zanjirli DNK molekulasini bir biridan ajratuvchi oqsil omillari bo`lishi zarur. DNK
42
DNK biosintezi matritsa (qolip) DNKdan
komplementar nusxa olish, ya'ni
replikatsiya orqali amalga oshiriladi. Qo`sh spiralni bir-biridan ajratuvchi oqsil
ta'sirida nukleotid zanjirlari bir-biridan ajraladi. Makromolekula birdaniga bir
zanjirli dezoksipolinukleotidga aylanmasdan, balki ma'lum qismlargina ayri hosil
qiladi. Prokariotlarda DNK molekulasi halqa shaklida bo`lib, ma'lum yerlaridan
ori-sayt (Origin-replikatsiyani boshlanishi) boshlanib, DNK zanjiri ikkiga ajralgan
ayri qarama-qarshi tomonlarga harakatlanadi. Eukariotlarda ori-saytlar ko`p
miqdorda bo`lganligi uchun replikatsiya DNK molekulasining ko`p qismlaridan
boshlanishi aniqlangan. DNK molekulasida AT jufti qayerda ko`p bo`lsa, o`sha
nuqtalarda replikatsiya boshlanadi, chunki GS juftidagi bog`ni uzishga nisbatan
AT bog`larni ajratish osondir.
Dostları ilə paylaş: