A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar


 Investitsiya faoliyatiga tegishli huquqiy munosabatlarning ob’ekti va



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/115
tarix20.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#128383
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

2.2. Investitsiya faoliyatiga tegishli huquqiy munosabatlarning ob’ekti va
28


sub’ekti
Investitsiyalar iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va
nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar hisoblansa, investitsiya faoliyati
sub’ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq harakatlari majmui
investitsiya faoliyati
deb yuritiladi. Investitsiya faoliyati tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirishning bir ko’rinishidir, shuning uchun ham tadbirkorlikka xos bo’lgan
belgilar, ya’ni mulkiy mustaqillik, tashabbuskorlik va tavakkalchilik unga ham xos
bo’lgan xususiyatdir.
Investitsiya faoliyatining ob’ekti moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab
chiqarish ob’ektlari hisoblanadi.
Investitsiya faoliyatining sub’ektlaridan biri investor bo’lib, u o’z mablag’larini,
qarzga olingan va jalb etilgan mablag’larni, mulkiy boyliklarni va ularga doir
huquqlarni, shuningdek intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati
ob’ektlariga jalb etishni amalga oshiradi. Bunday o’ziga xos faoliyat sub’ektlarining
yana bir katta guruhi mavjud bo’lib, ular investitsiya faoliyati ishtirokchilari deb
yuritiladi va ularning asosiy vazifasi investorning buyurtmalarini bajaruvchi sifatida
investitsiya faoliyatini ta’minlash bo’lib hisoblanadi.
2.2.1-chizma
Investitsiya faoliyatining ishtirokchilari
Investorlar buyurtmachi (mablag’ kirituvchi), kreditor, sotib oluvchi bo’lishlari,
shuningdek investitsiya faoliyati ishtirokchisi vazifasini bajaruvchi ham bo’lishlari
mumkin.
Investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchilar (investorlar) quyidagi belgilari
bo’yicha tasniflanadi.
29
Ўзбекистон Республикасининг резидентлари, фуқаролари, юридик шахслари
Маҳаллий давлат
ҳокимияти органлари ва
давлат бошқаруви
органлари


1. Joriy faoliyatning yo’nalishlari bo’yicha institutsional va individual
investorlar. Institutsional investorlar rolida sanoat, savdo, transport, aloqa va
boshqa sohalardagi aktsiyadorlik jamiyatlari namoyon bo’lsalar, individual
investorlar rolida fuqarolar namoyon bo’ladi.
2. Investitsiyalash maqsadlari bo’yicha strategik va bevosita investorlar.
Ular o’z oldiga kompaniyalarni boshqarish huquqini olishni maqsad qilib
qo’yadilar. Buni ular boshqa kompaniyalar aktsiyalarining nazorat paketini sotib
olish yoki ularning ustav kapitalining katta qismini egallash orqali amalga
oshiradilar.
3. Rezidentlikka tegishliligi bo’yicha investorlar milliy va xorijiy
investorlarga ajratiladi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə