A quchqorov, sh. Ismailov



Yüklə 289,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix05.10.2023
ölçüsü289,98 Kb.
#125681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mantiqiy masalalar 40

7


Sehrli orollar
 
 
1. Ritsarlar va yolg’onchilar orolida. 
Sehrli orolda yashovchilarning har 
biri yoki ritsar yoki yolg’onchi. Ritsarlar faqta rost gapiradi, yolg’onchilar esa 
faqat yolg’on gapiradi. 
1. Orolda yashovchi Ali shu orolda yashaydigan Valiga dedi: “Bizlardan kamida 
bittamiz yolg’onchi”. Ali bilan Vali qanday odamlar? 
2. Sizga orolda yashaydigan Ali va Vali duch kelishdi. Ali dedi: “bizlar ritsarmiz”. 
Vali dedi “Mening yonimda turgan odam yolg’onchi bo’ladi”. Ular kimlar? 
 
3. Dasturxon atrofida bir nechta ritsarlar va yolg’onchilar o’tirishibdi. Ularning har 
biri o’zining yonidagi bilan bitta qabilada yashashini aytdi. Dasturxon atrofida 
o’tirganlardan nechtasi yolg’onchi bo’lishi mumkin? 
4. Orolning bir nechta fuqorosi bir joyga to’planishdi va ularning
har biri: “Sizlar hammangiz yolg’onchisizlar” – dedi. Yig’ilganlar orasida 
nechta ritsar bo’lgan? 
 
5. Sobir boshlari chuvalashib qolgan ikkita ikki boshli ajdarlarga duch keldi. Ikki 
boshli ajdarlar rostchi (ikkala boshi ham faqat rost gapiradi) yoki yolg’onchi 
(ikkala boshi ham faqat yolg’on gapiradi) bo’ladi. Sobir ajdarlarga boshlarini 
ajratib olishlari uchun yordam bermoqchi bo’ldi. Buning uchun unga har 
boshning qaysi ajdraga tegishli ekanligini bilish zarur bo’ldi. U buni ajdarlardan 
so’raganda ajdarlar quyidagicha javob berdi: 
birinchi bosh: men – rostchi kallaman; 
ikkinchi bosh: uchunchi kalla – mening sherigim; 
uchinchi bosh: ikkinchi kalla – mening sherigim
to’rtinchi bosh: uchinchi kalla – yolg’onchi. 
24


Qaysi kalla qaysi bir ajdarga tegishli? 
6. Orolga tashrif buyurgan donishman u erda Anvar bilan Sardorga duch keldi va 
ularning kim ekanligini bilmoqchi bo’ldi. U Anvardan “Sizlar ikkalangiz ham 
ritsarlarmisiz,” - deb so’radi. Anvar javob berdi. Donishmand bu javobdan 
ularning kim ekanliklarini anglay olmasligini angladi va “Sizlar bir 
toifadanmisizlar?” – deb so’radi. Yana Anvar javob berdi. Shundan keyin 
donishmand ularning qaysi toifadan ekanligini aniqlang. 
7. Orolda yolg’onchilar past toifali, orolga chetdan kelgan sayyohlar (ular rost 
ham, yolg’on ham gapirishlari mumkin) o’rta toifali, ritsarlar esa oliy toifali deb 
hisoblanadi. a) A va B kishilar quyidagi gaplarni aytdilar: 
A: mening toifam B nikidan past; 
B: A yolg’on gapirdi. 
A va B larning toifalarini aniqlash mumkin-mi? Bu gaplarning rost yoki 
yolg’on ekanligini aniqlab bo’ladmi? 
b) A, B va C kishilardan biri past, ikkinchisi o’rta, uchinchisi oliy toifali. Ular 
quyidagi gaplarni aytishdi: 
A: B ning toifasi C nikidan yuqori; 
B: C ning toifasi A nikidan yuqori; 
Shundan keyin A va B dan qaysi birining toifasi yuqori degan savolga S nima 
deb javob beradi? 
8. Agar o’quvchi ko’p dars tayyorlasa, u imtixonni muvaffaqiyatli topshiradi. Sobir 
imtixonda 2 baho oldi. Bu uning kam dars tayyorlaganini bildiradimi? 
9. Futbol bo’yicha respublika chempionatida “Darvoza” jamoasini birorta ham 
kuchli jamoa yuta olmadi, “Jarima” jamoasi esa “Darvoza”jamoasini yutdi. 
“Jarima” kuchli jamoa hisoblanadimi? 
10. Bir mamlakatning aholisi haqida quyidagilar ma’lum: a) ularning ayrimlari 
chiroyli yoza oladi; b) shoirlarninghech biri chiroyli yoza olmaydi; c) barcha 
25


bokschilar she’r yozadi. Bu mamlakatga tashrif buyurgan Nasriddin afandi – 
“barcha aholi yoki shoir yoki bokschi”, – dedi. Siz unga ishonasizmi? 

Yüklə 289,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə