A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/115
tarix20.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#128383
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

Xususiy investitsiyalar
nodavlat yuridik shaxslarining va
fuqarolarning mablag’larini tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga qo’yilishini anglatadi.
Davlat investitsiyalari
- bu davlat tomonidan milliy daromadning davlat byudjeti
mablag’lari ko’rinishida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi uchun sarflayotgan
mabalag’laridir. Investitsiya munosabatlari shu darajada murakkab va ko’p qirraliki,
ko’pincha
davlatlar
o’rtasidagi
munosabatlar
xususiy
shaxslar
o’rtasidagi
munosabatlar bilan uzviy bog’langan bo’ladi. Bunday aloqa investor huquq va
talablarni davlatga topshirganda yaqqol ko’rinadi. Xorijiy investitsiyalar ham davlat
yoki xususiy investitsiyalar shaklida bo’lishi mumkin. Birinchi shaklda davlat
investitsiyalari ishtirok etib, bunda bir davlat boshqa davlatga kreditlar yoki
boshqacha shakldagi qarzlar berishi mumkin. Bunday munosabatlarga xalqaro huquq
normalari qo’llaniladi. Ikkinchi shaklda esa, bir mamlakat xususiy firmalari,
kompaniyalari yoki fuqarolari boshqa mamlakatning tegishli sub’ektlariga beradigan
investitsiyalar tushuniladi.
Hududiy joylashtirilishi bo’yicha investitsiyalar ichki va tashqi investitsiyalarga
bo’linadi.
Hozirgi davrda bir qator davlatlarda moddiy ishlab chiqarish jaryonidagi
investitsiyalashdan tashqari ijimoiy-madaniy sohalar uchun, fan tarmoqlari uchun,
madaniyat, ta’lim, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport sohalari uchun,
informatika sohasi, tabiatni muhofaza qilish uchun investitsiya mablag’lari
ajratilmoqda. Bu investitsiyalar xorijiy adabiyotlarda «inson investitsiyasi», «inson
kapitaliga investitsiya qilish» deb atalmokda. Bu investitsiyaning alohida bir
ko’rinishi bo’lib, asosan kishilarning sog’lig’ini saqlash, aqliy va ma’naviy
rivojlanishi uchun, hayotini uzaytirish hamda kishilarning ish faoliyatida ijodiy
qatnashishi va uning samaradorligini oshirish uchun sarflanadi. Hozirgi vaqtda
O’zbekiston Respublikasida investitsiyaning asosiy qismlari sog’liqni saqlash, maorif
uchun sarflanmoqda. Bunga misol qilib, qishloq joylarda vrachlik ambulatoriya
punktlari, kollej va litseylar qurish dasturlarini misol qilib keltirish mumkin.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə