A. A. Toshboyev


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə25/137
tarix11.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#147025
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   137
O

Nazorat va muhokama uchun savollar



  1. Mehnat resurslari haqida tushuncha bering.




  1. Mehnat bozori faoliyatini tushuntiring.




  1. Mehnat unumdorligi tushunchasi va uni oshirish yo‘llarini aytib



bering.
4. Mehnat bozorlari faoliyatini qanday baholaysiz?


5. Yollanma ishchilarning haq-huquqlarini izohlang.

-54-





  • FERMER XO‘JALIGINING MOL-MULKI,

BOB ULARDAN FOYDALANISH


5.1. Fermerning mol-mulki va undan foydalanish yo‘llari

Fermer xo‘jaliklari o‘z ixtiyoridagi mol-mulkdan va yer uchastkalaridan foydalanib faoliyat ko‘rsatadi.


Fermer xo‘jaligining mol-mulkiga: binolar, inshootlar, qishloq xo‘jaligi ekinzorlari va ko‘chatzorlari, dov-daraxtlar, chorva mollari, parrandalar, yetishtirilgan mahsuloti, qishloq xo‘jalik texnikasi, inventar, asbob-uskunalar, transport vositalari, pul mablag‘lari, intellektual mulk obyektlari, shuningdek, fermer xo‘jaligining balansidagi boshqa mol-mulklar kiradi.

Fermer xo‘jaliklari mol-mulkining shakllanish manbalari quyidagilar:


xo‘jalik a’zolarining pul va moddiy mablag‘lari; mahsulot (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan, shuningdek, faoliyatining boshqa turlaridan olingan daromadlar; qimmatli qog‘ozlardan olingan daromadlar; kreditlar; yuridik va jismoniy shaxslarning beg‘araz xayriya va boshqa badallari, ehsonlari; qonunlarda taqiqlanmagan boshqa manbalar.


Fermer xo‘jaliklari zarur mol-mulkni va ishlab chiqarish vositalarini birjalarda, yarmarkalarda, bozorlarda yuridik va jismoniy shaxslardan sotib oladi.


Fermer xo‘jaliklarining mol-mulki miqdori cheklanmagan bo‘lib, u davlat tomonidan himoya qilinadi. Fermer xo‘jaliklarining mol-mulki ularning a’zolariga umumiy, birgalikdagi mulk hisoblanadi.


Fermer xo‘jaliklarining mol-mulkini ko‘paytirish va undan samarali foydalanishning asosi tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi.


Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) – tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan, o‘z tavakkalchiligi va mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qatoriga o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga olingan va tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan yuridik va jismoniy shaxslar kiradi. Fermer va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari kichik va o‘rta tadbirkorlik faoliyati subyektlari hisoblanadi.


Fermer xo‘jaliklarining mol-mulklaridan samarali foydalanish yo‘llariga:


mavjud texnika vositalaridan intensiv foydalanish;



-55-

bino-inshootlarini o‘z vaqtida ta’mirlab borish;

texnika vositalarining yuk ko‘tarish qobiliyatidan maksimal foydalanish;


ot-arava transportidan foydalanish va boshqalar kiradi.





Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə