V BOB. KORXONA AKTIVLARINING TARKIBI VA
ULARNI BOSHQARISH
l-§ . Korxona aktivlarining mohiyati va ularni boshqarisli
tamoyillari
Bozor qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda har qanday
mulkchilik shaklidagi firma va kompaniyalar o‘zlarining xo‘jalik-
tadbirkorlik
faoliyatlarini, m a’lum bir turdagi yoki miqdordagi
aktivlarga ega bo‘lmasdan turib amalga oshirishlari mumkin emas.
Kompaniyalarning aktivlari ular balansining aktiv qismida aks
ettiriladi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga asosan
aktivlar - bu xo‘jalik subyekti
tomonidan nazorat qilinuvchi,
avvalgi davrlarda qandaydir hodisa yoki jarayon natijasida paydo
b o ig a n va bulardan kelajakda xo'jalik yurituvchi subyekt
tomonidan iqtisodiy manfaat olishni ko‘zlaydigan resurslar tushu-
niladi. Keltirilgan tarifdan kelib chiqqan
holda kompaniyalarning
aktivlari deyilganda, kompaniyalarning moliyaviy barqarorligini
ta’minlash, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonini
uzluksizligini ta ’minlash, ularning
bozor qiymatini oshirish va
egalarining talablarini qondirish maqsadida xo‘jalik faoliyatida
foydalaniladigan iqtisodiy resurslar tushuniladi.
O ‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy
standartiga asosan korxona aktivlari ikki qismdan iborat bo‘lib, ular:
uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlar. «Uzoq muddatli aktivlar»
bo‘limida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymati, uzoq
muddatli
investitsiyalar, o ‘rnatiladigan uskunalar, kapital qo‘yil-
malar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari va muddati kechiktirilgan
uzoq muddatli xarajatlar summalari oshkor qilinishi kerak. «Joriy
aktivlar» bo'lim ida tovar-moddiy zahiralar,
kelgusi davrlar xara-
jatlari, muddati kechiktirilgan xarajatlaming joriy qismi, debitorlik
qarzlari, pul inablag‘lari, qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar va
boshqa joriy aktivlar summalari oshkor qilinishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona,
firma va kompaniyalar
aktivlarini m a’lum bir xususiyatlari bo‘yicha tasniflash yoki tarkibiy
joylashtirib chiqish mumkin bo‘ladi. Korxona aktivlarini quyidagi
xususiyatlari bo‘yicha tasniflashimiz mumkin:
I. Bajaradigan vazifalari va shakliga ko ‘ra:
1.
Moddiy,
y a’ni moddiy xususiyatga ega bo'lgan aktivlar:
asosiy vositalar;
-tu g allan m ag an ishlab chiqarish;
- xomashyo, material va boshqa ishlab chiqarish zahiralari;
-- tayyor mahsulot va tovarlar;
- boshqa moddiy aktivlar.
2.
Nomoddiy,
y a ’ni nomoddiy xususiyatga ega bo‘lmagan
aktivlar:
- yerosti va tabiiy boyliklardan foydalanish huquqi;
- sanoat nusxalari va modellaridan foydalanish huquqi;
- «nou-xau», patentlar, mahsulot belgilari va markalari;
- «gudvil» va korxonaning
boshqa mulkiy huquqlari va
qiymatliklari.
3.
Dostları ilə paylaş: