A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə35/88
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#163114
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

1.Sanama kashta – bezatiladigan matoning arqoq va o’rish iplari sanab kashta tikiladi.
2.Erkin kashta matoga gul, naqsh tasviri kontur chizilib, kashta erkin tikiladi.
O’zbekistonda sanama kashtaning iroqi turi keng tarqalgan. Erkin kashta esa har qanday matoga tikiladi. Qo’lda kashta tikish uchun juda oddiy asboblar kerak: igna, angishvona, qaychi, santimetr lenta, o’tkir uchli dukcha, korcho’p, millimetr qog’oz, kopirovka qog’ozi.
Kashtado’zning ish o’rni
Kashta tikish qo’lay bo’lishi, charchatmasligi uchun ish o’rnini to’g’ri tashkil etish, mehnat qilishning ma’lum qoidalariga rioya etish kerak. Asbob va moslamalar qo’yiladigan stol ustidagi ishga yorug’lik chap tomondan tushadi. Ish vaqtida gavda biroz oldinga engashgan bo’lishi, ko’z bilan ish orasidagi masofa 25-30 sm.dan oshmasligi kerak. Ish vaqtida qo’lni to’g’ri qo’yish katta ahamiyatga ega: chap qo’l korcho’p tagida bo’lib, o’ng qo’l korcho’p ustida bo’lishi kerak.
Kashta tikish choklari
Oddiy choklarga kontur choklarini igna oldinlatilgan chok, suv chok, popop chok va petlya chok, iroqisimon choq, puxtalama petlya chok va tugun choklarni kiritish mumkin. Bu choklar ko’pgina kashtalarda yordamchi chok sifatida uchraydi. Masalan: o’simlik shoxlarini va novdalarini suv chok bilan, gullarning o’zaklari, tuguncha chok, iroqisimon chok, popop chok va boshqa choklar bilan tikiladi.
Xalq hunarmandchiligi usullarini o‘rgatish va buyum tayyorlash.
O‘quvchilarga xalq hunarmandchiligi usullarini buyum yasash jarayonida o‘rgatilinadi. Masalan:
Beshik tayyorlash texnologiyasi.
Beshik yasashga mo‘ljallangan yog‘ochning nuqsonlari bo‘lmasligi kerak.
Beshik yasashda ishlatiladigan kerakli asboblar: arra, bolg‘a, randa, go‘niya, qalam, chizg‘ich, jilvir qog‘oz, yelim, cho‘tka, lak, har xil bo‘yoqlar.
Beshik yasashda kerak bo‘ladigan xomashyolar: taxta, faner, mixlar (taxta ko‘proq tol daraxtidan olinadi).
Ishni bajarish jarayoni:

  • Xomashyoni tanlang.

  • Xomashyoni randalang, ko‘rsatilgan o‘lcham bo‘yicha arralang.

  • S.T.D. – 120 markali stanoqda xomashyoni silindrsimon shaklga keltiring;

  • fanerni o‘lcham bo‘yicha arralang;

  • tayyorlangan detallarni bir – biriga biriktirib ko‘ring;

  • buyumni pardozlang, rang bering, laklang;

  • texnologik xarita asosida beshikni yasang.


Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə