A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahar



Yüklə 22,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/87
tarix05.10.2023
ölçüsü22,19 Mb.
#125506
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87
Ilk Qadam UZB final

Yillik mavzuli reja
Yillik mavzuli rejada oy mavzulari, har bir yosh yoki yosh guruhi uchun hafta mavzulari aks ettirilgan. 
MTT mintaqaning xususiyatlari va boshqa jihatlarni hisobga olgan holda o‘z yillik mavzuli rejasini 
ishlab chiqish huquqiga ega. Maktabgacha ta’lim tashkilotining yillik mavzuli rejasini ishlab chiqishda 
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida ta’lim jarayonini mavzuli rejalashtirish” (2018) tavsiyalariga tayanish tavsiya etiladi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotining yillik mavzuli rejasi 
11
maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik 
kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Haftalik reja
Haftalik reja yillik mavzuli reja asosida tuziladi va hafta mavzulari hamda hafta davomida ushbu mavzu 
bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Haftalik reja
12
barcha rivojlanish sohalari maqsadlarini belgilashga qaratilgan bo‘lib, tegishli rivojlanish 
markazlarini tayyorlash, haftalik mavzuga muvofiq bolalar faoliyati turlarini rejalashtirish imkonini 
beradi. Hafta mavzusi guruhdagi barcha rivojlanish markazlarida o‘tkazilishi kerak. Haftalik rejaga ko‘ra 
guruhda ham, sayrda ham har xil turdagi o‘yinlar rejalashtiriladi. Bolalarning o‘yin faoliyati ularning 
xohishiga ko‘ra
13
amalga oshiriladi.
Bolalar bilan ishlashning mazmuni va ketma-ketligi faoliyat turi (faol faoliyat/passiv faoliyat; individual 
faoliyat/kichik guruhda/katta guruhda; pedagog rahbarligida o‘tkaziladigan faoliyat/ bolaning 
tashabbusi va tanlovi bo‘yicha amalga oshirilgan faoliyat) va uni o‘tkazish joyini (xona ichidagi faoliyat /
ochiq havoda faoliyat) hisobga olgan holda rejalashtirilishi kerak 
10 “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi boʻyicha uslubiy qoʻllanmasini qarang//Maktabgacha taʼlim tashkiloti uchun dasturlarni 
ishlab chiqish//birinchi nashr//35-bet, Toshkent//2020
11 “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturiga 4-ilova//Namunaviy yillik mavzuviy reja//
12 “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturiga 5-ilova//Namunaviy haftalik reja//
13 “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi boʻyicha uslubiy qoʻllanmasini qarang//Oʻyin orqali oʻrganish//birinchi nashr//27-bet// 
Toshkent// 2020


25
4-BOB. TA’LIM VA TARBIYA JARAYONI
Haftalik ish reja xilma-xil va moslashuvchan, ya'ni, ob-havoning o‘zgarishi va bolaning qiziqishini 
hisobga olgan holda, rejalashtirilgan faoliyat boshqasiga almashtirilishi yoki bolaning mashg‘ulot vaqti 
moslashtirilishi mumkin. Misol uchun, agar pedagog bahorgi gulzorga tashrif buyurishni rejalashtirsa, 
lekin ob-havo juda yomg‘irli bo‘lsa, unda bu mashg‘ulotni xonada o‘tkazilish mumkin bo‘lgan boshqasiga 
almashtirishi mumkin.
Haftalik reja 
- bu pedagogning ish jurnali bo‘lib, unda ta’lim va tarbiya jarayonining kunlik rejasi aks 
ettiriladi. Mashg‘ulot ishlanmalari kunlik rejaga ilova qilinishi mumkin. Ishlanmalar pedagogning 
xohishiga binoan, ijodkorlik va xilma-xillikdan foydalangan holda ishlab chiqiladi.



27

Yüklə 22,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə