A s daminov, B. S. Salimov


partenogoniya, sistagoniya, maritogoniya



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov


partenogoniya, sistagoniya, maritogoniya. 
Fassiolalarda  embrional  taraqqiyot  cuvlik  muhitda  (nam  joyda), 
partenogoniya  davri-chuchuk  suv  molliyuskasidan,  sistogoniya-suvli  muhitda, 
maritogoniya-qishloq xo‘jalik hayvonlari va odam jigarida kechadi. 
Shu davr ichida u oraliq xujayin-qorin oyoqli mollyuskaning jigariga kirishi 
kerak.  Jigar  qurtini  oraliq  xo‘jayini  har  hil  suv  shilliq  qurtlari  (akam  tukamlar) 
hisoblanadi. Miratsidiy  mollyuska tanasiga yorib kirib, ko‘zcha va kiprikchalarini 
tashlaydi  va  xaltasimon  sporotsistaga  aylanadi.  Sporotsistalar  partenogenez  yo‘li 
bilan ko‘payadi va ulardan lichinkaning keyingi bosqich lichinkasi- rediyalar hosil 
bo‘ladi.  Rediyalar  ham  yana  partenogenez  yo‘li  bilan  ko‘payib,  yangi  dumli 
lichinkalar serkariylarni hosil qiladi. Yetilgan, serkariylar mollyuska organizmidan 
suvga  ajralib  chiqib  dumlari  yordamida  erkin  suzib  yuradi.  Tezda  biron  -  bir 
predmetga  yopishib  dumini  tashlaydi  va  sistaga  o‘ralib  adoleskariyga  aylanadi. 
Adoleskariylar  invazion  lichinka  hisoblanib,  o‘t  –  xashak  bilan  hayvon 
organizmiga  tushib,  uni  zararlaydi.  Fassiolalarni  jigarda  shakllanib  voyaga  etishi 
uchun 2-4oy vaqt ketadi. Ular o‘t yo‘llarida 9 yilgacha yashashi aniqlangan. 
Markaziy  Osiyo sharoitida  trematodalardan ikki tur  fassiolalar,  lansetsimon 
so‘rg‘ichlar, oshqozon va turkiston qon so‘rg‘ichililari uchraydi.  
O‘zbekiston  sharoitida  tarqalgan  termatodalarning  tarqalishi,  biologiyasi, 
ekologiyasi,  chaqiradigan  kasalliklari  va  keltiradigan  zararlari  akademik 
J.A.Azimov  va  professor  B.S.  Salimov  hamda  ularning  shogirdlari  tomonidan 
chuqur o‘rganilgan va ular bo‘yicha yangi tadqiqotlar olib borilmoqda.. 

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə