maslahatlar, seminar
mashg’ulotlariga
talabalarni
mustaqil
tayyorgarlik ko’rishlari uchun asosiy va qo’shimcha adabiyotlar manba
sifatida berilgan.
Ushbu uslubiy ko’rsatmadan tarix va notarix fakul’tetlarning talabalari
hamda fan o’qituvchilari foydalanishlari mumkin.
Mas`ul muharrir:
t.f.d. Rasulov A.N.
Taqrizchilar:
t.f.n., dots. Yulchiboyev S
t.f.n. Mallabaev B.B.
Muallif:
A.A.Isoqboyev, t.f.n., katta o’qituvchi.
Ushbu uslubiy ko’rsatma Vatan tarixi kafedrasining 2008 yil 26
avgustdagi 1-sonli, Tarix fakul’teti Ilmiy kengashining 2008 yil 26 avgustdagi
1-sonli yig’ilishlarida ko’rib chiqilib, o’quv jarayoniga tavsiya etilgan.
© Namangan Davlat universiteti, 2008 yil.
78
Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q
(Islom Karimov)
SO’Z BOShI
O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritib, uni mustahkamlash va shuning
asosida yangi huquqiy-demokratik jamiyat qurish yo’liga o’tdi. Mustaqillik tufayli
respublikamiz ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy va siyosiy hayotida juda katta
tub o’zgarishlar ro’y berdi. O’zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davr ichida
milliy davlatchilikni barpo qilish, bozor iqtisodiga o’tish, xalqaro munosabatlarni
yo’lga qo’yish va rivojlantirish bobida ulkan ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa,
istiqlol xalqimizning ma`naviy uyg’onishi uchun to’la imkoniyat yaratdi.
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o’zining bir qator risola va nutqlarida kishilar
dunyoqarashi va jamiyat mafkurasining shakllanishida ijtimoiy fanlarning xususan,
tarix fanining o’rni beqiyosligini ta`kidlab o’tdi. Jumladan, Prezidentimiz milliy
mafkuraning shakllanish jarayonida tarix fanining o’rniga g’oyat yuksak baho
berib: «Milliy mafkurani shakllantirishdagi eng katta manba-bu haqqoniy
yoritilgan tarixdir»
1
,-deb ko’rsatdi.
Darhaqiqat, o’zbek halqi mustaqillikka tinch yo’l bilan erishgan bo’lsa-da,
istiqlol uchun olib borilgan kurashlarning ildizlari uzoq tarixga borib taqaladi.
Mustaqillik sharofati bilangina bu kurashlar tarixini xolisona o’rganishga
imkoniyat yaratildi va milliy tariximiz, ma`naviy boyliklarimizni sinfiy, partiyaviy
to’siqlar bilan xalqdan ajratib qo’yishdek illatga barham berildi.
Mustabidchilik
davrida
hukmron
kommunistik
mafkura
ta`sirida
o’tmishimizdagi talaygina tarixiy jarayonlar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar
kommunistik, ma`muriy-buyruqbozlik tizimi manfaatlariga bo’ysundirilgan holda
soxtalashtirildi, noto’g’ri talqin etildi.
Buning uchun juda ko’plab misollarni keltirishimiz mumkin. Masalan,
o’zbek millatining shakllanish jarayoni, o’zbek davlatchiligi tarixi muammolariga
1
Êàðèìîâ È.À. Миллий исти=лол мафкураси-хал= эъти=оди ва буюк келажакка ишончдир.-Т.:
Ызбекистон, 2000.-Б.34.
79
yuzaki tarzda yondoshildi. Yurtimiz tarixida muhim o’rin tutgan ijtimoiy-siyosiy
harakatlar, voqealar sohtalashtirildi. Buyuk tarixiy shaxslarimizning Vatan va
millat oldidagi xizmatlari kamsitildi yoki umuman inobatga olinmadi. Amir Temur
tarixi, jadidchilik harakati tarixi, istiqlolchilik harakati tarixi noxolis o’rganildi
yoki o’rganilmadi.
Tarixchilarimizning
hozirgi
kundagi
dolzarb
vazifalaridan
biri,
o’tmishimizdagi har bir hodisa va voqea ma`lum ijtimoiy-siyosiy, g’oyaviy muhit
ta`sirida yuz berganligini hisobga olgan holda, asosli hujjatlarga tayanib, ushbu
voqea, hodisalarni har tomonlama chuqur o’rganish hamda tahlil qilishdan
iboratdir.
Oliy o’quv yurti talabasi nazariy olgan bilimlarini seminar mashg’ulotlari
orqali mustahkamlab borishi kerak. Seminar mashg’ulotlariga talaba qanday
tayyorgarlik ko’rishi kerak va bu borada nimalarga e`tibor berishi kerak? Seminar
mashg’ulotlari qay tarzda o’tkazilishi maqsadga muvofiq? Shularni hisobga olib,
Istiqlolchilik harakati tarixi fanidan seminar mashg’ulotlari bo’yicha reja asosida
mazkur uslubiy ko’rsatmani nashr etish maqsadga muvofiq deb topildi.
Seminar-bu tegishli mavzular bo’yicha talabaning faol ishtirokida
o’tkaziladigan guruxiy mashg’ulotlarining bir shakli. Talaba seminar
mashg’ulotiga tayyorgarlik ko’rish jarayonida quyidagilarga e`tibor qaratishi zarur:
-berilgan mavzu tarkibidan o’rin olgan, yoritilishi ko’zda tutilgan masalalar
mohiyatiga;
-tavsiya etilgan adabiyotlarning rejadagi masalalarni yoritishdagi o’rniga;
-mavzu bo’yicha ma`ruza materiallariga...
Seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik davomida talabaning shu mashg’ulot
masalalarini qangchalik yoritishi mezoni qanday? Bizningcha, talabani qanchalik
ko’p yozgani emas, balki qanchalik masalani chuqUr tushungani va erkin, lo’nda
qilib tushuntira olgani muhim. Mashg’ulotda boshidan oxirigacha o’qib berish
talabaning mavzuga zo’r tayyorgarli ko’rganidan dalolat bermydi. O’ylaymizki,
seminar mashg’ulotlarining dastlabki kunlaridanoq, talaba yozib, tayyorlanib
80
kelganini og’zaki, mustaqil bayon qilishga odatlanishi kerak. To’g’ri, masalani
yoritilishi dastlabi paytlarda o’qib bergandek silliq, ravon chiqmasligi mumkin.
Ammo jonli, mustaqil, erkin mushohadaga asoslangan holda chiqishi muqarrar.
Talaba seminar mashg’uloti rejasidagi masalani yozma yoritgandan so’ng
aynan shu masala bilan bog’liq savollarni o’zi tuzishi ham mAqsadga muvofiq
hisoblanadi. Zero, har qanday savol zamida ma`lum ma`noda bilim yotadi.
Shuningdek, talaba shu seminar mashg’uloti bo’yicha mustaqil iboralarni hamda
test savollari tuzishi ham bilimini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Tuzgan
savollaringizdan yana guruhdoshingiz seminar mashg’ulotiga rejadagi masalani
yoritib bo’lgandan keyin ham foydalanishi mumkin. Aniqrog’i, kursdoshingizga
savol bilan murojaat qilishingiz mumkin. Seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlikda
tarixiy, siyosiy terminlar mohiyatini o’rganish ham zarur hisoblanadi.
Seminar mashg’ulotlari talabalar tomonidan baxsli o’tkazilsa, yanada esda
qolarli bo’ladi. Albatta, talaba baxsli masalalar bo’yicha o’z fikrini bayon qilishga
hamda uni asoslashga harakat qilishi kerak.
O’z navbatida talabalar munozaralar yuritish madaniyatini ham
egallamoqliklari zarur. Zero, har bir bahs-munozara natijasi murosasizlikka emas,
haqiqatni, masala mohiyatini yoritishga xizmat qilishi kerak.
Ushbu uslubiy ko’rsatmada mustaqil ta`lim mavzulari ham berildi. Albatta,
keltirilgan mustaqil ta`lim mavzularini doirasi kengayishi, takomillashtirilishi ham
mumkin.
Hurmatli talabalar! Mazkur uslubiy ko’rsatma Sizni Istiqlolchilik harakati
tarixini chuqurroq o’rganishingizda doimiy hamrohingiz, maslahatchingiz bo’lib
qoladi deb umid qilamiz. O’ylaymizki, Ushbu uslubiy ko’rsatma ham juz`iy
kamchilik va nuqsonlardan holi bo’lmasligi mumkin. Bu borada mutaxassislar
tomonidan bildirilgan har qanday taklif va mulohazalar mualliflar tomonidan
samimiy qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |