A b d u m a jid m a d r a im o V g a V h a r fu z a IL o V a manbashunoslik


Fors tilidagi manbalarning xususiyatlari



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/187
tarix27.04.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#107226
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   187
Madraimov A. Manbashunoslik

5.4. Fors tilidagi manbalarning xususiyatlari
Fors tilida bitilgan tarixiy asarlar a n ’anaga binoan arab tilida nomlanar, 
ularda ham islomiy manbalar va islomiy tarixiy asarlar xususiyatlari yaqqol 
ko‘zga tashlanar edi. Hatto, yozuv yoki xat turi arab alifbosida b o ‘lib, 
keyincha forsiy va turkiy til xususiyatlarini hisobga olgan holda yigirma 
sakkiz arab harfiga to ‘rt harf q o ‘shildi va natijada arab yozuviga asoslangan 
fors va turkiy til yozuvi vujudga keldi.
XIV 
asrgacha, asosan arab yozuvning m um toz turlaridan kufiy, nasx 
va sulsdan foydalanilgan b o ‘lsa, XV asrdan boshlab yangi yozuv nasta’liq 
Tem uriylardavrida M ir Ali Tabriziy nomli xattot tom onidan ixtiro etilib
iste’molga kiritildi. Bu yozuv badiiy va tarixiy asarlarda yetakchi o ‘rin 
egalladi.
A m m o, tarixiy asar matni ichida kelgan “ Q u r’oni karim ” oyatlari,
44


“ Hadisi shariP’l a r a n ’anagabinoan arab tilida, kufiy, nasx va suls yozuvlarida 
barcha harakatlari ko‘rsatilgan holda ajratilib bitilar va so‘ngra ularga forsiy 
yoki turkiy tilda izoh, tafsir keltirilar edi.
Fors tilining tarixiy m anbalar tiliga aylanish davri va taraqqiy etishi 
kitobat s a n ’a tin in g M o v a r o u n n a h r va X u r o s o n d a yuksak darajada 
rivojlanish zam oniga t o ‘g ‘ri keldi.
Aksariyat fors tilidagi tarixiy asarlar oliy sifatli qog‘ozga bitilar, kitob 
turli ajoyib naqshlarva m o ‘jaz rasmlar bilan ziynatlanib, saroy kutubxonalari 
va a ’yonlar uchun yaratilgan m o ‘tabar qo'lyozmalar oltin va kumush suvlari, 
turli b o ‘yoqlar bilan bezatilib, kitobat san’atining shoh asarlari darajasida 
yaratilib, yuksak san’at namunalariga aylantirilar edi.
A n ’anaviy tarixiy asarlar, ya’ni ulkan u m um iy tarixga oid barcha xalqlar 
tarixini o ‘z ichiga qam rab oluvchi mahobatli kitoblar o ‘rnini asta-sekin 
alohida davr va biron bir sulolalar tarixiga bag'ishlangan asarlar paydo 
b o ii b , ulam ing o ‘rnini egallay boshladi.
Fors tilida bitilgan eng qadimgi m a n b a la rd a n biri Narshaxiyning 
“ Buxoro tarixi” asari boMsa, Temuriylar davrida N izom iddin Shomiy, 
S h a ra fu d d in Ali Y azdiy, H ofizi A b ru , A b d u r a z z o q S a m a rq a n d iy , 
M u h a m m a d Mirxond, G ‘iyosiddin X o n d a m ir kabi yirik muarrixlar bu 
tilda asarlar yaratdilar. So'nggi fors tilida yaratilgan tarixiy manbalardan 
biri sifatida A hm ad Donishning tarixiy asarlarini n am una sifatida ko‘rsatish 
mumkin.
Forsiy tilda bitilgan tarixiy manbalarga xos xususiyatlardan biri — 
matn orasida, voqealarbayoni davomida she’riy lavhalaming keltirilishidir. 
Bu s h e ’riy la v h a la r ta rix c h in in g o ‘z asari b o 'l i s h i m u m k in va u 
boshqalarning s h e ’riy asarlaridan h am bem alol foydalanishi mumkin. 
Bu badiiy-she’riy lavhalarda konkret tarixiy shaxslar nomlari obraz, timsol 
sifatida juda ko ‘p ishlatilishidir.
Fors tilida bitilgan ayrim tarixiy asarlarda o'xshatish, mubolag‘alar 
ko‘p ishlatilib, bayon uslubi o ‘ta jim jim ad o r bo'lishi m um kin. Mana 
shunday asarlar t o ‘g ‘risida A m ir T em u r tarixchi N izom iddin Shomiyga 
shunday degan: “ Shu uslubda yozilgan, tashbih va m ubolag‘alar bilan 
oro berilgan kitoblarda k o ‘zlangan m aqsadlar o ‘rtada yo'qolib ketadi, 
agar so‘z qo id a-q o n u n id a n nasibador bo'lganlardan birontasi m a ’nini 
fahmlab qolsa qolar, a m m o qolgan o ‘ntasi, balki yuztasi uning mazmunini 
bilishdan, maqsadga yetishdan ojiz. Shu sababli, uning foydasi barchaga 
barobar b o ‘lm aydi.” ‘
1 N izomiddin Shomiy. Zafarnom a. Fors tilidan o'giruvchi Yu. Hakimjonov. — Toshkent: 
0 ‘zbekiston, 1996. 23-bet.
45


Yurtimiz hududida lors tilida yaratilgan tarixiy manbalarda ham arabiy, 
ham turkiy, ayrim hollarda m o 'g 'u l tili elementlari, so‘zlar, iboralar
atamalar va hujjatlar uchrashi va mavjud b o ‘lishi biz uchun bir tabiiy 
holdir. Chunki, o'tm ishda xalqimiz ziyolilari va namoyandalari uchun 
bir necha tilni bilish va ularni ishlatish odatiy hoi edi.
Ushbu darslikda barcha fors tilidagi tarixiy manbalarni t o ‘la qamrab 
olishni maqsad qilib q o ‘ymay, ularning ichidan eng muhimlarini n am una 
sifatida tanlab olib, ular to'g'risida ixcham, qisqa m a ’lumotlar keltirdik, 
xolos. Chunki, bu bilimlarni talabalar o ‘zlari mustaqil kengaytiradilar 
degan umiddamiz. Bizning maqsadimiz, keltirilgan ushbu m a ’lumotlar 
asosida talabada fors tilidagi tarixiy manbalar xususida um um iy tasavvumi 
shakllantirish va uni mustaqil fikrlashga o'rgatishdir.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə