A. G. Ibragimov, Z. R. Madaminova. M. E. Raxmataliyev


-§. X o‘jaIik subyektlarida moliyaviy menejmentni tashkil



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/90
tarix04.01.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#98165
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   90
Ibragimov A.G. Moliyaviy menejment. pdf

2-§. X o‘jaIik subyektlarida moliyaviy menejmentni tashkil
etishning asosiy yo‘nalishlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona o ‘zining moli­
yaviy siyosati va ustuvor yo‘naIishlarini mustaqil belgilash, ishlab 
chiqarish va xizmat ko‘rsatish ko'lamini o ‘zining moddiy va 
moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda kengaytirish, piro- 
vardida, joriy va strategik vazifalarni oqilona bajarilishi natijasida, 
korxonaning moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini barqarorligini 
ta’minlashlari mumkin bo‘ladi. Albatta, korxonalar moliyaviy siyo- 
satidan hamda boshqaruv tizimining xususiyatlaridan kelib chiqqan 
holda, ularda moliyaviy menejmentni tashkil etish yo‘nalishlari va 
uning tadbiq etish sohalari belgiiab olinadi.
Korxonalarda moliyaviy menejment tizimi bevosita moliyaviy 
menejerning funksiyalari va amalga oshiradigan vazifalari, bajara- 
digan ishlariga bog'liq holda tashkil qilinadi. Korxonalarda moliya-
25


viy menejmentni tashkil etish jarayoni yoki ularning moliyasini 
boshqarish tizimi, ishlab chiqarish va xizmat ko ‘rsatish hajmi yoki 
operatsiyalar ko‘lami, mulchilik shakli va faoliyat turining xilma 
xilligiga bog‘liq holda shunchalik murakkab tuzilishga ega bo‘lishi 
mumkin. Albatta, har bir korxonaning xususiyatlaridan kelib 
chiqqan holda unda moliyaviy menejmentning o ‘rni, roli va tashkil 
qilish shartlari o ‘ziga mos holda farqlanadi.
Korxonalarda moliyaviy menejment tizimini tashkil etishda 
xususan, moliyaviy resurslarni tashkil qilish va boshqa manbalar 
hisobiga moliyalashtirish shartlari, ularni taqsimlash usuli (metodi) 
va yo‘nalishlari, asosan quyidagi jihatlarga bog‘liq holda farqlanishi 
mumkin bo‘ladi:
- x o ‘jalik-m oliyaviy faoliyatining ko ‘lami yoki xajmi; 
-k o rx o n ala r rivojlanish siklining bosqichlari;
- biznesni yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllari va boshqalar.
Amalga oshiriladigan faoliyat ko‘lamini (ishlab chiqarilgan va 
realizatsiya qilingan mahsulotlar xajmi, kapital q o ‘yilmalar, ishchi 
xodimlar soni va shu kabilar) inobatgan olgan holda korxonalami 
quyidagi uch guruhga ajratish mumkin: yirik, o ‘rta va kichik. Kor­
xonalaming ushbu guruxning qay biriga mansubligi hamda ularning 
xajmi, bevosita moliyaviy resurslarga bo‘lgan extiyojining miqdori 
va moliyaviy faoliyat turlarining xilma-xilliga ham, moliyaviy 
boshqaruvning amalga oshirish tizimini tashkil qilishga, hamda 
uning ixtisoslashtirish darajasiga ham ta ’sir ko‘rsatadi, y a ’ni korxo­
nalaming xajmiy nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda ularda 
moliyaviy boshqamv tizimi va funksiyalari, moliyaviy operatsiyalar 
turlari va ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kerakli 
moliyaviy resurslarning miqdori belgilanadi.
Korxonalar o ‘zlarining butun faoliyati davomida bir qancha 
taraqqiyot jarayonlari yoki rivojlanish bosqichlarini bosib o ‘tadi. 
Rivojlanishning yoki taraqqiy etishning ushbu bosqichlarini falsafiy 
nuqtai nazardan insonning tug‘ilgandan to keksalikkacha bo‘lgan 
davriy hayotiy bosqichlariga ham qiyoslasa bo‘ladi. Korxonalar 
rivojlanish bosqichlarini quyidagicha atash mumkin: «tug‘ilish», 
«ulg‘ayish», «mustaqil davri», «keksayish». Korxonalaming har bir 
rivojlanish bosqichida ular faoliyatlarini moliyalashtirishga bo‘lgan 
extiyoji, kapitalni jalb qilish imkoniyatlari, amalga oshirilayotgan
26


faoliyatlarida yoki operatsiyalarida risklarni darajalari, moliyaviy 
munosabatlarda ishtirokchi subyektlaming soni, investitsion faoli- 
yatlami amalga oshirish imkoniyatlari, byudjet va boshqa moliya 
muassalari oldidagi majburiyatlari, ularning moliyaviy-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlari va boshqalar turlicha bo‘ladi. Korxonalaming dast- 
labki «tug‘ilish», «ulg‘ayish» bosqichlarida ularda moliyaviy resurs- 
larga bo‘lgan talab darajasi nisbatan yuqori bo‘ladi. Bunday turdagi 
korxonalar moliyaviy m ablaglarni jalb qilish borasida agressiv 
moliyaviy siyosatni amalga oshiradilar, olingan daromadlarni 
barchasini xo‘jalik faoliyatini reinvestitsiyalashga yo'naltirishi yoki 
uning k o ‘p qismini qaytadan biznesga sarflashlari mumkin bo‘ladi. 
Korxonalaming dastlabki rivojlanishi davrida bunday holatlaming 
kuzatilishi tabiiy hisoblanadi, chunki ular kelgusida o ‘zlarining 
moliyaviy imkoniyatlarini mustahkamlash va to ‘lovga qobillik ko‘r- 
satkichlarini oshirish, istiqboldagi ustuvor vazifalami amalga 
oshirish uchun moliyaviy zamin yaratishga asosiy e'tiborni qaratadi. 
Bunday holatlarlarni korxonalaming keyingi («mustaqil davri», 
«keksayish») rivojlanish davrlarida kuzatadigan bo‘lsak, ularning 
moliyaviy resurslarga bo‘lgan talab darajasi ma’lum m a’noda mu- 
vofiqlashadi, olingan daromadlar nafaqat xo‘jalik faoliyatni qayta 
moliyalash va tartibga solishga yo'naltiriladi balki turli investitson 
loyihalarni amalga oshirish, faoliyat turlarini diversifikatsiyalash va 
boshqa operatsiyalarni amalga oshirishga sarflanadi hamda ushbu 
jarayonlam i moliyalashtirishning aksariyat qismi o ‘z manbalari 
hisobiga ta ’minlanadi. Korxonalar moliyasini yanada samarali 
boshqarish va tashkil qilish, ularda moliyaviy menejment tizimini 
to‘g"ri 
yo‘Iga 
qo‘yishning 
asosiy 
talablaridan 
biri 
ham, 
korxonalaming har bir rivojlanish bosqichini asosiy jihatlari, 
xususiyatlarini hisobga olish va mukammal o‘rganish hisoblanadi.
Korxonalarda moliyaviy menejmentni tashkil etishda asosiy 
e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan yana bir jihat ularning tashkiliy- 
huquqiy shakllari hisoblanadi. Bizga m a’lumki, korxonalaming 
xo'jalik faoliyati yoki tadbirkorlik faoliyat ma’lum bir tashkiliy- 
huquqiy shaklga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Xorijiy va milliy amaliyotdagi mavjud barcha korxonalaming 
mulkchilik va tashkiliy shakllari hamda biznes yuritishning turli 
ko‘rinishlari mavjud, ularda ushbu jarayonlami amalga oshirilish
27


tizimi, mulkiy egalik qilish va javobgarlik darajalari hamda boshqa 
jihatlari farqlansada, lekin ularning barchasi quyidagilardan biriga 
ta’luqli bo‘lishi mumkin:
— yakka, yoki shaxsiy egalik (sole proprietorship);
— sheriklik, yoki hamkorlik (partnership);
— aksiyadorlik jamiyati, yoki korporatsiya (corporation).
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar o ‘z!arining moliyaviy
siyosatidan kelib chiqqan holda ularning qanday tashkiliy-huquqiy 
shaklda faoliyat olib borishlarini belgilaydilar. Iqtisodiy nuqtayi 
nazardan, tadbirkorlik faoliyatini vuritishning yuridik shakllari 
o ‘rtasidagi asosiy farqlar bo4ib quyidagilar hisoblanadi:
— daromadlarning taqsimlanishi;
— majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik;
— risklarning taqsimlanishi;
-- tadbirkorlik faoliyati yoki xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish;
— mulkiy huquqlami boshqa tomonga o ‘tkazish;
— moliyaviy resurslarni jalb qilish imkoniyatlari.
Shaxsiy egalik, o ‘z nomidan kelib chiqqan holda, bir kishining 
shaxsiy mulkka egaligi hisoblanadi. Bunday firma, korxonalaming 
aktivlari majburiyatlari va daromadlari uning egasini aktivlari, majbu- 
riyatlari va daromadlari hisoblanadi. Moliyalashtirish firma egasining 
o ‘z mablag‘lari hisobiga y,oki uchinchi shaxsdan olingan qarz (zaym) 
mablag‘lari hisobigaamalga oshirilishi mumkin. Firma, korxonaning 
egasi barcha majburiyatlari bo‘yicha shaxsan o ‘zi, mavjud moliyaviy 
va moddiy resurslari, mulklari orqali javob beradi, faoliyat natijasida 
ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zarar tavakkalchiligini o‘z zimmasiga 
oladi, ya’ni uning javobgarlik darajasi chegaralanmagan.
Hamkorlik asosida tashkiliy tuzilishga ega korxonalar shaxsiy 
egalik shakliga asoslangan korxonalardan, ularda mulkdorlaming 
y a ’ni korxona egalarining son jihatdan ko‘pligi bilan farqlanadi. 
Sherikchilikni moliyalashtirish jarayoni sheriklaming o ‘z mablag’- 
lari hisobiga yoki qarz m ablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
«Aksiyadorlik jam iyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini 
himoya qilish to ‘g‘risida»gi Qonunga asosan, Ustav fondi jamiyat- 
ning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan 
miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo'jalik yurituvchi subyekt 
aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Jamiyat qonun hujjatlarida
28


taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini amalga oshirish 
chog‘ida huquqlarga ega bo‘ladi va majburiyatlarni o ‘z zimmasiga 
oladi. Jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi va o‘zining mustaqil 
balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega bo‘ladi, o‘z 
nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda 
amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va 
javobgar bo‘lishi mumkin. Jamiyat o ‘z majburiyatlari yuzasidan 
o ‘ziga tegishli barcha mol-mulki bilan javobgar bo‘ladi. Aksiya- 
dorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo'lmaydilar 
va uning faoliyati bilan bog'Iiq ziyonlarni o'zlariga tegishli 
aksiyalar qiymati doirasida to ‘laydilar. Aksiyaiar haqining hamma- 
sini to ‘lamagan aksiyadorlar jamiyat majburiyatlari yuzasidan 
o'zlariga tegishli aksiyalar qiymatining to ‘lanmagan qismi doirasida 
solidar javobgar bo'ladilar. Jamiyat o ‘z aksiyadorlarining majbu­
riyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi. Agar jamiyatning nochorligi 
(bankrotligi) jamiyat uchun majburiy ko‘rsatmalarni 
berish 
huquqiga ega bo‘Igan aksiyador sifatidagi shaxsning g'ayriqonuniy 
xatti-harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bo‘lsa, mazkur aksiyador 
zimmasiga jamiyatning mol-mulki etarli bo‘lmagan taqdirda uning 
majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin. 
Aksiyadorlik jamiyatining ustavida tegishli huquq nazarda tutilgan 
taqdirdagina, aksiyador majburiy ko‘rsatma berish huquqiga ega 
bo ‘ladi. Jamiyat uchun majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega 
bo ‘lgan aksiyador jamiyatning muayyan harakatni amalga oshirishi 
oqibatida nochor (bankrot) bo‘lib qolishini oldindan bilib, o‘z 
huquqidan uning ana shunday harakatni amalga oshirishini ko‘zlab 
foydalangan holdagina jamiyatning nochorligi (bankrotligi) aksiya- 
dom ing harakatlari tufayli vujudga keltirilgan deb hisoblanadi. 
Davlat va uning organlari jamiyat o‘z zimmasiga olgan majbu­
riyatlar yuzasidan javobgar boMmaydilar, xuddi shuningdek, jamiyat 
ham davlat va uning organlari olgan majburiyatlar yuzasidan 
javobgar bo‘lmaydi.
Mamlakatimizda bozor munosabatlari sharoitida, korxonalarda 
moliyaviy menejment tizimini oqilona tashkil etish va takomil- 
lashtirish, korxonalar faoliyatiga ta’sir etuvchi barcha omillarni 
inobatga olgan holda ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, istiqbolda 
strategik maqsadlarga og‘ishmay erishish kabilar ko‘p jihatdan
29


moliyaviy menejeming yoki korxonalar moliyaviy faoliyatini 
boshqarishda m as’ul hodimlarning vazifalari va majburiyatlarini 
aniqlab olishni ta'qozo etadi. Hozirgi kunda korxonalar faoliyatini 
samarali boshqarishda moliyaviy menejerlar yoki korxonalar moliya 
boMinmalari oidida turga'n asosiy vazifalardan biri korxonalaming 
moliyaviy faoliyatiga ta ’sir etuvchi barcha omillarni chuqur o ‘rga- 
nish, iqtisodiyotda ro ‘y berayotgan barcha o ‘zgarishlardan doimo 
xabardor bo‘lisn hamda korxonalar faoliyatini tashqi iqtisodiy-ijti- 
moiy 
muhitga 
mos 
holda 
muvofiqlashtirib 
borish 
kabilar 
hisoblanadi.

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə