A quchqorov, sh. Ismailov


-§ .  Mumkin yoki mumkin emas



Yüklə 289,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix05.10.2023
ölçüsü289,98 Kb.
#125681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mantiqiy masalalar 40



Mumkin yoki mumkin emas 
1. Musbat sonlarning yig’indisi 5 dan katta. Ular kvadratlarining yig’indisi 1 dan 
kichik bo’lishi mumkinmi?
2. Korxona o’zining daromadlarini yil davomida oyma-oy hisoblab bordi. Har bir 
ketma-ket keluvchi 3 ta oydagi foydalar yig’indisi manfiy bo’ldi.
a) Butun yil davomidagi foydalar yig’indisi musbat bo’lishi mumkinmi? 
b) Birinchi oydagichi?
3. Bir oyda 5 ta yakshanba bo’lishi mumkinmi? 6 tachi? 
4. Bir yilda 53 ta yakshanba bo’lishi mumkinmi? 54 tachi? 
5. Bir yilda yakshanba kunidan boshlanuvchi 4 oy bo’lishi mumkinmi? Yakshanba 
bilan tugaydigan 4 oy-chi? 
6. O’tgan kun (kechadan oldingi kun) Anvar 10 yoshda edi. Keyingi yil 13 ga 
to’ladi. Shunday bo’lishi mumkinmi? 
 
7. O’tgan yili Sarvar 10 yoshda edi. Indinga (ertadan keyin) 13 ga to’ladi. Shunday 
bo’lishi mumkinmi? 
 
8. Bugun, ertangi kun va bir hafta oldingi kunlarning sanasi tub sonlar bo’lishi 
mumkinmi? 
 
9. To’g’ri to’rtburchak shaklidagi jadvalga sonlarni har bir ustundagi sonlar 
yig’indisi musbat, har bir satrdagi sonlar yig’indisi manfiy qiladigan bo’lib 
joylashtirish mumkinmi?
10. To’g’ri to’rtburchakli jadvalga natural sonlarni har bir ustundagi sonlar 
yig’indisi 100 dan katta, har bir satrdagi sonlar yig’indisi esa 5 dan kichik 
bo’ladigan qilib joylashtirish mumkinmi? 
 
11. Shaxmat doskasida a) 9 ta rux b) 14 ta filni bir-birini “ura” olmaydigan qilib 
joylashtirish mumkinmi? 
 
7


12. Ikki xonali sonning raqamlar yig’indisi o’zidan 2, 3, …., 10 barobar kichik 
bo’lishi mumkinmi? 
 
13. Uch xonali sonning raqamlari yig’indisi sonning o’zidan 19 marta kichik 
bo’lishi mumkinmi? 38 marta-chi? 
 
14. Ikki xonali sonning birinchi raqami o’chirilgandaan keyin, uning qiymati 15 
marta; 16 marta; 91 marta; 92 marta kamayishi mumkinmi? 
15. Uch xonali sonning raqamlari ko’paytmasi 22, 28, 350 ga teng bo’lishi 
mumkinmi? Agar 650 dan 720 gacha bo’lgan sonlarni qarasak-chi? 
16. Bir nechta natural sonlarning ko’paytmasi ham yig’indisi ham a) 111 
soniga teng bo’lishi mumkinmi? b)101 soniga teng bo’lishi mumkinmi?
17. Agar nishonda 9, 12, 15, 18, 24, va 47 ochkoli soxalar bo’lsa, bir nechta o’q 
otib, 100 ochko olish mumkinmi? 
 
18. Uchburchakning hamma tomonlari butun sonlar bo’lsa, uning yuzasi butun son 
bo’lmasligi mumkinmi? Agar uchburchak to’g’ri burchakli bo’lsa-chi? 
 
19. To’g’ri to’rtburchakning yuzasi 1 kv.m dan kichik. Uning perimetri 1km dan 
ortiq bo’lishi mumkinmi? 
 
20. Kvadratni bir nechta bir xil bo’lmagan to’g’ri to’rtburchaklarga ajratish 
mumkinmi? 
 
21. Bir davrali futbol musobaqasida “PAXTAKOR” boshqa hamma jamoalardan 
ko’p go’l o’tkazib yubordi va ko’p go’l kiritdi. U ohirgi o’rinni olishi 
mumkinmi? 
 
22. Bir davrali futbol musobaqasida g’alaba uchun 3 ochko, durang uchun 1 ochko, 
mag’lubiyat uchun 0 ochko beriladi. “PAXTAKOR” hammadan ko’p g’alaba 
qildi. U hammadan kam ochko yig’ishi mumkinmi? 
 
23. Futbol bo’yicha Osiyo chempionatining A guruhida 4 ta jamoa o’ynab, 
shulardan 2 tasi chorak finalga chiqdi. Ikkinchi turdan so’ng faqat 1 ta jamoa 
8


chorak finalga chiqish imkoniyatini yo’qotgani ma’lum. Dastlabki tur 
o’yinlarining hech biri durang bilan tugamagan bo’lishi mumkinmi?
24. Bikford shnuri tekis yonmaydi va aniq 1 minutda yonib tugaydi. Shunday 
ikkita shnur yordamida 45 sekund vaqtni o’lchash mumkinmi?

Yüklə 289,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə