boshlanadi. Bunday transkripsiya jarayoni prokariotlarda bo`lib, eukariotlarda
49
shunga o`xshash bo`lsa ham ularning promotor qismida farqlar borligi aniqlangan.
Eukariot va prokariot organizmlardagi DNK promotorlarining nukleotid qatorlari
bir-birlaridan farqlanadi.
Eukariot promotorining uzoqroq qismini enxanseralar deb atalib, ular
transkripsiya jarayonini boshqaradi. Transkripsiyaning birinchi nukleotidi 5
/
-
tomonidan modifikatsiyaga (guanin metillanadi) uchrab, bu
jarayonni kepirlanish
deyiladi. Shuning uchun transkripsiyadagi birinchi nukleotidni genlarning
boshlang`ich nuqtasi yoki KEP - sayti deyiladi. Informatsiya RNKning oxirgi
nukleotid qatori (AATAAA) transkripsiya jarayonini to`xtalishida asosiy belgi
sifatida xizmat qiladi.
Eukariot organizmlarda promotor, RNK - polimeraza kompleksi o`z
faoliyatida maxsus tashabbuskor oqsillar ishtirok etadi. Ularni
umumiy
transkripsiya omillari deyiladi.
Dostları ilə paylaş: