A. G. Abdukadirov 2017 y


XXI asrda texnik rivojlangan davlatlarda axborotlarning asosiy qismi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/46
tarix22.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#118534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
395121 (1)

XXI asrda texnik rivojlangan davlatlarda axborotlarning asosiy qismi 
qog‘ozsiz ko‘rinishda - EHM xottirasida saqlanadi. Bu bilan XXI asr boshlarida 
ushbu axborotlardan foydalana olmagan kishi XX asr boshidagi o‘qishni ham, 
yozishni ham bilmaydigan kishiga o‘xshab qoladi.


V. M. Glushkov 
O‘zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgan yillaridan e’tiboran 
mamlakatimizni axborotlashtirish muammosiga xukumatimiz alohida e’tibor 
qaratmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil fevral oyidagi «Milliy 
tarmog‘ni yaratish va dunyo axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartiblash 
to‘g‘risida»gi, keyinroq «O‘zbekiston Respublikasida 1999-2003 yillar ichida 
ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirish dasturi», 
2002 yil iyunidagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot – 
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari 
qabul qilindi.
Shu munosabat bilan respublikamizning qator ta’lim muassasalarining 
texnika bazasi, jumladan, kompyuter texnikasining yangi avlodi bilan jixozlanishi, 
shuningdek, ularning Internet tarmog‘lariga ulanishi, elektron aloqalar bilan 
ta’minlanishiga e’tibor yanada kuchaydi. Bularning hammasi ta’lim mazmunini 
samarali qilish maqsadida respublika ta’lim muassasalariga yangi pedagogik va 
axborot texnologiyalarini joriy qilish, o‘quv rejalariga kiritilgan fanlarni yangi 
interfaol usul va vositalardan foydalangan, jumladan, masofadan turib o‘qitish, 
kompyuterlashtirilgan anjumanlar o‘tkazish, elektron darsliklar yaratish va ularni 
o‘quv – tarbiya jarayonida qo‘llashga qaratilgan tadbirlardir. 
O‘zbekiston Respublikasida Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan 
vazifalarni amalga oshirilayotgan, shuningdek, davlat ta’lim standartlari tasdiqlanib 
hayotga qo‘llanilayotgan bir paytda ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya 
jarayonini sifatli tashkil etish uchun darsliklarning yangi avlodini yaratish hozirgi 
kunning talabidir. 
O‘zbekiston Respublikasida 2003 yilning 11 dekabrida 
«Axborotlashtirish 
to‘g‘risida»gi 
qonunni qabul qilinishi ham bejiz emas. Ushbu qonunning «Axborot 
tizimlarining tarmoqlararo bog‘lanishi» nomli 18 – moddasida «… kadrlar 
tayyorlash va malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirish» vazifasiga 
ham urg‘u berilgan.
Shu sababli ham yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv - 
tarbiya jarayoniga joriy qilish eng zarur vazifalaridan hisoblanadi.


Ta’lim tizimining bugungi vazifasi tinglovchilarni kun sayin to‘lib 
toshaëtgan axborot - ta’lim muxiti sharoitida bemalol faoliyat ko‘rsata olishga 
o‘rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash 
sharoitini yaratib berish zarur. 



Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə