A quchqorov, sh. Ismailov



Yüklə 289,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix05.10.2023
ölçüsü289,98 Kb.
#125681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mantiqiy masalalar 40

6-§. Kombinatorika 
 
1. Xonadagi 3 ta lampochkani 3 ta kalitga nechta usul bilan ulash mumkin (har bir 
lampochkaga aloxida kalit ulanishi kerak). 
 
2. “Choy ichish uchun hamma narsa” magazinida piyolaning 5 turi, laganning 3 
turi va choy qoshig’ning 4 turi bor edi. 
 
a) Bitta to’liq majmuani nechta hil usul bilan tanlash mumkin?
 
b) “Piyola + lagancha” majmuani nechta xil usul bilan tanlash mumkin? 
 
c) “Piyola + lagancha + qoshiq” majmuasini nechta xil usul bilan tanlash 
mumkin? 
 
d) Ikkita to’liq majmuani nechta usul bilan tanlash mukin? 
 
e) Nolta majmuani bitta usul bilan tanlash mumkinligi tushunarli. 
1+12+47+60=4·5·6 tenglikning ma’nosi nima? 
 
f) Bitta chashka, bitta laganga va bitta qoshiq oltindan ekanligi ma’lum.
Quyidagi turli majmualardan nechta xil usul bilan sotib olish mumkin:
1) oltin predmet yo’q; 
 
2) 1 ta oltin predmet; 
 
3) 2 ta oltin predmet;
 
4) 3 ta oltin predmet? 
 
3. Avtobus chiptalarining nomerlari 000000 dan 999999 gacha bo’lgan olti xonali 
sonlar:
a) Xamma raqamlari toq chiptalar nechta? 
b) Birorta ham toq raqami yo’q chiptalar soni nechta?
c) Ixtiyoriy ikkita qo’shni raqamlari turlicha bo’lgan chiptalar soni nechta? 
d) Xamma raqamlari har xil bo’lgan chiptalar soni nechta?
20


e) Xamma raqamlari bir xil juftlikka ega bo’lgan chiptalar soni nechta? 
f) Hech bo’lmaganda bitta toq raqami bor bo’lgan chiptalar soni nechta? 
g) 7 raqami qatnashgan chiptalar soni nechta? 
h) 7 va 0 raqamlari qatnashmagan chiptalar soni nechta? 
i) 7 raqami qatnashgan va 0 raqami qatnashmagan chiptalar soni nechta? 
4. Yozuvida 4 va 5 raqamlari ketma-ket keladigan va hamma raqamlari turlicha 
bo’lgan o’n xonali sonlar nechta? 
5. Birinchi va oxirgi uchta raqamlarining yig’indisi 15 ga teng bo’ladigan avtobus 
chiptalarining soni nechta? 
6. Ixtiyoriy 2 ta raqami ketma-ket kelgan sonlarda iborat bo’lgan o’n xonali sonlar 
nechta? 
7. Sinfda 35 o’quvchi bor. Ulardan 20 tasi matematika to’garagiga, 11 tasi 
biologiya to’garagiga qatnashadi. 10 tasi esa hech qaysi to’garakga 
qatnashmaydi. Nechta o’quvchi ham biologiya, ham matematika to’garagiga 
qatnashadi?
8. Quyidagi shartni qanoatlantiruvchi, 100 dan kichik butun musbat sonlar nechta? 
a) 2 ga ham, 3 ga ham bo’linadi; 
 
b) 2 ga bo’linadi, lekin 3 ga bo’linmaydi;
 
c) 3 ga bo’linadi, lekin 2 ga bo’linmaydi; 
 
d) yoki 3 ga, yoki 2 ga bo’linadi;
e) 2 ga ham, 3 ga ham bo’linmaydi. 
 
9. Uchta ishyoqmas 24 kv.m pol yuzini bo’yadi. Dastlab, birinchisi 10 kv.m polni, 
2-si 8 kv.m polni qizil rangga bo’yadi va nihoyat 3-si 6 kv.m polni sariqqa 
bo’yadi. Natijada ixtiyoriy 2 rang bilan ustma-ust 3 kv.m, uchchala rang bilan 
ustma-ust 1 kv.m pol bo’yaldi. Polning necha kv.m qismi bo’yalmay qoldi? 
Qizil rangga bo’yalgan polning yuzini toping. 

2
2
8
, 14
м
м
21


10. Sayyohlar guruhi chet ellar bo’ylab sayohatga chiqishdi. Ulardan 28 kishi 
ingliz tilini, 13 kishi frantsuz tilini, 10 kishi nemis tilini, 8 kishi ingliz va 
fransuz tilini, 5 kishi frantsuz va nemis tilini, 6 kishi ingliz va nemis tilini, ikki 
kishi uchchala tilni xam biladi, 41 kishi yuqoridagi uchta tildan hech birini 
bilmaydi. Sayyohlarning umumiy sonini toping.
11. a) 100 dan kichik butun musbat sonlar orasida 2 ga ham, 3 ga ham, 5 ga ham 
bo’linmaydiganlar nechta?
 
b) 1000 dan kichik butun musbat sonlar orasida 3 ga ham, 5 ga ham, 7 ga ham 
bo’linmaydiganlar nechta? 
12. Asliddin amaki 90 kunlik ta’tilini qishloqda o’tkazdi. Bunda u quyidagi 
qoidalarga qat’iy amal qildi: xar ikkinchi kun (kun ora) cho’milishga, har 
uchinchi kun do’kondan mahsulotlar sotib olishga bordi, har beshinchi kun esa 
bog’da ishladi. Birinchi kun Asliddin amaki hammasi bilan birdaniga 
shug’ullandi va juda charchadi. Ta’til davomida nechta kun 
a) “ yoqimli ” (bu kun u faqat cho’miladi);
 
b) “ zerikarli ” (hech qanday ish qilmaydigan kun.); 
 
c) og’ir ( uchta ishni qilishi kerak bo’lgan kunlar) bo’ladi? 

13. a) 200 dan kichik, yozuvida 1 va 2 raqamlarining ikkalasi xam qatnashadigan 
nechta natural son mavjud. b) Milliondan kichik, yozuvida 1, 2 va 3 
raqamlarining uchalasi xam qatnashadigan nechta natural son mavjud. 
 
14. Oltinchi sinf o’quvchilari 2 ta masala yechishdi. Dars oxirida Shokir 
Qosimovich to’rtta ro’yxat tuzdi: 1 – birinchi masalani yechganlar, 2 – faqat 
bitta masala yechganlar, 3 – kamida bitta masala yechganlar, 4 – ikkala 
masalani yechganlar. Ro’yxatlardan eng uzuni qaysi? Ikkita ro’yxat tarkibi 
bo’yicha ustma-ust tushishi mumkinmi? Agar mumkin bo’lsa, qaysilari?
 
15. Shaxmat taxtasida 8 ta ruhni hamma katakalar hujum ostida qoladigan qilib, 
nechta usulda joylashtirish mumkin? 
 
16. a) 7 kishi; b) 
n
kishi nechta xil usul bilan navbatga turish mumkin.
 
22


17. 12 kishilik guruhdan a) sardor va o’rinbosarni; b) ikkita navbatchini nechta xil 
usul bilan tanlash mumkin.
 
18. a) Raqamlari kamayish tartibida bo’lmagan nechta ikki xonali son bor?
 
b) Raqamlari o’sish tartibida bo’lganlari-chi? 
 
c) Raqamlari kamayish tartibida bo’lgan nechta uch xonali son bor? 
19. Raqamlari kamayish tartibida bo’lgan nechta sakkiz xonali son bor? Raqamlari 
o’sish tartibida bo’lganlari-chi? 
20. Quyidagi raqamlardan ko’pi bilan bir martadan foydalanib nechta turli sonlar 
yozish mumkin: 
A) 1, 2, 3. B) 2, 3, 4, 5. C) 3, 4, 5, 6, 7?
 
21. 20 kishini necha xil usul bilan juftliklarga ajratish mumkin? 
 
22. 28 ta qalamni necha xil usul bilan 4 qutiga 7 tadan joylash mumkin? 7 qutiga 4 
tadan joylansa-chi? 
23



Yüklə 289,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə