A s daminov, B. S. Salimov



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

 
V A Z I F A 
 
Har  xil  turga  oid  sestodlarning  asosiy  va  oraliq  xo‘jayinlarini  aniqlash, 
bir biridan farqlash.  
Qoramol  solityori  ikki  ho‘jayinli  parazit  bo‘lib  uning  asosiy  ho‘jayini 
odam.  U  odamning  ingichka  ichagida  yashaydi.  Bu  parazit  hazm  bo‘layotgan 
ozuqalarning  bir  qismini  tana  yuzasi  bilan  shimib  oladi.  Gijjaning  tanasi 
lentasimon bo‘lib, oq rangli, elka- qorin tomonidan yassilashgan.  
Qoramol  solityorining  uzunligi  o‘rtacha  8-10  metrgacha  etadi.  Uning 
boshchasi  skoleks,  bo‘yincha  va  gavda  (strobila)  qismlari  mavjud.  Boshcha- 
skoleksida  4ta  so‘rg‘ich  joylashgan.  Bu  so‘rg‘ichlar  yordamida  solityor 
xo‘jayin  ichagi  devoriga  yopishib  gavdani  ushlab  turadi.  Boshchaning  ostida 
bo‘g‘inlarga  bo‘linmagan  qismi  bo‘yincha  deyiladi.  Bo‘yincha  qismi  o‘sish 
zonasi  hisoblanadi.  Solityorning  uzun  zanjirsimon  gavdasi  –  strobila  deb 
ataladi.  
Qoramol  solityorini  oraliq  xo‘jayini  yirik  shoxli  hayvonlar,  shimol 
bo‘g‘ilari hisoblanadi.  
Qoramol  gijjasining  taraqqiyoti.  Strobilaning  oxirgi  bo‘g‘imlaridagi 
tuxum  ho‘jayrasida  6  ilmoqchali  usti  qalin  po‘st  bilan  qoplangan  murtak 
onkosfera rivojlanadi. Murtakni diametri 0,03mm ga teng. 
Tashqi  muhitga  tushgan  bo‘g‘inlardagi  tuxumlar  turli  oziqalar  bilan 
qoramol  oshqozoniga  tushadi.  Oshqozon  va  ichaklarda  tuxumning  po‘sti 
parchalanadi  va  undan  6  ilmoqchali  lichinka-onkosfera  chiqib,  ichak 
tomirlariga  yorib  kiradi.  Qon  oqimi  bilan  har  xil  organlarga  borib,  ko‘pgina 
muskullariga  o‘tadi  va  kelgusi  lichinkalik  davri  finna  yoki  sistitserk 
(Cysticercus  bovis)ga  aylanadi.  Finna  pufakcha  shaklida  bo‘lib,  ichi 
suyuqliqqa to‘lgan va to‘rtta so‘rg‘ichli boshchasi pufakcha devoriga qayrilgan 
holda  yopishib  turadi.  Sistitserk  qoramol  organizmida  uzoq  yillar  davomida 
tirik  holda  saqlanishi  mumkin.  Finnali  go‘shtni  odam  yaxshi  pishirmasdan 
iste’mol  qilganda  parazit  kelgusi  taraqqiyot  davrini  uning  ichagida  o‘taydi. 


39 
 
Oshqozon  shirasining  ta’siri  natijasida  skoleks  finnadan  ajraladi  va 
so‘rg‘ichlar  yordamida  ichak  devoriga  yopishib  o‘sa  boshlaydi.  2-3  oy 
o‘tgandan keyin parazit voyaga etadi va bo‘g‘inlar tashqariga tanasidan uzilib 
tusha boshlaydi.  
Shunday  qilib  T.saginatusning  asosiy  xo‘jayini  odam,  oraliq  xo‘jayini-
qoramol. 
Qishloq  xo‘jalik  xayvonlarida  C.bovis  dan  tashqari  exinokokk  – 
Echinacoccus  granulosus  lichinkasi,  senur  lichinkasi,  qo‘y  ichak  gijjasi  - 
Monesia expansa lar ham uchraydi.  
a)  Exinokokk  –  Echinococcus  granuhogus  larva  har  xil  kattalikdagi 
kosadek  yoki  yosh  bolani  boshidek  pufaksimon  lichinka.  U  suyuliq  bilan 
to‘lgan.  Exinokokk  pufagi  ona,  qiz,  nevara  pufakchalarga  va  ulardagi  juda 
ko‘p  sonli  skolekslarga  ega.  Exinokokk  pufaklari  parazitning  oraliq 
xo‘jayinlari  barcha  turdagi  qishloq  xo‘jalik  hayvonlari  va  odamning,  asosiy 
jigar va o‘pkalarida rivojlanadi. Parazitning asosiy xo‘jayini it (asosan itlar) va 
boshqa go‘shtxo‘r yirtqichlar. 
b)  Senur  –  Coenurus  cerebrahis  qishloq  xo‘jalik  hayvonlarining  (oraliq 
xo‘jayin)  asosan  bosh  miyasida  parazitlik  qiluvchi  pufaksimon  lichinka.  Ichi 
suyuqlik  bilan  tula,  pufakichki  qobig‘iga  birikkan  bir  necha  unlab  skolekslar 
mavjud.  Kattaligi  tovuq  tuxumidek  bo‘ladi.  Ushbu  lichinka  it  va  boshqa 
go‘shtxo‘r  hayvonlarning  (asosiy  xo‘jayin)  ingichka  ichagida  yashovchi 
Multiceps multiceps sestodining lichinkasi. 
v)  Sistitserkoid  –  juda  mayda  lichinka  bo‘lib,  u  kavsh  qaytaruvchi 
hayvonlarning (asosiy xo‘jayin) ingichka ichagida yashovchi monieziyalarning 
tuproq kanalarida (oraliq xo‘jayin) rivojlanadi. 
 
 
17-rasm.  Qoramol  solityori  –  Taeniarhynchus  saginatusning  tashqi  tuzilishi  va 
taraqqiyoti: 
1-voyaga yetgan sestod; 2-asosiy xo’jayini; 3-harakatchan bo’g’in; 4-onkosferali tuxum; 5-oraliq 
xo’jayini;  6-finna  (sistiserk);  7-asosiy  xo’jayin  ichagida  sestodning  rivojlanishi;  8-finna  bilan 
zararlangan hayvon go‘shti 


40 
 
 
 
18-rasm. Exinokokkning taraqqiyoti: 
1-voyaga  yetgan  exinokokk;  2-oraliq  xo’jayinlar  va  ularning  zararlangan  organlari;  3-asosiy 
xo’jayin; 4-parazit tuxumi 

 
19-rasm. Zanjirsimon sestodlarning lichinkalari.A-sistitserk, V-senur, D-exinokokk. 
1-pufak devori, 2-skolekslar, 3-katta pufak ichidagi mayda pufakchalarda lichinkalarning 
rivojlanishi 
 
NAZORAT  SAVOLLARI: 
1.
 
Sestodlar sinfi qanday turkumlarga bo‘linadi, ularning vakillarni ayting  
2.
 
Sestodlarni qanday lichinkalarini bilasiz?  
3.
 
Sestodlarning trematodlardan farq qiluvchi xususiyatlari. 
4.
 
Sistitserk bilan senurning farqini ayting. 


41 
 
5.
 
Exinokokk pufagi qaysi organlarda rivojlanadi va senurdan qanday farq qiladi? 
6.
 
Qishloq  xo‘jalik  xayvonlarida  sestodlar  tomonidan  chaqiriladigan  qanday 
kasalliklarni bilasiz? 
7.
 
Qoramol sistitserkozining oldini olish choralarini ayting 
8.
 
Exinokokkning  tarqalishini  oldini  olish  uchun  qanday  tadbirlarni  amalga 
oshirish kerak.  
 
Uyga  vazifa:  Birlamchi tana bo‘shliqli chuvalchanglar.  

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə