A qodiriy nomidagi


Replikatsiyaning elongatsiyasi



Yüklə 436,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/37
tarix31.12.2021
ölçüsü436,67 Kb.
#81458
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
nuklein kislotalar mavzusini oqitilishini yapt lari(1)

Replikatsiyaning elongatsiyasi 

DNK molekulasining sintezi praymer oxirida DNK-polimeraza III fermenti 

ishtirokida boshlanadi. Sintez matritsa asosida 5' 

→  3'  yo`nalishi bo`yicha ikki 

zanjirda bir vaqtda sodir bo`ladi. Ma'lumki, DNK zanjiri antiparallel bo`lganligi 

uchun, yangi sintezlanayotgan molekula ham qarama-qarshi tomonga uzayib 

borishi kerak. Bu jarayonda ikki xil ferment ishtirok etishi zarur edi. Aslida bu 

reaksiyani bitta ferment  -  DNK-polimeraza katalizlaydi. Shunga asosan, 

A.Korinberg DNK zanjirining o`sish jarayonida molekulaning ayrim yerlari 

uzilgan, ochiq  joylar bo`lishi mumkin, degan xulosaga kelgan. Keyinchalik bu  

g`oya yapon olimi R.Okazaki tomonidan tajriba asosida isbotlangan. Olim har 

ikkala zanjir bir vaqtda replikatsiya qilinganda, bir zanjir uzluksiz, ikkinchi yangi 

zanjir esa kalta fragmentlar shaklida sitezlanishini kashf etdi. Uzluksiz 

sintezlanadigan zanjir  "boshlovchi" uzilib sintezlanadigani "orqada qoluvchi" 

zanjir deb ataladi. Okazaki bo`lakchalarining sintezi uchun tomizg`i sifatida RNK 

ning kichik qismlari kerak. Chunki DNK-polimerazaning o`zi zanjirni uzaytira 

olmaydi. RNK tomizg`i kalta zanjirli RNK bo`lib, uning 3' uchiga birin-ketin 

dezoksiribonukleotid qoldiqlari birikadi (6-rasm). DNK fragmentlari 

shakllangandan so`ng DNK dagi ribonukleozid qoldiqlari ribonukleaza yoki RNK-

aza H deb ataluvchi fermentlar orqali ajratiladi.  

 



45 

 

 



6-rasm 

Replikatsiya ayrisi 

 

 

Praymerlar degradatsiyasida DNK-polimepaza I ishtirok(7-rasm)  etadi. Bu 



ferment polimeraza va nukleazalik xususiyatiga ega. Mazkur enzimda ikkita 

markaz bo`lib, birinchisi praymerni degradatsiya qilsa, ikkinchisi esa DNK 

molekulasi sintezida hosil bo`lib qoladigan oraliq-bo`shliqlarni dezoksi-

ribonukleozidfosfatlar bilan to`ldirib turadi. 




Yüklə 436,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə