A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/115
tarix20.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#128383
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

Yalpi investitsiyalar
- bu ishlab chiqarish vositalarining iste’mol qilingan qismini
qoplash hamda ularni qo’shimcha o’sishi maqsadida ishlab chiqarish jamg’armalari
va aholi mablag’lari qo’yilmalaridir. Boshqacha so’z bilan aytganda, yalpi
investitsiyalar o’z ichiga amortizatsiya va sof investitsiyalarni oladi.
Sof
investitsiyalarni
aniqlash uchun yalpi investitsiyalardan amortizatsiya ajratmalari
chiqarib tashlanadi. Yalpi investitsiyalar va amortizatsiya o’rtasidagi nisbatga qarab
iqtisodiyotning ahvoli qanday ekanligini, ya’ni yuksalish, yo turg’unlik yoki pasayish
davrini boshidan kechirayotganligini aniqlash mumkin. Agarda, yalpi investitsiyalar
amortizatsiyadan ortiq, ya’ni sof investitsiya yuqori bo’lsa, iqtisodiyot yuksalishda
bo’ladi, chunki uning ishlab chiqarish quvvatlari o’sadi. Yalpi investitsiya va
amortizatsiya bir-biriga teng bo’lgan chog’da iqtisodiyotda turg’unlik holati vujudga
kelishi mumkin
.
Bu vaziyatda sof investitsiyalar nolga teng bo’lib, iqtisodiyotda shu
yili qancha kapital iste’mol qilingan bo’lsa, uni qoplash uchun shuncha kapital
qo’yilmalar kerak bo’ladi.
Iqtisodiy faollik pasayib borayotgan iqtisodiyot uchun yalpi investitsiyalar
amortizatsiyadan kam bo’lgan holdagi vaziyat xosdir, ya’ni iqtisodiyotda yil
davomida kapital ishlab chiqarilganiga nisbatan ko’proq iste’mol qilinadi. Bunday
holatda sof investitsiyalar ishorasi manfiy bo’lib, uning mutlaq qisqarishini bildiradi.
Natijada, yil oxirida kapital hajmi yil boshidagiga qaraganda kam bo’ladi.
Investitsiyalarni xorijga chiqarish, ularning mamlakatlar o’rtasidagi faol harakati
zamonaviy jahon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ajralib turuvchi
xususiyatlariga aylandi. Investitsiyalarni chetga chiqarish jahon xo’jaligidagi
tovarlarni chetga chiqarish monopoliyasini tugatdi. Hozirgi vaqtda xalqaro
investitsiyalarning o’rtacha yillik o’sish sur’ati 30%dan oshadi. Bu ko’rsatkich jahon
savdosining o’sish sur’atlaridan deyarli 5 marotaba ortiqdir. Xalqaro investitsiyalar
o’zida moddiy boylik barpo etish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish, pul va tovar
shakllarida jamg’arilgan zahiralarni mujassamlashtiradi. Ushbu investitsiyalar doimiy
ravishda mamlakat ichida bir tarmoqdan boshqasiga, hamda davlatlararo harakatda
bo’ladi.
Investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni tahlil qilish,
rejalashtirish uchun alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan holda guruhlashtiriladi.
Xorijiy investitsiyalarning quyidagi turlari mavjud: kapital, innovatsiya va ijtimoiy
investitsiya.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə