A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə38/88
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#163114
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

Yog‘ochning qattiqligi-keskichning botishiga qarshilik ko‘rsatishidir. Yog‘ochning qattiqlik darajasini bilish uchun turli xil yog‘ochlarni yorish, mix qoqish, arralash, bir xil keskich bilan kesib ko‘rish usullaridan foydalanish mumkin. Qaysi yog‘ochni kesish, yorish, arralash, mix qoqish qiyin bo‘lsa - bu yog‘och qattiq hisoblanadi.
Ma’lumki, mixlar turli materiallardan, turli ko‘rinishda va har xil o‘lchamlarda yasaladi. Yog‘och qayishqoqligi sababli qoqilgan mixlarni ushlab turadi. Yog‘ochga qoqilgan mix uning tolalarini taranglashtiradi, tolalar esa mixni siqadi, uning chiqib ketishiga qarshilik qiladi.
Metall turlari va ularning xususiyatlari.
Odatda tabiatdagi moddalar shartli ravishda metallar va metallmaslarga bo‘linadi. Metallar — tabiatda eng ko‘p uchraydigan moddaiardir. Ya’ni D.I.Mendeleev davriy jadvalida ko‘rsatilgan 104 ta elementdan 83 tasi metalldir. Harorat pasaygani sari elektr tokini o‘tkazuvchanligi ortadigan, issiqlikni yaxshi o‘tkazadigan, bolg‘alanuvchanlik va o‘ziga xos yaltiroqlikka ega bo‘lgan elementlar metallar deb ataladi. Metallarning asosiy xossalaridan biri ularning elektr o‘tkazuvchanligidir. Metallarning issiqlik o‘tkazuvchanligi ham shunday xususiyatga ega. Metallarning muhim xossasi ularning plastikligi, ya’ni bolg‘alanuvchanligidir, chunki ularni yupqa tunuka (list) tarzida yoyish va sim bo‘lib cho‘zilishi ko‘p jihatdan mana shu xususiyatiga bog‘liqdir. Metallarga ishlov berish usullarini qo‘llanilishida ularning ana shu xossalari hisobga olinadi. Barcha metallar ikkita katta guruhga bo‘linadi: qora metallar va rangli metallar. Qora metallar guruhiga temir va uning qotishmalari: cho‘yan va po‘lat kiradi. Dunyoda sanoatda ishlatiladigan metallarning 93% ini qora metallar tashkil etadi.
Tabiiy birikmalardan metallni ajratib olib, uni ishlab, aniq zaruriy xususiyatga ega bo‘lgan Metallarni olish texnologik jarayoni Metallurgiya deb aytiladi. Metallurgiyada temir ajratib olinadigan birikmalar temir rudalari deb ataladi. Rudalarning asosiy qismini temir tashkil qiladi. Temir tabiatda eng ko‘p tarqalgan element hisoblanib, yer qatlami og‘irligini 4,7% tashkil etadi. Lekin sof temir yumshoq bo‘lganligidan undan turli qurilmalarni tayyorlab bo‘lmaydi. Shuning ucliun mashinalar va boshqa turli xil qurilmalarni tayyorlashda sanoatda asosan temir qotishmalari, ya’ni cho‘yan va po‘latdan foydalaniladi, chunki ularning xususiyatlari temirnikiga qaraganda ancha yuqoridir. Cho‘yan va po‘lat asosan tog‘ jinslari – rudalarni pechlarda eritish yo‘li bilan olinadi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə