A. G. Abdukadirov 2017 y


 Sanoat korxonalarining ijobiy ko‘rsatkichlarini ortishi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/46
tarix22.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#118534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
395121 (1)

1.1 Sanoat korxonalarining ijobiy ko‘rsatkichlarini ortishi.
Bir narsani ehtirof etib o‘tishimiz ham farz, ham qarz: hozirda madaniy 
turmush arzimiz, hayotimiz bundan 15-20 yillaroldingisidan juda katta farq qiladi. 
Zamonaviy texnika vositalari kundalik turmushimizda mustahkam o‘rin egallagan. 
Bularga televidenie, radio, video, kompyuter o‘yinlari va shu kabilar kiradi. YOki 
boshqacha qilib izohlaganda, «suvni loyqadan tozalashga ko‘proq kuch sarflab, toza 
suv bilan ishlashga» kamroq ahamiyat berilish hollari ham mavjud.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayonlariga tadbiq etilishi 
va ulardan o‘rinli hamda samarali foydalanish, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari past 
bo‘lgan talabalarni yuqoriroq pog‘onalarga olib chiqish, iqtidorli talabalar bilan esa, 
yanada samaraliroq shug‘ullanish imkoniyatlarini keltirib chiqaradi. 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ikkinchi bosqichi bo‘yicha belgilangan 
vazifalardan kelib chiqib, hamda ta’lim tizimini axborotlashtirish borasida oliy va 
o‘rta maxsus ta’lim vazirligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim 
jarayonlariga tadbiq etish borasida sezilarli yutuqlarga erishildi. SHulardan 
ayrimlarini keltirib o‘tish joizdir:
- Oliy o‘quv yurtlarining (OO‘YU) barchasida internetga chiqish imkoniyati 
yaratildi; 
- Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorlar o‘rniga ilmiy ishlar va axborot 
texnologiyalari 
buyicha 
prorektorlar, 
AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA 
TEXNOLOGIYALARI bo‘yicha tayanch OO‘YUlarida esa alohida axborot 
texnologiyalari bo‘yicha prorektorlar, hamda dekan muovinlari lavozimi tashkil 
etildi; 
- Ta’lim muassasalarining Internet orqali kerakli ma’lumotlarni olishlarida bir 
qator qulayliklar yaratib beruvchi E-Collektor tizimi yaratildi (Toshkent davlat 
texnika universiteti) va unga barcha OO‘YU uchun imtiyozli foydalanish 
imkoniyatlari yaratib berildi;
- Respublika «Ustoz» jamg‘armasi bilan birgalikda «YOzgi Axborot-
kommunikatsiya 
texnologiyalari 
ab» 
ruknida, 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari va mazkur texnologiyalar asosida masofaviy o‘qitishni tashkil etish 
yo‘nalishida doimiy ishlovchi, mintaqaviy seminar-trening kurslari tashkil etildi. 


- Vazirlik tomonidan vazirlik tasarrufidagi barcha (33 ta) malaka oshirish 
institutlari, markazlari va fakultetlari uchun eng yangi kompyuterlar ( IV) bilan 
jihozlangan kompyuter sinflari tashkil etib berildi. Bundan tashqari kutubxonalar 
alohida zamonaviy kompyuterlar bilan qo‘shimcha ta’minlandi. 
- OO‘YUlarining Veb-saytlarini yaratish va ulardan ta’lim resurslarini 
rivojlantirishda samarali foydalanish bo‘yicha maxsus ko‘rsatmalar va tavsiyalar 
ishlab chiqildi va hozirga kelib aksariyat OO‘YUlari o‘z Veb-saytlarini 
faollashtirishga erishdilar. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim tizimida ajralmas bir bo‘lak 
bo‘lib, ta’lim sifatini keskin oshishida, nafaqat ta’lim tizimini, balki jamiyatimizni 
ham axborotlashtiriluvida, respublika iqtisodiyotini rivojlanishida va jahon axborot 
makonida vatanimiz o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishida muhim omil bo‘lib 
hisoblanar ekan, yangi o‘quv yili arafasida, ushbu sohaning rivojlanishi bilan 
qadamba-qadam tashlab borish, ulardan samarali foydalanish har birimiz uchun ham 
qarz, ham farzdir. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə