Muzokara va muhokama uchun savollar
1. Moliyaviy menejmentning asosiy maqsadlarini sanab bering.
2. Moliyaviy menejmentning kompleks vazifalar tizimiga
nimalar kiradi?
3. Korxonalarda moliyaviy menejmentni tashkil etishning
asosiy farqli jihatlari nimalarda iborat?
4. Iqtisodiy nuqtai nazardan tadbirkorlik faoliyatini yuritish-
ning yuridik shakllari o ‘rtasidagi asosiy farqlami aytib bering.
5. Bozor munosabatlari sharoitida moliyaviy menejmentning
asosiy vazifalari nimalardan iborat b o ‘lish kerak deb o ‘ylaysiz?
6. X o‘jalik subyekt;Iarining moliyaviy mexanizmi deganda
nimani tushunasiz?
\
7. Korxonalar rivojlanish tsiklining asosiy bosqichlarini sanab
bering.
8. Biznesni yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllari deganda
nimani tushunasiz?
9. Moliyaviy menejment tizimida moliyaviy tashhis va nazorat
funksiyalarining mohiyatini tushuntirib bering.
I ll BOB. KORXONALARDA MOLIYAVIY ТА’MINOT
JARAYONINI BOSHQARISH
l-§ . Moliyaviy menejmentning ta’minot tizimi va moliyaviy
mexanizm
Korxonalar, firma va kompaniyalarda moliyaviy menejment
tizimini tashkil etish va moliyaviy menejmentning asosiy funksiya-
larini amalga oshirishda. Mukammal ta’minot tizimining mavjudligi
muhim ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy menejmentning ta ’minot
tizimi quyidagiiarni o‘z ichiga oladi: tashkiliy, huquqiy, uslubiy,
axboriy, texnikaviy, dasturiy, tahliliy va bashorat (prognoz).
Moliyaviy menejmentda tashkiliy ta’minot tizimi, korxona-
iarda moliyaviy boshqaruv tizimini tashkil qilish, korxonalar
xo‘jalik-moliyaviy faoliyatining alohida yo‘nalishlari bo‘yicha
boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish hamda ushbu
qarorlarning ijrosi ta ’minlash bo‘yicha har bir ichki xizmat
bo‘limlari
va
bo'linmalarining
javobgarlik
darajalarini
va
vakolatlarini belgilashni nazarda tutadi.
Shuni ta ’kidlab o ‘tish kerakki, moliyaviy menejment tizimi
korxonalar umumiy boshqaruv tizimining asosiy bo‘g ‘ini hisob
lanadi. Korxonalami boshqarishni umumiy tamoyillarining aksariyat
qismi moliyaviy menejment tizimiga to ‘g ‘ri keladi, bimda boshqa-
ruvning quyidagi ikki muhim jihatini inobatga olish zarur: ierarxik
va funktsional. Xalqaro va milliy amaliyotda ham boshqaruvning
mana shu ikki turi ornmalashgan.
Korxonalarda boshqaruvni ierarxik holatda tashkil qilinishi,
ularda boshqaruv tizimini turli pog‘onalarga ajratishni nazarda
tutadi. Hozirgi kunda korxona, firma va kompaniyalarda boshqaruv
tizimi ikki yoki uch pog‘onali bo‘lib, bunda asosan birinchi
pog‘onada korxonalami butun boshqamv faoliyatining apparati,
keyingi pog‘onalarda esa uning alohida tarkibiy birliklarida
boshqaruv tizimi tashkil qilinadi.
Korxonalarda boshqaruv tizimini funktsional holatda qurilishi,
ularda
boshqaruv
funksiyalari
va faoliyat turlari
bo‘yicha
bo‘linishiga asoslanadi. Bunda korxonaning alohida yo‘nalishlari va
faoliyat turlari bo'yicha m as’ul bo'lgan boshqaruv subyektlarining
bajaradigan funksiyalari, huquq va majburiyatlari taqsimlanadi.
Xalqaro amaliyotda korxonalar moliyaviy faoliyatining alohida
yo‘nalishlari bo ‘ у icha javobgarlik markazlari tashkil qilinib, u mar-
kazlarga tayinlangan rahbarlar o‘zlariga yuklatilgan vazifalardan
kelib chiqqan holda vakolatlari doirasida javobgarlikni o ‘z zimma-
lariga oladilar. Ushbu javobgarlik markazlarining asosiy turlari
quyidagilardan iborat:
1. Xarajatlar markazi. Bu yo ‘nalish bo‘yicha tayinlangan
m as’ul raxbar yoki mcnejer, korxonalar tomonidan tasdiqlangan
byudjet dasturidan kelib chiqqan holda m ablag‘larni to 'g 'ri va
oqilona sarflanishi bo‘yicha javobgarlikni o ‘z zimmasiga oladi; bu
markaz tarkibiga mahsulotni qayta ishlovchi, ishlab chiqarish va
boshqa bo iin m alar kiradi.
2. Daromadlar markazi. Bunda ushbu yo ‘nalish yoki bo‘lim
bo‘yicha m as’ul shaxs, korxonalaming belgilangan miqdorlarda
yoki kutilayotgan xajmdagi daromadlaming shakllanishi hamda
kelib tushishi bo ‘yicha kerakli ishlami, masalan, mahsulotlar
realizatsiyasini amalga oshiradi.
3. Foyda markazi korxonalarda rejalashtirilgan foyda miqdo-
riga erishishni ta’minlash bo‘yicha m as’ul hisoblanadi.
4. Investitsiyalar markazi. Korxonalarga ajratilgan investitsiya
resurslaridan samarali foydalanish va ushbu faoliyatdan ijobiy nati-
jalarga erishish, buning hisobiga m a’lum miqdordagi foydani
shakllantirish bo^yicha m as’ul hisoblanadi.
Korxonalarda moliyaviy menejment tizimini samarali tashkil
qilinganligi m a’lum m a’noda ulardagi axborot (informatsion) bazasi
va ularning qanday turlaridan foydalanishlariga bog‘liqdir. Albatta.,
har qanday ho‘jalik subyektlarining faoliyatini to ‘g ‘ri yo'lga
qo'yish, ularda samarali boshqaruv tizimini tashkil qilish hamda
istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilashda boshqaruv subyekt-
lari, xususan, moliyaviy menejeming axborot ta ’minot tizimi yoki
zaruriy m a’lumotlar bilan ta ’minlanganligi va ulardan foydalanish-
ning samarali tashkil qilinganligi muhim va dolzarb hisoblanadi.
32
Ayniqsa hozirgi kunda mamlakatimiz va jahonda yuz berayotgan
hodisa va jarayonlarning yuqori sur’atlar bilan o ‘zgarayotganligi va
takomillashib borayotganligini inobatgan olgan holda ushbu tizim
korxonalar xo'jalik-moliyaviy faoliyatida kundalik zaruriy ehtiyojga
aylanib borayotganini ko‘rishimiz mumkin.
Moliyaviy menejmentning axborot ta’minot tizimi, tahlil
uchun, rejalashtirish va korxona xo‘jalik-moliyaviy faoliyatining
turli yo‘nalishlari bo‘yicha boshqaruv qarorlarini tayyorlash uchun
zarur ma'lumotlarni aniqlash va to‘plash jarayonini o ‘z ichiga
oladi.Korxonalarning xo‘jalik-moliyaviy faoliyatining natijalari
bilan qiziquvchilar va ulardan foydalanuvchilaming toifasi turlicha
bo'ladi, chunki buni o ‘ziga yarasha ko‘plab sabablarini sanab o‘tish
mumkin; masalan, investitsiyalami kiritish maqsadida investorlar,
soliq va boshqa majburiy to ‘lovlarni doimiy to‘lanishini o ‘rganish
maqsadida davlat va uning vakolatli organlari, oladigan foydasining
xajmini aniqlash uchun aksiyadorlar va ta ’sischilar, korxonalar
majburiyatlari bo‘yicha o ‘z mablag‘larining yetarliligini o ‘rganish
maqsadida turli moliyaviy muassasalar va boshqalar.
Umuman olganda, korxonalaming moliyaviy ma’lumotlaridan
foydalanuvchilarni ikki guruhga ajratish mumkin:
— tashqi foydalanuvchilar: kreditorlar, investorlar, soliq
organlari, auditorlik tashkilotlari va b.
- ichki foydalanuvchilar: boshqaruv kengashi a'zolari, boshqa-
ruvning barcha toifasidagi menejerlar, korxona egalari va b.
Moliyaviy menejmentda axborot ko‘rsatkichlari tizimining
shakllanishi har bir korxonalaming tarmoq xususiyatlari, tashkiliy-
huquqiy shakllari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmi,
xo‘jalik faoliyatining diversiflkatsiyalashuv darajasi va boshqa
shartlariga bog‘liq bo‘ladi.
Umuman olganda moliyaviy menejment axborot bazasining
ko‘rsatkichlar tizimi alohida guruhlar bo‘yicha turkumlanadi (3.1-
rasm):
1.
Davlatning makroiqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari. Har
bir korxona o ‘zining istiqboldagi strategik maqsadlarini belgilash va
ularni amalga oshirish, ularning moliyaviy holatini tahlil qilish
hamda korxonaning moliyaviy imkoniyatlarini inobatga olgan holda
kelgusida erishiladigan moliyaviy natijalami bashorat qilishda,
33
bevosita tashqi iqtisodiy-ijtimoiy muhitdagi hoiat va k o ‘rsatkichlar
asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu ko‘rsatkichlarga
quyidagilar kiradi:
- davlat byudjetining daromadlari;
- davlat byudjetining xarajatlari;
- byudjet taqchilligi;
- aholi daromadlarining xajmi;
- banklardagi aholi omonatlari;
- inflyatsiya darajasi;
- Markaziy banknirg qayta moliyalash stavkasi.
2.
Tarmoqlarning rivojlanishi ko‘rsatkichlari. Bu guruhdagi
axboriy ko‘rsatkichlar tizimidan korxonalarda operativ-moliyaviy
faoliyat turlari bo‘yicha boshqaruv qarorlari qabul qilishda foydala-
niladi. Bozor munosabatlari sharoitida moliyaviy menejerlarning,
korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatlarini oqilona boshqarishning
muhim omillaridan biri, ushbu tarmoqda faoliyat yuritayotgan
raqobatchi korxonalar va kontragentlarining moliyaviy ahvolini keng
o ‘rganish va ularni tahlil qilish hisoblanadi. Moliyaviy menejer
tomonidan bu guruhdagi ko‘rsatkichlarni o ‘rganish uchun ommaviy
axborot vositalarida e’lon qilingan yoki chop etilgan hisobot, reyting
ma’lumotlar, axborot xizmatlari bozorida taklif qilingan pullik biznes-
m a’lumotnomalar manba bo‘ladi.
3.
M oliya bozorining konyunkturasini xarakterlovchi ko‘rsat-
kichlar. Bu guruhdagi axborot k o ‘rsatkichlar tizimi korxonalaming
uzoq muddatli moliyaviy investitsiya portfelini tuzish, qisqa
muddatli kapital qo‘yilm alam i amalga oshirish kabi masalalarga
doir boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yordam beradi.
1
:
|