A. G. Abdukadirov 2017 y



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/46
tarix22.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#118534
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46
395121 (1)

Tarmoqlar tasnifi
Kompyuter tarmoqlarini ko‘pgina belgilar, xususan xududiy ta’minlanishi 
jixatidan tasniflash mumkin. Bunga ko‘ra global, mintaqaviy va lokal (maxalliy) 
tarmoqlar farqlanadi. 
Global tarmoqlar 
butun dunyo bo‘yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni 
qamrab oladi va ko‘pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi EXM va aloqa 
tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yo‘ldosh orqali aloqa kanallaridan foydalanadi. 


Mintaqaviy tarmoqlar 
uncha katta bo‘lmagan mamlakat shaxarlari, 
viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari sifatida ko‘pincha 
telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 km 
ni tashkil etadi. 
EXMning lokal tarmoqlari 
bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha 
yaqin binolaridagi abonentlarni bog‘laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan
chunki 80-90% axborot o‘sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar 
qanday tizilmaga ega bo‘lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi kompyuterlar 
yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog‘langan bo‘ladi. Barcha 
kompyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bo‘lishi - lokal 
tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yorug‘lik o‘tkazgich inson 
soch tolasi kalinligida yasalgan. Bu o‘ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan 
kabel. 
Lokal tarmoqda EXMlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10 km gacha
radio kanal aloqasidan foydalanilsa - 20 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot 
mulki hisoblanadi va bu ulardan foydalanishni osonlashtiradi. 
Tarmoqning dasturiy ta’minoti
Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga ko‘rsatadigan xizmati bilan 
o‘lchanadi. Tarmoqning xar bir xizmat turi xamda unga kirish uchun dasturiy 
ta’minot ishlab chiqiladi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda 
ko‘plab foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Hozirda shunday 
dasturiy ta’minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə