A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar


Investitsiya funktsiyasining grafigi



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/115
tarix20.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#128383
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

Investitsiya funktsiyasining grafigi
Foiz stavkasi
r
I
13


Investitsiya hajmi
1.1.1-chizma
Investitsiyalashda aylanma kapitalga ustuvorlik berilishini faqat kapitalning
tarkibiy tuzilishi bilan tushuntirish etarli emas. Gap shundaki, dastlabki kapital
jamg’arish davrida pulni tez to’plash uchun uni kapital aylanishi tez sohalarga
joylashtirilishi yuz beradi, chunki bunda yuqori foyda me’yori yuzaga keladi. Foyda
me’yori yuqori joyda esa, uni kapitallashtirish imkoni katta bo’ladi. Bu omil ham
xususiy sektorda pulni aylanma kapitaliga aylantirish uchun rag’bat yaratadi. Bozor
talablariga binoan tejamli xo’jalik yurita bilmaslik tannarxning ortishiga olib keladi,
bu narx o’zgarmagan sharoitda ham zararga olib keladi. Bu albatta, investitsiyalarni
o’z mablag’i hisobidan ta’minlash imkonini cheklab ko’yadi.
Investitsiyalarni jalb etilishi ko’p jihatdan investitsiya bozorini har tomonlama
o’rganish, uni bashorat qilish bilan uzviy bog’liqdir. Investitsiya bozori
investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish uchun zamin yaratib beradi.
Investitsiya bozori ishlab chiqarish fondlarining aktiv qismi va investitsiya
xizmatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Uning asosiy unsurlariga talab, taklif, raqobat
va baho kiradi. Bu unsurlar doimo o’zgarib turadi, ushbu o’zgarishlar iqtisodiyotdagi
va bozor ichidagi omillar ta’sirida yuz beradi. Har bir investor uchun investitsiyaga
bo’lgan talabni o’rganish, investitsiya bozorini tahlil etib, buning zaminida o’zining
investitsiya dasturini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi
1.2. Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi
Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy
sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat
sub’ektlarini sug’urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat
manfaatlarini amalga oshirish yo’lida tashkil etiladi. Investitsiya munosabatlarining
mohiyati bu faoliyat ishtirokchilari doirasida va darajasida o’z ifodasini topadi.
O’zbekistonda investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishining asosiy
yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1) Investitsiya faoliyatining qonunchilik negizini takomillashtirish.
2) Soliq to’lovchilar va soliq solish ob’ektlarini, soliq stavkalari va ularga doir
imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo’llash.
3) Normalar, qoidalar, standartlarni belgilash.
4) Monopoliyaga qarshi choralarni qo’llash.
5) Kredit siyosati va narx siyosatini o’tkazishga va boshqa tabiiy resurslarga egalik
qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash.
6) Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash.
Investitsiya faoliyatini tartibga solish, huquqiy nuqtai nazaridan, turli mulkdorlar
o’rtasida moddiy va nomoddiy aktivlarni takror ishlab chiqarish xususidagi o’ziga
xos, murakkab, ijtimoiy zarur iqtisodiy (investitsiya) munosabatlarini shakllantirish
me’yorlarini nazarda tutadi. Investitsiya jarayonining barcha sub’ektlari – chet ellik
investorlardan boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslar
14


(rezidentlar va norezidentlar)gacha bu munosabatlarning ishirokchilariga aylanadilar.
Huquq nuqtai nazaridan chet el investitsiyalari boshqa davlat hududida kapitalga
egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish bilan bog’liq. Iqtisodiy nuqtai
nazardan esa ularning hududiy, zamon va makondagi harakati ko’pdan-ko’p
qo’shimcha risklar bilan to’qnashish ehtimoliga ega bo’ladi.
Respublikada
investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish birinchi navbatda davlatning
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlarini
ko’zlaydi. Respublika qonun hujjatlariga muvofiq chet el investitsiyalari
milliylashtirilishi, davlat tasarrufiga olinishi mumkin emas. Chet el investitsiyalari
tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiyalar hollarini mustasno qilganda, rikvizitsiya
qilinmaydi. Chet el investorlarga qonuniy faoliyat natijasida olingan o’z foydasi va
boshqa mablag’larini chet el valyutasida chetga o’tkazish kafolatlanadi. Qonun
hujjatlarida chet ellik investorlarga ularning davlat boshqaruvining vakolatli organlari
bilan tuzadigan kontsessiya shartnomalari asosida tabiiy resurslarni qidirish,
foydalanishga tayyorlash va foydalanish hamda boshqa xo’jalik faoliyatini joriy
qilish uchun kontsessiyalar berish nazarda tutilgan. Respublika qonun hujjatlari bilan
taqiqlanmagan faoliyatning hamma sohalari va turlari bo’yicha kontsessiya berilishi
mumkin. Chet ellik investor qarori bilan investitsiyalarga hamda ularning natijalariga
egalik qilish, ulardan foydalanish, tasarruf etish huquqi respublika qonun hujjatlari
bilan belgilangan tartibda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga berilishi mumkin.
Investitsiya faoliyatini amalga oshirishni muhim shartlaridan biri muomalada
bo’lgan pul birligini qadrsizlanishini oldini olishdir. Investitsiya faoliyatidan
olinadigan samarani ko’paytirish maqsadida investitsiyalar hajmini, yo’nalishlarini va
manbalarini aniqlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Shu bilan birgalikda yangi
moliyalashtirish, kredit bilan ta’minlash, bahoni tahlil qilish, soliqqa tortish
tizimlarini takomillashtirishdir. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, investitsiya faoliyatini
tartibga solishda eng muhim va asosiy muammolardan biri chet el investitsiyalari
ishtirokidagi korxonalarni respublika mintaqalari bo’ylab bir tekis joylashtirishdir.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va chet el investitsiyalarini jalb qilishning kengayib
borishi darajasiga qarab investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish,
bevosita chet el investitsiyalarini yangi loyihalarga, shuningdek, xususiy tadbirkorlik
sub’ektlarining katta qismini investitsiya faoliyatiga jalb qilishni ham nazarda tutadi.
Bunda chet el investitsiyalar oqimini rag’batlantirish, shu bilan birga milliy
iqtisodiyot sub’ektlarining bu faoliyatda ishtirok etishini taqdirlash muhim o’rinda
turadi. Shunday qilib davlat tomonidan investitsiya munosabatlarini tartibga
solishning vazifasi, bir tomondan, bevosita chet el investitsiyalari oqimini
oshirishdan, ikkinchi tomondan, milliy iqtisodiyotdagi xususiy mulkchilik
sub’ektlarining qo’yilmalarini kengaytirishdan iborat bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarini tartibga solish va jalb etish
bilan shug’ullanadigan rasmiy muassasalar quyidagi jadvalda keltirilgan.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə