A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahar


Bolalar o‘yinini tashkil etishda pedagogning o‘rni quyidagilar bilan ifodalanadi



Yüklə 22,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/87
tarix05.10.2023
ölçüsü22,19 Mb.
#125506
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   87
Ilk Qadam UZB final

Bolalar o‘yinini tashkil etishda pedagogning o‘rni quyidagilar bilan ifodalanadi:
 

bolalar o‘yinlari uchun sharoit yaratish (vaqt, joy, resurslar). 
Pedagog o‘yin maydonchasini 
tayyorlaydi, bolaning yoshi, qiziqishlari, qobiliyati va madaniyatiga mos keladigan 
rag‘batlantiruvchi o‘yin resurslari bilan ta'minlaydi. Pedagog xavfsizlik talablariga rioya qilgan 
holda xona ichida va tashqarisida ham o‘yin uchun imkoniyatlar yaratadi;
 

bolalar o‘yinini rivojlantirish. 
Pedagog bolalarga o‘yin orqali o‘rganish va rivojlanishlari 
uchun imkoniyatlar yaratadi. Pedagog bolalarga o‘yin holatiga kirishga va/yoki o‘ynashni 
davom ettirishga yordam beradigan ko‘nikmalarni shakllantiradi. U bolalarning individual 
6 O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili tugrisida»gi Qonuni 167-son - I, 21. 12. 1995 yil Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Axborotnomasi, 1995 yil, 12-son, m. 257; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 yil, 51-son, m. 514; 2010 
yil, 37-son, m. 313; 2011 yil, 41-son, m. 449; 2017 yil, 37-son, m. 978; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2020 y., 
03/20/653/1592) https://www.lex.uz/acts/121433


23
4-BOB. TA’LIM VA TARBIYA JARAYONI
 

xususiyatlari, ularning qiziqishlari, qobiliyatlari va rivojlanish ehtiyojlarini kuzatish asosida 
o‘yinni rejalashtiradi;
 

bolalarning o‘yinda o‘zaro munosabatda bo‘lishiga yordam berish.
Bolalarni o‘yinda kuzatish pedagogga bolaning boshqa bolalar bilan qanday o‘ynashini, bola 
o‘yinda qanday ko‘nikma va malakalarni namoyon etishini, o‘yin orqali qanday ko‘nikmalarni 
rivojlantirish kerakligini anglashga yordam beradi. Pedagog o‘yinga qo‘shilib, bolaning ta’lim 
olishini, uning tasvirlash, tushuntirish, asoslashi, tegishli tilni qo‘llash qobiliyatini, shuningdek, 
ijobiy xulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashadi;

Yüklə 22,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə