A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar


 Bevosita va portfelli xorijiy investitsiyalar



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/115
tarix20.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#128383
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

2.3. Bevosita va portfelli xorijiy investitsiyalar
Maqsadiga ko’ra xorijiy investitsiyalar bevosita va portfel investitsiyalarga
bo’linadi.
Bevosita investitsiyalar
– bu kapitalning to’g’ridan-to’g’ri eksporti bo’lib,
investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradi. Bunda
korxona asosiy kompaniyaning xorijdagi shahobchasiga aylanadi. Bevosita xorijiy
investitsiyalar (BXI) asosan xususiy tadbirkorlik kapitali shaklida bo’ladi.
Xalqaro statistikada investitsiyalarni BXIlar turiga kiritish bo’yicha har xil
yondashuvlar mavjud. Xorijiy investorlar tomonidan nazorat qilish huquqini
belgilovchi ko’rsatkich sifatida ular ega bo’lgan aktsionerlik kapitalining hissasi
ko’rsatkichidan foydalaniladi (2.3.1-rasm).
Bir qator mamlakatlarda aktsionerlik kapitalida xorijiy investorning nazorat
qilish huquqini beruvchi hissasi
10%
90%
20%
80%
20%
80%
25%
75%
49%
51%
0%
20%
40%
60%
80%
100%
А?Ш
Франция
Буюк Британия
Германия
Ўзбекистон
Акционерлик капиталида хорижий инвесторнинг улуши
Акционерлик капиталининг ?олган ?исми
2.3.1-rasm
Bu ko’rsatkich AQShda 10%, Frantsiya va Buyuk Britaniyada 20% ga yaqin,
Germaniyada 25%dan 50% gacha, O’zbekistonda esa 49% darajasida belgilangan.
Shuningdek, shu korxonaning boshqaruvida bevosita amalga oshirilayotgan
investitsiyalarning uzoq muddatli ekanligi ham uning muhim belgilaridan biridir.
30


Investitsiyaning bu ko’rinishi tavakkalchilikni, investitsiyalardan foydalanish
samaradorligi uchun ma’suliyatni davlat va aholi zimmasiga yuklamasdan, balki
ularni tadbirkorlik tizimlari o’rtasida taqsimlashning eng yaxshi va sinalgan usuli
hisoblanadi.
BXI borasidagi yana bir yondashuv bu turdagi investitsiyalarni faqat mulkchilik
ko’lami bilan, ya’ni aktsionerlik kapitalidagi ulushi bilan bog’liq, deb ko’rsatadi.
Unga muvofiq BXIlarni:
a) xorijda aktsiyalarni sotib olish orqali;
b) foydani qayta investitsiyalash yordamida;
v) firma ichki qarzlari va qarzdorliklari orqali amalga oshirish mumkin.
Ko’pchilik iqtisodchilar bu shakllar etarli emas, deb xisoblashadi va asosli
ravishda turli xil noaktsioner shakllar orqali bu ro’yxatni davom ettirishadi:
subkontraktlar, boshqaruv kelishuvlari, franchayzing, litsenzion kelishuvlar va
boshqalar.
BXIlarning shakl va usullariga bog’liq tushunchalar bilan bog’liq turli xil
yondashuvlarning ko’payishi qator muammolarni keltirib chiqardi. Bu muammolar
umumbashariy tasifga ega bo’lib, nostandart yondashuvlar echimini talab etadi.
Bevosita investitsiyalar asosan ikki guruhga ajratiladi:
1.Transkontinental kapital qo’yilmalar.
2.Transmilliy qo’yilmalar.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə