A. V. Mavlonov


Neft chiqarishning bir yillik va besh yillik



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə87/94
tarix19.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#151131
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   94
NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI darslik

12.1. Neft chiqarishning bir yillik va besh yillik
rejalari

Bir yllik va besh yillik rejalarni aniqlashda hisobda turgan chiqarilishi lozim zahira darajasiga (A+V+S1) asoslanadi. Bunda qazib chiqarishning texnologik sxemasi yoki loyihasidagi raqamlar asos qilib olinadi. Joriy rejaning besh yillik farqi shundaki, bunda hamma ma’lumotlar juda aniq va puxta asoslab beriladi.


Rejalashtirilayotgan davrga mg’ljallangan neft chiqari-lishi eski quduqlar va yangi quduqlar (shu yil ishga tushiril-gan) hisobiga bg’ladi:

Qt+1=Qe(t+1)+Qya(t+1)


bu erda: Qt+1 -ma’lum yilga mg’ljallangan neft chiqarish;


Qe(t+1) - eski quduqlardan (avvalgi yilda ishlab turgan) chiqariladigan neft;
Qya(t+1)- shu yil ishga tushiriladigan quduqlardan chiqariladigan neft;
t+1 - shu yilning belgisi (vaqti);
t - avvalgi yil.
Neft chiqarishni joriy yilga rejalashning eski quduqlar hisobiga bajarishning qiyin tomonlaridan biri g’sha eski yilda ishlagan hamma quduqlar ishlaydimi, hamda o’sha bulturgi mahsuldorlik bilan ishlaydimi, degan savolga javob topmoqdir. Bunda ayniqsa oxirgi savolga javob topishda quduqlarning yillar davomida debiti pasayishi hisobga olinadi. Uidan tashqari qatlamda suv haydash jarayoni amalga oshirilayotgan bg’lsa, ba’zi quduqlarda suvning ko’payib, neft miqdori kamayishi ham inobatga olinishi lozim. Eski quduqlar hisobiga debitning kamayishi uch xil sabablar natijasida sodir bg’ladi: birinchi galda olinayotgan mahsulot tarkibida neft miqdorining kamayishi hisobiga, keyingisi xar bir quduqning g’rtacha debiti kamayishi hisobiga va uchinchisi - ba’zi quduqlarning ishlatishdan chiqishi hisobiga.
Bu kg’rsatkichlar yuqorida keltirganimiz rejalashning gidrodinamik va statistik usullari bilan hisob qilsa bg’ladigan kg’rsatkichlardir.
YAngi quduqlar hisobiga rejalash qancha bg’lishiga bog’liq bg’ladi. Bunda eng qiyin masala yangi quduqlarning bg’lajak debitini oldindan belgilashdir. Loyihalarda hisob butun quduqlar soniga berilgan bg’ladi, keyingi qazilgan quduqlar-ning mahsuldorligi esa ular qanday joyga tushganligiga bog’liq, agar mahsuldor maydonga tushsa debit yuqori, kamroq mahsuldor maydonga tushsa aksincha, debit kam bg’lishi mumkin. Albatta quduqlarning qazilish navbatini belgilagan vaqtda ularning mahsuldorligi ham chamalanadi, lekin loyihadagi ma’lumot amalda ancha g’zgarishga (aniqlanishga) uchrashi mumkin. Undan tashqari keyingi galda qazilishi lozim bg’lgan quduqlar ba’zi qiyin sharoitlar natijasida keyingi galga qg’yilgan bg’lishi mumkin. Bunda er yuzi sharoiti (relefning noqulayliklari, kg’l, botiqliklarning mavjudligi, neft-gaz yig’ish yg’llari-ning murakkabliklari va shu kabilar) inobatga olmog’i kerak.
Ishlatilayotgan konlarda quduqlarni zichlashtirish g’sha ob’ektning qazib chiqarish xaritasiga qarab joylashtiriladi, demak, g’sha xaritadan quduqlarning mahsuldorligini chamalash mumknn bg’ladi.
YAngi ishga tushirilayotgan konlardagi quduqlarning mahsuldorligi ulardagi qatlamning foydali yoki gidrog’tkazuv-chanlik koeffitsientiga nisbatan mutanosib ravishda olinadi. CHunonchi, loyiha bg’yicha 94 ta quduq qazilishi lozim. Hamma quduqlar uch yil ichida qazilishi kerak, birinchi yili 31, ikkichisida 32, qolgani uchinchi yili qazilishi lozim. Kon g’zi uch qismdan iborat, ikkitasida 31 tadan quduq, yana birida 32 ta quduq mavjud bg’lishi kerak. Ularning navbati ham 1,2,3 dan iborat. SHu maydonlarda quduqlarning debitini aniqlamoq-chimiz. Loyiha bg’yicha kondagi quduqlarning g’rtacha debiti 20,4t/sut g’rtacha foydali qalinlik 10,2m. Har bir quduqda foydali qatlam qalinligini belgilaganimiz holda uning debitini xisoblay olamiz. Bu hisoblar 10 - jadvalga tushirilgan.

10 – jadval.





Maydon №

Neftga shimilgan qalinlikka ega bo’lgan quduqlar soni

Jami quduqlar

 hn, m

hn.o’.;
m

O’rtacha debit, t/sut

6

10

14

16

I

-

2

19

10

31

446

14,4

28,8

II

10

21

-

-

31

300

9,1

18,2

III

21

11

-

-

32

236

7,0

14,0

Jami

31

34

19

10

93

982

30,5

61,0

Jadvaldan shu narsa ma’lum bg’ladiki, birinchi yil qaziladigan maydondagi quduqlarning g’rtacha foydali qalinligi 14,4m, demak debit 28,8t/sut, ikkinchi maydondagi ikkinchi yg’lda ishga tushiriladigan quduqlardagi qatlamning g’rtacha foydali qalinligi 9,1m ni, demak ularning debiti 18,2t/sut ni tashkil etadi va nihoyat uchinchi maydondagi uchinchi yili qaziladigan quduqlardagi foydali qalinlik 7m dan iborat bg’lib, ulardagi debit 14t/sut ni tashkil qiladi.


Quduqlarning ishlash kunlari yangi ishga tushiriladigan quduqlarda ularning oydagi rejasiga qarab aniqlanadi. Bunda albatta ularning tg’laligicha ishga tushishi uchun yaratilishi lozim bg’lgan sharoitlar hisobga olinadi. Aksariyat yangi ishga tushiriladigan quduqlarning yillik ish kuni 130-150 kun hisobida chamalanadi.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə