A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahar


O‘quv rejasi turli xil ta’lim va tarbiya jarayoni shakllarini o‘z ichiga olishi kerak



Yüklə 22,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/87
tarix05.10.2023
ölçüsü22,19 Mb.
#125506
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87
Ilk Qadam UZB final

O‘quv rejasi turli xil ta’lim va tarbiya jarayoni shakllarini o‘z ichiga olishi kerak.
O‘quv rejasini 
shakllantirishda o‘yin maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar faoliyatining asosiy va yetakchi turi 
ekanligini hisobga olish kerak
8
.
Ta’lim va tarbiya jarayoni bolaning hayoti va uning atrof-muhitidan kelib chiqadigan yagona mavzular 
majmuiga birlashtirilgan va shuning uchun o‘quv dasturi 
9
aynan shu bir xil mavzular majmui doirasida 
rivojlanish markazlarida ta’lim va tarbiya jarayonining integratsiyasini ta'minlashi kerak.
7 “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi// 2-ilova// Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning muqobil shakllari, bolalar to‘liq kun mobaynida 
bo‘ladigan guruhning namunaviy kun tartibi.
8 “Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturi boʻyicha uslubiy qoʻllanmasini qarang// Oʻyin orqali oʻrganish//birinchi nashr//11-bet, 
Toshkent//2020
9 “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturiga 3-ilova// Namunali o‘quv dasturi”


24
4-BOB. TA’LIM VA TARBIYA JARAYONI
Ta’lim va tarbiya jarayonini rejalashtirish ta’lim sharoitlariga qarab o‘zaro bog‘liqlik, xilma-xillik va 
moslashuvchanlik asosida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, yil fasllari va ob-havo sharoitlarini ham 
hisobga olish kerak.
O‘quv rejasini shakllantirishda mintaqaning tabiiy-geografik va madaniy-tarixiy o‘ziga xosligini hisobga 
olish kerak. Ta’lim va tarbiya jarayonini rejalashtirishda maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘quv rejasida 
hududning xususiyatlarini hisobga olgan holda 20 foizgacha bo‘lgan hududiy komponent va davlat 
o‘quv dasturida nazarda tutilgan majburiy komponentning 80 foizi ko‘zda tutilgan
10
.
Mavzuli reja mavzu, maqsad, mazmun va tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Faoliyatni tanlashda ta’lim va tarbiya 
jarayonining umumiy maqsadlari bilan birga rivojlanish sohalari maqsadlari, mazmun va faoliyatining 
integratsiyasi ham hisobga olinadi.
Ta’lim va tarbiya jarayonini rejalashtirish davlat talablarini, shuningdek, davlat o‘quv dasturini amalga 
oshirishga yordam beradigan qisqa muddatli (haftalik) va uzoq muddatli (yillik) rejalarni yaratishni o‘z 
ichiga oladi.
Mavzuli reja yozma shaklda bo‘lishi kerak.

Yüklə 22,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə