A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/115
tarix20.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#128383
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

Nazorat uchun savollar
1.Investitsiya tushunchasiga ta’rif bering.
2.«Investitsiya» atamasi qanday ma’noga ega?
3.Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad nima?
4.Xorijiy investitsiya tushunchasiga ta’rif bering.
5.Investitsiya faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarni tushuntirib bering.
6.Investitsiya munosabatlari davlat tomonidan qanday qilib tartibga solinadi?
7.Xorijiy investitsiyalarning mohiyatini yoritib bering va ularni jalb qilinish
sabablari tushuntirig.
8.O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalar qanday
ahamiyat kasb etadi?
9.Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning qanday manbalari mavjud?
2-bob. Xorijiy investitsiyalarning shakl va turlari
2.1. Xorijiy investitsiyalarning turlari
Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to’g’risida mamlakatimizda
qabul qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda
uchta turini ajratish mumkin. (2.1.1-chizma)
Investitsiya turlari
Инвестициялар
Молиявий
инвестициялар
Моддий
инвестициялар
Ақлий
(интеллектуал)
инвестициялар
2.1.1-chizma
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir investitsiya turining o’ziga xos o’rni bo’ladi.
Moliyaviy investitsiyalar
tarkibiga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning pul
birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar,
veksellar va boshqa qimmatli qog’ozlar hamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi.
Moddiy investitsiyalar
tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbob-uskunalar,
inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining
aktiv va passiv qismlari kiradi.
23


Aqliy (intellektual) investitsiyalar
miqdori juda rang-barangdir, ya’ni ular
mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar, aqliy mehnatga oid shakldagi
investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat.
Mulkiy
huquqlar
guruhiga
kiradigan
investitsiyalarning
turlari
bozor
munosabatlarining nechog’lik rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o’ziga xos
tomonlariga qarab har xil bo’ladi. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi
investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, “nou-xau”, kashfiyotlar, tovar
belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi.
Tarkibiy tuzilishiga ko’ra investitsiyalar yalpi va sof investitsiyalarga ajratiladi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə