A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/111
tarix26.05.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#113346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishn (1)

1-mavzu.
FANNING PREDME
Т
I VA MAZMUNI
1.1. Ishlab chiqarishni tashkil etish va iqtisodiyot
fanining predmeti
Jamiyat rivojlanib borgani sari ko‘pgina yangi-yangi fanlar
«Ishlab chiqarishni tashkil etish» va «Iqtisodiyot» fani sifatida
yurtimizga kirib kelmoqda.
Bir qaraganda, u yangi fan sifatida talqin qilinsa-da,
aslida rivojlangan mamlakatlarda juda ko‘p yillardan buyon
o‘rganilib, o‘rgatilib kelinayotgan fan.
Bozor iqtisodiyotining o‘zi, umuman, olganda qanday-
dir jumboq va yangilik emas. U insoniyatga ming yillar
davomida xizmat qilib kelgan, ayniqsa, bozor iqtisodi shar-
qiy mamlakatlari, shu jumladan, O‘zbekistonda qadimdan
ma’lum. Eramizdan avvalgi XI asrdan eramizning XVI
asrigacha «Ipak yo‘li» nomi bilan mashhur bo‘lgan Karvon
yo‘li Xitoyni O‘rta Osiyo, Yevropa bilan bog‘lar va O‘rta
Yer dengiziga olib chiqar edi. Bu yo‘l atrofidagi barcha
mamlakatlar nafaqat Xitoy ipagi bilan, balki barcha tovar-
lar bilan ham o‘zaro savdo-sotiq qilish orqali, u yoki bu
tovarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirganlar.
Karvon yo‘llari va savdoda karvonsaroylarning alohida
roli bo‘lgan. Ular xizmat ko‘rsatuvchi kompleks sifatida
ma’lum bo‘lgan, ya’ni ularning qoshida mehmonxona,
oshxona, sartaroshxona kabi xizmat ko‘rsatish manbalari
bo‘lgan, hamda u yerda tovar narxlari, u yoki bu tovarga
bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘liq axborotlar o‘rganilgan. 
Т
o-
varlar ayirboshlash, sotish bilan bog‘liq bitimlar tuzilgan.


7
Qisqasi, biz o‘sha davrdayoq hozirgi zamon diler,
maklerlari, brokerlarini — dallollar, sudxo‘rlar, vositachilar
qiyofasida ko‘rishimiz mumkin. Bularning hammasi bir
tomondan bozor iqtisodiyotining biz uchun yangilik
emasligini isbotlasada, ikkinchi tomondan uning o‘ziga xos
hozirgi sharoitga mos qonun-qoidalarini o‘rganishimizning
zarurligi nuqtayi-nazaridan yangilik sifatida ham qaramo-
g‘imizni taqozo etadi.
Bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalarini o‘rganish va
hayotimizga tadbiq etish orqaligina, turmush farovonligiga
erishishimiz, pirovard natijada jamiyatimiz ravnaqiga hissa
qo‘shishimiz mumkin. Buning uchun esa, so‘zsiz bozor
iqtisodiyoti «Ishlab chiqarishni tashkil qilish va iqtisodiyot»
fanining ahamiyati kattadir.
Bu fan — umumiqtisodiy fanlar qatoriga mansub bo‘lib,
bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlari majmuasini tahlil
qilish orqali uni ishlab chiqarishga tatbiq etishning zamonaviy
usullarini o‘rganadi.
Kengroq ma’noda ta’rif beradigan bo‘lsak, «Ishlab
chiqarishni tashkil qilish va iqtisodiyot» fani bu bozor
iqtisodiyotining asosiy qonunlarini o‘rganish orqali uni ishlab
chiqarishga tadbiq etish va pirovard natijada ishlab chi-
qaruvchi va iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini qondirish
bilan bog‘liq bo‘lgan qonun-qoidalarning majmuasini
o‘rganadi.
Yuqorida keltirilgan obyektiv qonunlardan tashqari, bu
fanni tatbiq etish orqali xalq farovonligini oshirish yo‘l-
yuriqlarini o‘rganadi.
Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi haqida fikr
yuritadigan bo‘lsak, u avvalgi siyosiy iqtisod deb yuritilgan,
hozirda esa iqtisodiy nazariya deb ataladigan fan bilan,


8
ishlab chiqarishni tashkil qilish fani bilan, marketing asoslari,
menejment asoslari kabi umumiqtisodiy fanlar bilan bevosita
bog‘lab o‘rganiladi.
Ahamiyatiga kelsak, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
sharoitida bu fanni bilmasdan turib, har qanday korxona va
xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirib bo‘lmasligi sababli
jamiyatning rivojlanishiga erishib bo‘lmaydi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə