A s daminov, B. S. Salimov


Yomg‘ir  chuvalchanglarining  teri  muskul  xaltasining  tuzilishi



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

Yomg‘ir  chuvalchanglarining  teri  muskul  xaltasining  tuzilishi
.  Teri  – 
muskul xaltasining tuzilishini o‘rganish uchun chuvalchangning ko‘ndalang kesimidan 
tayyorlangan mikropreparatlarni mikroskop ostida kuzatish kerak.  
Yomg‘ir  chuvalchangining  terisi  juda  yupqa  kutikula  bilan  qoplangan,  shu 
sababli  o‘zidan  namlikni  osongina  o‘tkazadi.  Kutikulaning  ostida  bir  qavatli  silindrik 
epiteliy  hujayralari  –  epidermis  yotadi.  Uning  ostida  esa  xalqasimon  va  bo‘ylama 
muskullar joylashgan. Terida bir hujayrali har xil bezlar mavjud.  
25- rasm. Yomg‘ir chuvalchangining tashqi tuzilishi: 
a) 1-jinsiy teshiklar; 2-belbog‘cha; 3-yon tuklar, b) 1-kutikula; 2-gipoderma; 3-ichak; 4-qorin 
qon tomiri; 5-qorin nerv tuguni; 6-tana bo‘shlig‘i; 7-xalqasimon muskullar; 8-bo‘ylama muskullar; 9-
elka qon tomiri; v). 1-xalqum usti nerv tuguni; 2-xalqum osti nerv tuguni; 3-xalqum; 4-yurak; 5-tana 
bo‘shlig‘i; 6-elka qon tomiri; 7-jig‘ildon; 8-ichak; 9-qorin nerv zanjiri; 10-qizilungach; 11-oshqozon 
 
Ular shilliq moddalar ishlab chiqib, terini namlab turadi. Teri ostida strukturasiz 
bazal parda, so‘ngra halqasimon va bo‘ylama muskullar yotadi. Teri – muskul xaltasi 
selomdan mezoderma hisobiga hosil bo‘lgan bir qavatli epitellial hujayralar – seloteliy 
(boshqacha  qilib  aytganda  endoteliy)  yordamida  ajralib  turadi.  Tana  devori  va  terida 
qon tomirlarning kapillyarlari qalin to‘r shaklida yotadi va nafas olish bilan bir qatorda 
modda almashish jarayonida ham aktiv qatnashadi. 
 
   

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə