5. Moliyaviy faoliyatdaT keladigan pul mablag‘lariga nimalar
kiradi?
6. Investitsion faoliyatdan keladigan pul oqimlariga nimalar
kiradi?
7. Pul oqimi harakati asosida foizlarni
hisoblashning qanday
usullari mavjud?
8. Pul oqimining kelgusi qiymati qanday hisoblanadi?
9. Pul oqimining hozirgi qiymati qanday hisoblanadi?
10. Moliyaviy
bashoratlashning asosiy metodlarini
sanab
bering.
VIII BOB. XARA JATLARNI OPTIMALLASHTIRISH VA
DAROMADLARNI MAKSIMALLASHTIRISH
MASALALARI
l-§ . Korxona daromad va xarajatlarining iqtisodiy mohiyati
va
shakllanish manbalari
Korxonalar moliyaviy ko‘rsatkichlari
deyilganda, korxonaning
daromad, xarajat, foyda va shu kabi ko‘rsatkichlari tushuniladi.
Bevosita ushbu ko‘rsatkichlar korxonaning moliyaviy holati va
barqarorligini ifodalovchi asosiy manbalar bo‘lib hisoblanadi.
Daromad ijtimoiy ishlab chiqarishni hamma bosqichlarining
iqtisodiy
kategoriyasidir.
Daromad
iqtisodiy
kategoriya
va
moliyaviy yakun sifatida o ‘zining eng yuqori ahamiyatiga bozor
munosabatlari, bozor iqtisodiyoti davrida ko‘tariladi.
Daromadni
barpo etish, uni realizatsiya qilish bu kengaytirilgan qayta ishlab
chiqarislmi, qiymat qonunini va x o ‘jalik yuritish usuli sifatida
xo‘jalik hisobining obyektiv talabidir. Daromad iqtisodiy harakat-
ning zaruriy sharti, maqsadi sifatida qaraladi.
Jahon amaliyotida
daromad deyilganda ko‘pincha biznes samaradorligining tadbir
vositasi sifatida qaraladi. Daromad bu foyda va xarajatlar
farqlanishidagi yuqori o‘zgaruvchanlikdir. Ular orasidagi quyi
o ‘zgaruvchanlik esa zararni ifodalaydi.
Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijalarni xarakterlovchi
daromadni o ‘lchashga daxldor bo‘lgan elementlar hisoblanadi.
Daromadlar
va xarajatlarni, y a’ni daromadni aniqlash va o ic h ash -
korxona o ‘z moliyaviyhisobotini tayyorlashda daromadlaniladigan
kapital konseptsiyasi hamda kapitalning saqlanishiga bog‘liq
bo‘ladi.
Daromadlar va xarajatalar elementlari quyidagicha aniqlanadi.
Daromadlar - bu hisobot davrida iqtisodiy foyda aktivlarning oqimi
yoki ko‘payishi shaklida o ‘sishi yoki passivlaming qatnashchilar
kapitaldagi omonatlaridan farq etuvchi o ‘sishiga
olib keluvchi
kamayishidir. Bugungi kunda bozor munosabatlari sharoitida
korxonalarning moliyaviy rejalashtirish ko‘rsatkichlarini tahlil
etishda korxonalar moliyasining eng asosiy vazifalari bo‘lib
quyidagilar hisoblanadi:
- korxonaning daromadlilik darajasiga baho berish;
- korxonaning moliyaviy natijalari tarkibi, tuzilishi va dinamik
o'zgarishlariga baho berish;
- biznes rejada belgilangan daromadlilik
darajasiga erishil-
ganligi va unga ta'sir etgan omillarni o‘rganish hamda baho berish;
- daromadning shakllanishi va ishlatilishining asoslanganligini
tekshirish;
- daromadning ko‘paygan yoki kamayganligiga mahsulot (ish,
xizmat)lar sotishdan va boshqa faoliyatlardan erishilgan natijaning
ta ’sir etishini aniqlash;
- korxonaning yalpi foydasi va unga ta’sir etuvchi omillarga
baho berish;
- soliqqa tortilgunga qadar bo‘lgan daromadning shakllanishiga
va unga ta ’sir etuvchi omillarga baho berish;
- korxonaning sof foydasi va unga ta’sir
etuvchi omillarni
o ‘rganish, hamda baho berish;
- so f foydani ko‘paytirish yo'nalishlarini belgilab berish;
- korxonaning rentabellik ko‘rsatkichlarini o‘rganish va ularga
ta’sir etuvchi omillarga baho berish;
- korxonaning unnimiy rentabellik darajasini oshirish chora-
tadbirlarini ishlab chiqish va hakozolar.
«А» korxonasining 2008-2011-yillardagi yalpi foyda xajmi
o ‘sish tendentsiyasiga ega bo‘lgan. 2008-yilda
korxonaning yalpi
foyda xajmi 1 374 mln.so‘mni tashkil etgan bo‘lib, bunda asosiy
faoliyatdan sof tushum 3595 mln.so‘mni va sotilgan mahsulot
(tovar, ish va xizmat) laming tannarxi 2222 mln.so‘mni tashkil
etgan. 2009-yilda ham korxonaning yalpi foyda ko'rsatkichi o‘sish
tendentsiyasiga ega bo‘lgani holda 1 177 mln.so‘mni tashkil etgan.