A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/115
tarix20.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#128383
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

Kapital investitsiya
jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltiruvchi va takror
ishlab chiqarishga, shuningdek, ishlab chiqarishning boshqa shakllarini ishlab
chiqarishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi.
24


Innovatsiya investitsiyalar
jumlasiga texnika va texnologiyalarning yangi
avlodini ishlab chiqish va o’zlashtirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi.
Ijtimoiy investitsiyalar
jumlasiga inson salohiyatini, malakasi va ishlab
chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlarning boshqa
shakllarini rivojlantirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi. Xorijiy investitsiyalar
ko’lamiga qarab xalqaro doiradagi, ya’ni xalqaro investitsiyalar ko’rinishiga ham ega
bo’ladi. Quyilish ob’ektiga, yo’naltirilayotgan sohalar va ularni ishlatishdan
olinadigan natijalarga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi.
Real investitsiyalar
– pul mablag’larini korxonaning moddiy va nomoddiy
aktivlariga sarflanishidan iborat.
Moddiy investitsiyalar
asosiy kapitalning
elementlarini sotib olish bilan bog’liq bo’lib, ko’pchilik hollarda investitsiya
loyihalari doirasida amalga oshiriladi. Shuningdek, real investitsiyalar real
kapitalning o’sishini, ya’ni ishlab chiqarish mablag’lari, moddiy boyliklarning
o’sishini ta’minlashi zarur.
Moliyaviy investitsiyalar
deb aktsiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa
qimmatli qog’ozlar uchun sarflangan qo’yilmalarga aytiladi. Bu qo’yilmalar buyum
ko’rinishdagi kapitalning o’sishini o’zida mujassam etmasada, lekin foyda, shu
jumladan, spekulyativ foyda, ya’ni qimmatli qog’ozlar kursi o’zgarishi natijasida
vujudga keladigan foyda keltiradi. Moliyaviy investitsiyalar ikki xil ko’rinishida
bo’ladi. Aktsiyalarni sotib olish real moddiy ko’rinishdagi kapitalni yaratmaydi.
Lekin kelajakda spekulyativ ko’rinishda foyda olish mumkin bo’ladi. Aktsiyalarni
sotishdan tushgan mablag’ni ishlab chiqarish uchun, asbob uskunalar sotib olish
uchun sarflaganda u real kapitalga aylanadi va real investitsiya ko’rinishini oladi. Shu
sababdan qimmatli qog’ozlarni oldi-sotdi operatsiyalari natijasida olinadigan
spekulyativ foyda keltiruvchi moliyaviy investitsiyalar va qimmatli qog’ozlarni sotish
natijasida pul ko’rinishdagi real moliyaviy investitsiyalarni farqlash lozim.
Fan-texnika taraqqiyotini tezlashuvi bilan intellektual salohiyat ishlab chiqarishning
eng kuchli omiliga aylandi, uning jiddiy unsuri bo’lib qoldi. XX asr boshlarida fan
ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish uchun sarflanadigan qo’yilmalar oshib bordi.
Shuning uchun ham jahonda real investitsiyalar tarkibida ilmiy izlanishlar, fan,
ta’lim, kadrlar tayyorlash uchun sarflanadigan xarajatlar o’sib bordi. Masalan, AQSh,
Yaponiya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda fan va ilmiy izlanishga sarflanadigan
qo’yilmalar o’sish sur’atlari asosiy fondlarga sarflanadigan investitsiyalardan
ustundir. Jahon bozoriga kirib borish, keng ko’lamda marketingni rivojlantirish,
batafsil axborotga ega bo’lish, yuqori darajadagi kompyuterlashgan tizimlarini tashkil
etishni, yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va mazkur sohada
dunyodagi rivojlangan davlatlar darajasiga erishishni talab etadi. Shuning uchun ham
jadal sur’atlar bilan rivojlanishda real investitsiyalar tarkibida fan, texnika, ta’lim,
kadrlarni qayta tayyorlash uchun sarflanadigan real investitsiyalar asosiy o’rinlardan
birini egallashi zarur. Asosiy fondlarga sarflangan real investitsiyalar maqsadi
sarflanish yo’nalishlari va boshqa ko’rsatkichlarga ko’ra hududlararo, tarmoqlararo,
texnologik, qayta ishlab chiqarish tarkiblariga ega. Asosiy fondlarga sarflangan
investitsiyalarni, ularning aktiv (mashinalar, asbob-uskunalar) va passiv (bino,
inshootlar) qismlarini tashkil etish uchun sarflangan umumiy harakat yig’indisidagi
ulushi texnologik tarkibini tashkil etadi. Investitsiyalarning qayta ishlab chiqarish
25


tarkibi ularning qanday maqsadlarga yo’naltirilganligi yangi qurilishga, faoliyat
ko’rsatayotgan korxonalarni kengaytirishga, rekonstruktsiyaga va yangi texnika bilan
qayta qurollantirishga jalb qilingan xarajatlarni umumiy xarajatlardagi har birining
nisbiy jihatdan ulushini ko’rsatadi. Investitsiyalarning hududlararo va tarmoqlararo
tarkibi esa ularning nisbiy jihatdan hududlar va tarmoqlar bo’yicha taqsimotini
bildiradi.
Rivojlangan mamlakatlarda real investitsiyalarning asosiy qismini xususiy
investitsiyalar tashkil etadi. Davlat sektorida real investitsiyalar sarfi muhim
ahamiyatga ega. Iqtisodiy muvofiqlashtirish siyosati asosida kreditlar, subsidiyalar
ajratiladi, davlat kapital qo’yilmalari muvozanatlashtiriladi va real investitsiyalar
o’zlashtiriladi. Davlat tomonidan o’zlashtiriladigan investitsiyalar dastlabki bozor
infratuzilmasini va u bilan bog’liq bo’lgan tarmoqlarni rivojlantirishga sarflanadi.
Investitsiyalarning samaradorligini oshirish asosiy kapitalning faol qismlarini
vujudga keltirish va o’stirish hisobiga amalga oshiriladi. Real investitsiyalarni
tavsiflash ularning hajmi va daromad keltirishi asosida amalga oshiriladi. Moliyaviy
investitsiyalar kapitalni, to’lov va moliyaviy majburiyatlarning barcha turlarini o’zida
mujassamlashtiruvchi, moliyaviy aktivlarga joylashtirilishini anglatadi. Ushbu
moliyaviy vositalarning eng muhimlari qimmatli qog’ozlardir: ulushli (aktsiyalar) va
qarz (obligatsiyalar). Real investitsiyalardan farqli o’laroq moliyaviy investitsiyalarni
ko’proq portfel investitsiyalar deb atashadi, chunki bu holda investorning asosiy
maqsadi bo’lib moliyaviy aktivlarning mukammal yig’masini (investitsiyalar
portfelini) shakllantirish va qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan turli
operatsiyalarni
boshqarish
hisoblanadi.
Moliyaviy
investitsiyalar
shaxsiy
kompaniyalar va davlat idoralari tomonidan muomalaga chiqarilgan aktsiyalarga,
obligatsiyalarga va boshqa qimmatli qog’ozlarga va bank depozitlariga, uzoq
muddatga jalb qilinadigan qo’yilmalardir. Moliyaviy investitsiyalarning asosiy qismi
kapitalni noishlab chiqarish sohasiga sarflanishini bildiradi. Moliyaviy investitsiyalar
aksariyat holatlarda real investitsiyalarning manbai bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Moliyaviy investitsiyalar erkin bozor infratuzilmasi rivojlangan mamlakatlarda,
qimmatli qog’ozlar bozori orqali kapitalni sohalar bo’yicha taqsimlanishida muhim
ahamiyatga bo’lgan davlatlarda ko’proq tarqalgan.
Quyida keltirilgan chizmada xorijiy investitsiyalarning tasniflanish belgilari
keltirilgan (2.1.2.-chizma). Xorijiy investitsiyalar investitsiya turlari, investorning
ishtirok etish shakliga, qayta ishlab chiqarish shakliga, mablag’ qo’yish ob’ektiga,
investitsiya kiritiladigan davriga, investitsiya bilan ta’minlashda ishtirok etishning
xususiyatiga va moliyaviy xavf darajasiga ko’ra tasniflanadi.
Investitsiyada qatnashish tavsifiga ko’ra investitsiyalar bevosita va portfel
(bilvosita) investitsiyalarga ajratiladi. Bevosita investitsiyalar investorning o’z
moliyaviy mablag’larini joylashtirish ob’ektini barpo etish imkoniyatini beradi.
Portfel investitsiyalar esa tijorat banklari, investitsion kompaniyalar va fondlar va
boshqalar yordamida amalga oshiriladi.
26



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə