijasi murosasizlikka emas, 
haqiqatni, masala mohiyatini yoritishga xizmat qilishi kerak. 
Ushbu uslubiy ko’rsatmada mustaqil ta`lim mavzulari ham berildi. Albatta, 
keltirilgan mustaqil ta`lim mavzularini doirasi kengayishi, takomillashtirilishi ham 
mumkin.
Hurmatli talabalar! Mazkur uslubiy ko’rsatma Sizni Istiqlolchilik harakati 
tarixini chuqurroq o’rganishingizda doimiy hamrohingiz, maslahatchingiz bo’lib 
qoladi deb umid qilamiz. O’ylaymizki, Ushbu uslubiy ko’rsatma ham juz`iy 
kamchilik va nuqsonlardan holi bo’lmasligi mumkin. Bu borada mutaxassislar 
tomonidan bildirilgan har qanday taklif va mulohazalar mualliflar tomonidan 
samimiy qabul qilinadi. 

Yüklə 58,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə