A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


Cost allocation (assignment)



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə149/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Cost allocation (assignment) – Xarajatlarni taqsimlash (o‘zlashtirish). Xarajatlarning ma’lum turlarini yoki guruhlarini xarajatlar muayyan obyekti yoki obyektlariga kiritish jarayoni. Xarajat turlari ichida umumishlab chiqarish xarajatlarini ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlariga taqsimlash eng murakkab jarayon bo‘lib hisoblanadi.


Cost behavior – xarajatning o‘zgarishi. Turli xildagi xarajatlar miqdorining korxona rahbarlari ishchi faolliklari darajasi o‘zgarishi (savdo yoki ishlab chiqarish hajmi)ga bog‘liqligi. Korxona rahbari qabul qiladigan qarorlar ta’sirida xarajatlarining ma’lum bir xillari o‘zlarini turlicha tutishadi. Shuning uchun xarajatlarini boshqarishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu holatda, ya’ni xarajatlarni boshqarish uchun xatarli nuqtani aniqlash uchun “xarajatlar – ishlab chiqarish hajmi – foyda” mutanosibligi tahlili usulidan keng foydalaniladi.


Cost center – xarajatlar markazi. Xarajatlarni to‘plash va hisobga olish maqsadga muvofiq bo‘lgan tashkilot segmenti yoki faoliyat sohasi. Faqat xarajatlarni nazorat qila olishi mumkin bo‘lgan rahbari bo‘lgan mas’uliyat markazi. Xarajatlar markazi deyilganda, pastki tabaqa tuzilmaviy bo‘linmalari tushuniladi. Masalan, korxona uchun pastki tabaqa tuzilmaviy bo‘linmalari – tsexlar, undan keyin – bo‘limlar va sh.k.
Cost driver – xarajatlar namoyandasi. O‘zgarishi xarajatlar yig‘indisi miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi ixtiyoriy omil. Masalan, tayyor mahsulot birligi, odam-soat miqdori, mashina-soat miqdori.


Cost flow – xarajatlar harakati. Xarajatlarning korxonaning xo‘jalik faoliyati natijasida ularning taxmin qilinayotgan harakati bilan o‘zaro bog‘liqligi.


Cost of goods manufactured – ishlab chiqarilgan mahsulot (tovarlar)ning tannarxi. Hisobga olish davrida yakunlangan mahsulot birligiga o‘tkazilgan ishlab chiqarish xarajatlari yig‘indisi. Ishlab chiqarish korxonalarida bunday kattalik hisob-kitobi maxsus hisobotda – ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi haqidagi hisobotda taqdim etiladi (Statement of Cost of Goods Manufactured).



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə