A. G. Abdukadirov 2017 y



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/46
tarix22.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#118534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
395121 (1)

 
 


KIRISH
Insoniyatning XX asrdagi eng buyuk kashfiyotlaridan biri elektron hisoblash 
maishinalarining, ya’ni komyuterlarning ixtirro qilinishidir deb bemalol ayta olish 
mumkin. Buning ham o‘ziga yarasha birmuncha sabablari bor albatta. Dastlabki 
kompyuter XX asrning ikkinchi yarmi oxirlarida ixtiro qilingan bo‘lsa hozirgi kunga 
kelib, ya’ni oradan 60 yildan ziyodroq vaqt o‘tib uning beshinchi avlodlari ixtiro 
qilindi. Yana shuni ham bemalol ayta olish mumkinki hozirgi kunga kelib 
jamiyatimizni har bir sohasini kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur qilishimiz 
mumkin emas. Chunki hozirgi kunda kompyuter texnologiyalari, avtomatika kirb 
bormagan xalq xo‘jaligining biron-bir sohasi qolmadi.
Bugungi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar 
tarmoqlarini, ma’lumotlar uzatishni, Internet xizmatlariga kirib borishni rivojlantirish va 
zamonaviylashtirish Respublikamizda ham ustuvor o‘rinlarga chiqmoqda. 
Iqtidorli yoshlar ishtirokida respublikada Internet-festivallar, Internet-forumlar 
o‘tkazish odat bo‘lib qoldi, shaharlar va kishloqlarda Internet tarmog‘idan jamoa bo‘lib 
foydalanish punktlari soni tobora ko‘paymoqda, axborot xizmatlari turlari sezilarli 
darajada kengaymokda, ularning servisi yanada intellektualroq bo‘lib bormoqda. 
Mamlikat Prezidenti Islom Karimov 2001 yil may oyida Oliy Majlisning 
Ѵ
sessiyasida so‘zlagan nutqida kompyuterlashtirish ia axborot texnologiyalarini ishlab 
chikarishga, maktablar va oliy o‘kuv yurtlari dasturlariga, odamlarning kundalik 
turmushiga joriy etish bo‘yicha O‘zbekistonning yuksak darajalarga erishishi yuzasidan 
aniq vazifalarni qo‘ydi. 
Jamiyatni kompyuterlashtirish, axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha 
vazifalarni xal etish uchun 2002 yil 30 mayda O‘ebekison Respublikasi Prezidentining 
«Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
joriy etish to‘g‘risida» gi Farmoni qabul qilindi. Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning 
amalga oshirilishi axborotlashtirishning milliy tizimlari barpo egilishini, iqtisodiyotga va 
jamiyatning xar bir a’zosi xayotiga kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalari 
ommaviy joriy etilishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi, jahon bozorida mamlakatimiz 
iqtisodiyotining raqobatbardoshliligini oshiradi. 


Prezident Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror kabul qildi va 
2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
rivojlantirish dasturini tasdiqladi, ularda telekommunikatsiyalar va malumotlar uzatishni 
rivojlantirish, resurslardan foydalanish, Internet tarmog‘ida o‘z saytlarini yaratishning 
maqsadli yo‘nalishlari belgilandi. 
Iqtisodiyot tarmoqlari va jamiyatning axborotni tezkor ayirboshlashga, jahon 
axborot resurslariga kirib borishga bo‘lgan yuqori ehtiyoji, ta’lim jarayonlarini va 
kishilarning kundalik turmushini kompyuterlashtirish zaruriyati, shuningdek axborot va 
ma’lumotlar bazasi saqlanishini ta’minlash ehtiyoji ushbu muhum karorlar qabul 
qilinishi uchun asos brldi. 
Dasturda telekommunikatsiyalarning yangi ob’ektlarini qurish nazarda tutilgan. 
Jumladan, 2005 yilda xalqaro kanallar sonini ancha qo‘paytirish, ularni 100 foiz 
rakamlashtirish mo‘jallangan, mintaqaviy darajada kanallar soni 50 mingtagacha 
ko‘payadi va raqamlashtirishning 72 foiziga erishiladi. Axborotni ayirboshlashni 
avtomatlashtirish 98 foizga etadi. 
Agar bugungi kunda 62 oliy ukuv yurtidan faqat 40 tasi, 531 kollej va litseydan 22 
tasi Internet tarmog‘iga kirish imkoniyatiga ega bo‘lsa, 2010 yilda Internet tarmog‘iga kirib 
borish imkoniyatiga ega bo‘lgan maktablar, litseylar va kollejlar soni 10-15 baravar 
ko‘payadi. 
Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i sezilarli darajada rivojlanadi. Joriy yilning 
oxirdayoq kamida 235 ta yangi ma’lumotlar uzatish uzellari barpo etiladi. 2010 yilda 
esa Internetdan jamoa bo‘lib foydalanish portlari soni 45 000 tani tashkil etadi. Aholi 
orasida foydalanuvchilar soni 55,6 mintadan 3321 mingtaga o‘sadi yoki oilalar-ning 
deyarli 60 foizi ushbu jahonga mashhur va rivojlangan axborot tarmog‘i xizmatlaridan 
foydalanadi. Respublikaning barcha aholi punktlari, shuningdek boshqaruv organlari va 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchdan ikki qismi Internetga ulanadi. 
Dasturiy vositalarni ishlab chiqish, mamlakatmiznin kunda kompyuter texnikasi va 
buyumlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari birinchi darajali vazifalar 
etib belgilangan. Bu munosabat bilan kompыoterlar va ular uchun butlovchi buyumlar, 
dasturiy vositalar keltirish, uqitish va axborot xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha bir qancha 
soliq va bojxona imtiyozlari joriy etiladi. 


Qabul qilingan xujjatlarda kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalari sohasida 
kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashni rivojlantirish va takomillashtirishning aniq 
vazifalari oldinga ko‘yilgan va maksadli yo‘nalishlari ifodalar berilgan. Jumladan 
Toshkent elektrotexnika aloqa instituti Toshkent axborot tvxiologiyalari universitetiga 
aylantirildi. Ushbu universitetda yangi mutaxassisliklarning, keng doirasi bo‘yicha 
kadrlar tayyorlash tizimini ancha kengaytirish nazarda tutimoqda. Bundan tashqari, o‘kuv 
yurtlarining moddiy-texnik va ilmiy-tadqiqot bazasini kengaytirish yuzasidan 
kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilgan. 
Farmonda va Xukumat qarorida belgilangan dasturiy chora- tadbirlarning amalda 
ruyobga chiqarilishi boshkaruvning barcha tarmoq va mintaqaviy organlariga, iqtisodiyot 
va madaniyatning barcha sohalariga, umuman jamiyatga daxldordir. Ushbu vazifalarni 
amalga oshirish uchun maxsus Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini rivojlaitrish bo‘yicha muvofiklashtiruvchi Kengash tashkil etildi. Joriy 
yilda Kengashga 2016 yilgacha bulgan davrda t
ѳ
l
ѳ
kommunikatsiyalar va ma’lumotlar 
uza
TUІSHNING 
milliy tarmogini rivojlantirish; davlat boshkaruviga elektron texnologiyalarni 
joriy etish; elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni tayyorlash topshirildi. 
O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Uzbekiston aloqa va 
axborotlashtirish agentligiga aylantirildi, unga respublikada axborotlashtirishni rivojlantirish 
bo‘yicha qo‘shimcha funksiyapar yuklandi. Axborot xizmatlari soxasini rivojlantirish uchun 
shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur normativ-xuquqiy xujjatlarni ishlab chiqish 
maqsadida Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish 
markazi tashkil etiladi. 
Ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlar mamlakat iqtisodiyoti samardorligi o‘sishida 
telekommunikatsiyalar, kompyuter va axborot texnologiyalarining faol roli oshishini, 
odamlarning faoliyati va turmushi texnik qurilmalar va xizmatlarning eng zamonaviy 
turlari bilan jihozlanishini ta’minlash, respublikaning jahon jarayonlariga muvaffaqiyatli 
integratsiyalashuvi imkonini boradi.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə