A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/115
tarix20.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#128383
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

Nazorat uchun savollar
1.Investitsiyaning shartli ravishda qanday turlarini ajratish mumkin?
2.Xorijiy investitsiyalar ko’lamiga qarab qanday turlarga ajratiladi?
3.Xorijiy investitsiyalarning qanday shakllari mavjud?
4.Investitsiyada qatnashish tavsifi va maqsadiga ko’ra investitsiyalar qanday
turlarga ajratiladi?
5.Investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qanday turlarga ajratiladi?
6.Mulk shakllaridan kelib chiqib investitsiyalar qanday turlarga ajratiladi?
7.Investitsiya faoliyatiga tegishli huquqiy munosabatlarning ob’ekti va sub’ekti
haqida tushuncha bering.
8.Bevosita va portfelli xorijiy investitsiyalarning asosiy o’ziga xos xususiyatlari
hamda farq qiluvchi jihatlarini tushuntirib bering.
3-bob. Globallashuv hamda iqtisodiy integratsiyallashuvning kuchayib
borishida investitsiya jarayonlari
3.1. Jahon iqtisodiyotining globallashuvida xorijiy investitsiyalarning o’rni
Globallashuv jarayoniga qo’shilish
- bu dunyoning etakchi davlatlari bilan
hamkorlikda bo’lish, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohadagi davlat siyosatining o’zaro
manfaatli asosda bu davlatlar siyosatiga mos kelishidir. Globallashuv jarayoniga
iqtisodiyotni erkinlashtirish, ilmiy-texnik taraqqiyotning tezlashishi, raqobatning
kuchayishi va boshqa bir qator belgilar ham xosdir. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti
uchun investitsion faollik va jahon iqtisodiyoti globallashuvining kuchayishi muhim
ahamiyat kasb etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyotiga o’tish
davrini boshidan kechirayotgan davlatlarning xalqaro mexnat taksimotidagi roli ortib
borayotganligi ham unga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
MDH mamlakatlarining paydo bulishi bilan xorijiy investorlarning investitsion
34


faoliyatlarini amalga oshirishdagi yangi imkoniyatlar maydoni paydo bo’ldi. Shuni
aytish kerakki, xorijiy investorlar bu masalada katta tajribaga ega. Albatta bu
masalaning bir tomoni bo’lsa, ikkinchi tomoni investitsiyalar qabul qiluvchi (MDH)
davlatlar uchun zamonaviy ishlab chiqarish vositalarini qabul qilishdagi investitson
tanlov imkoniyati yaratildi. Bunga oddiy hol deb qarash kerak emas, chunki,
investitsiyalar-iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi, uni olg’a siljituvchi kuchdir.
Mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarining
jumladan, xorijiy investitsiyalarning ahamiyati kattadir. Ma’lumki, har qanday davlat
dunyodan ajralgan holda jahon tajribalarini o’rganmasdan, dunyoning etakchi
davlatlari ilm, fan va texnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan
rivojlanishi mumkin emas. O’zbekiston iqtisodiyotida chuqur iqtisodiy islohotlar,
tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirilar ekan, xorijiy investitsiyalar rivojisiz tasavvur
etib bo’lmaydi. Ma’lumki xorijiy investitsiyalar iqtisodiy rivojlanish garovi,
iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi. Yaqin yillargacha faqat xom
ashyo mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan O’zbekiston bugun dunyo
xaritasida o’zining munosib o’rnini egallashga, boshqa taraqqiy topgan mamlakatlar,
avvalambor, AQSh, G’arbdagi demokratik davlatlar, sharqdagi Yaponiya, Koreya,
Malayziya yoki shunga o’xshash davlatlarga teng bo’lishni o’z oldiga maqsad qilib
qo’yar ekan, bunda birinchi galdagi chet el sarmoyalari, chet el investitsiyasi
nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu davlatlarning tarixi shuni ko’rsatadiki,
agar bu xorijiy malakatlarga sarmoya kelmasa, investitsiya kelmasa, hech qachon bu
davlatlar bugungi rivojlanish darajasiga ko’tarila olmas edi.
O’zbekiston bugungi kunda yirik xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi
mamlakatlar qatoriga kirish uchun barcha iqtisodiy, siyosiy va huquqiy asoslarga ega.
Lekin bu degani O’zbekistonda xorijiy investorlarni jalb qilish uchun barcha ishlar
qilib bo’lindi, degani emas. Endigi navbatda bu asoslarga tayangan holda
investitsiyalar jalb etishning mexanizmlarini takomillashtirish masalalari turadi.
Jahon
tajribasi
shuni
ko’rsatadiki,
mamlakat
iqtisodiyotida
xorijiy
investitsiyalarning tutgan o’rni, salmog’i mazkur davlatdagi investitsion muhitning
qanchalik qulayligini belgilaydi. Bu muhit ko’p jihatdan xorijiy investitsiyalarga
nisbatan davlat olib borayotgan siyosatini va tashqi iqtisodiy faoliyatining davlat
tomonidan tartibga solishning xususiyatlari bilan baholanadi. Strategik investorlar
ko’p miqdordagi mablag’larni birinchi navbatda iqtisodiyoti o’z ichki imkoniyatlari
asosida barqaror va izchil ravishda rivojlanayotgan mamlakatga yo’naltiradi. Aynan
shunday mamlakatlardagina qo’yilgan mablag’lar saqlanishiga va barqaror foyda
olishga mo’ljal qilsa bo’ladi. Ichki va chet el investorlarini birinchi navbatda minimal
darajadagi soliq imtiyozlari emas, balki biznesdagi keyingi qulay va maqbul
istiqbollar qiziqtiradi.
Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy jarayonlar hisoblanib, jahon bozori bilan o’zaro
yaqin va to’liq bog’liqlikda bo’ladi. Shu nuqtai nazardan u ko’pgina iqtisodiy
jarayonlarni o’zida qamrab oladi. Xorijiy investitsiyalar bozor munosabatlariga
o’tayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish sur’atlarini tezlashtirish
imkonini beradi. Eng muhim yo’nalish sifatida xorijiy investitsiyalarni jalb etishni
o’z ichiga olgan investitsiya faoliyatining jadallashuvi bugungi kunda o’tish davrini
boshidan kechirayotgan mamlakatlar uchun ayni muddao. Xorijiy investitsiyalarni
35


jalb etish u yoki bu mamlakatda olib borilayotgan siyosiy va ijtimoiy – iqtisodiy
islohotlarga bog’liq.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə