A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar


Transkontinental kapital qo’yilmalar



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/115
tarix20.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#128383
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

Transkontinental kapital qo’yilmalar
- investitsiya kiritish uchun qulay bozor
sharoiti bo’lgan boshqa bir davlat yoki qit’aga investitsiya eksportini amalga
oshirishdir. Asosiy maqsad – bozorni egallash va shu kontinentda yangi ishlab
chiqarishni tashkil etish.
Transmilliy kapital qo’yilmalari
esa asosan qo’shni
davlatlarga amalga oshiriladi.
Bevosita investitsiyalar ikki maqsadda yo’naltiriladi:
·
yangi kompaniya tashkil etish;
·
bankrot bo’lgan kompaniyalarni xarid qilish.
Portfel investitsiyalar
- shunday investitsiyalarki, bunda kapitalni daromad
olish maqsadida korxonalarning aktsiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli
qog’ozlarini sotib olish uchun sarflanadi. Bunday investitsiyalar korxonalarning
moliyaviy xo’jalik faoliyati ustidan nazorat o’rnatish huquqini bermaydi. Xorijiy
portfel investitsiyalar barcha xalqaro operatsiyalarni amalga oshirishda firmalar
uchun muhim ahamiyatga ega. By turdagi investitsiyalarga asosan moliyaviy
muammolarni echish uchun murojaat qilinadi. Korporatsiyalarning moliyaviy
bo’limlari mablag’larning bir mamlakatdan boshqa mamlakatga qisqa muddatli
investitsiyalardan yuqori foyda olish uchun o’tkazadilar.
Portfel investitsiyalar quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin:
-aktsioner qimmatli qog’ozlari - bozor muomalasidagi pul hujjati bo’lib, hujjat
egasining ushbu hujjatni chiqargan shaxsga nisbatan mulkiy huquqga egaligini
tasdiqlaydi;
-zayom qimmatli qog’ozlar - bozor muomalasidagi pul hujjati bo’lib, zayom
egasining ushbu hujjatni chiqargan shaxsga nisbatan munosabatini tasdiqlaydi.
Zayom qimmatli qog’ozlari quyidagi shakllarda chiqariladi:
-obligatsiya (oddiy veksel, qarz majburiyati) qimmatli qog’oz bo’lib, uning
31


sohibiga kafolatlangan va qat’iy belgilangan pul daromadi yoki shartnoma asosida
belgilangan o’zgaruvchan pul daromadini olish huquqini beradi;
-pul bozori dastaklari (g’azna veksellari, depozit sertifikatlari), uning sohibiga
ma’lum bir davr ichida kafolatlangan va qat’iy belgilangan pul daromadi olish
huquqini beradi.
Bu dastaklar bozorda ko’p hollarda pasaytirilgan narxlarda sotiladi, narxni
pasaytirish darajasi foiz stavkasining katta–kichikligiga va qarzni qoplanish
muddatiga bog’liqdir. Bularga g’azna veksellari, depozit sertifikatlari va boshqalar
kiradi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə