A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


Consolidated financial statements



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə148/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Consolidated financial statements - birlashtirilgan moliyaviy hisobotlar. Bosh korxona yoki tashkilotning o‘z tizimidagi mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektlari bo‘yicha (qo‘shaloq hamda tobe korxonalar) yig‘ma moliyaviy hisobotlari.


Contra account – kontrhisob. Moliyaviy hisobotlarda u bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy schet miqdoridan ayiriladigan schet saldosi. Masalan, asosiy vositalar bo‘yicha to‘plangan eskirish summasi, shubhali qarzdorlik bo‘yicha hisoblangan ajratmalar summasi va sh.k.
Contributed or paid-in capital – avanslangan (kiritilgan, shuningdek to‘langan) kapital. Korxonaga aksiyadorlar tomonidan kiritilgan va balansda xususiy mablag‘ miqdorini ko‘rsatuvchi asosiy moddalardan biri.


Contribution margin – marjinal daromad. Sotuvning mazkur darajasi bilan bog‘liq barcha o‘zgaruvchan xarajatlar miqdoridan
savdodan tushgan tushumning oshgan qismi. Boshqaruv hisobida xarajatlarni hisobga olishning eng asosiy usullaridan biri.


Controllable costs – nazorat qilinadigan xarajatlar. Boshqaruv hisobida bunday xarajatlarni boshqaruv qarorlari ta’siriga tushadigan va o‘zgaradigan xarajatlar deb e’tirof etiladi. Muayyan boshqaruvchi harakatlari va qarorlari ta’sir etishi mumkin bo‘lgan va natijada u tomonidan boshqariladigan xarajat turlari tushuniladi. Xarajatlarning mas’uliyat markazlari bo‘yicha o‘zgarishini hisobga olish hamda tahlil qilishda keng qo‘llaniladi.


Controllable overhead variance – umumishlab chiqarish xarajatlarining nazorat qilinuvchi chetlanishi. Haqiqiy UIX va byudjet (rejalashtirilgan, me’yoriy) UIX orasidagi farq sifatida ishlab chiqarishda erishilgan daraja hisobida aniqlanadi. Ishlab chiqarish darajasi o‘zgarishidan qat’i nazar muayyan bo‘linmalar va boshqaruvchilar faoliyati natijalarini tavsiflovchi umumishlab chiqarish xarajatlari umumiy chetlanishining ikkita tashkil etuvchilaridan biri.


Conversion costs ishlov berish xarajatlari, shuningdek qo‘shilgan xarajatlar ham deyiladi. To‘g‘ridan to‘g‘ri mehnat va umumishlab chiqarish xarajatlari miqdoriga kiritiladi. Ishlab chiqarish jarayonida xomashyo va materiallarni tayyor mahsulotlarga aylantirishga sarflangan xarajatlar bo‘lib, tannarxni hisoblashning jarayonli usulida tayyor mahsulotlar shartli birliklarini hisob-kitob qilishda qo‘llaniladi.


Corporation – korporatsiya (aksiyadorlik jamiyati). Yakkahokimlik asosida xo‘jalik yuritish va hamkorlik bilan bir qatorda biznes asosiy tashkiliy shakllarining biri. Uning mulkdorlari huquqlari va majburiyatlaridan farqli o‘laroq barcha huquqli, imtiyozli va majburiyatli mustaqil huquqiy birlik.
Cost – 1. Sarflar, chiqimlar, xarajatlar. 2. Tannarx. Moliyaviy hisobda, odatda, moliyaviy hisobda tan olish (amalga oshirish fakti) nuqtasida xo‘jalik operatsiyasi bilan bog‘liq ayirboshlash narxi, masalan, sotib olish sanasida biror-bir mablag‘ni qo‘lga kiritish haqiqiy narxi sifatida tushuniladi. Shuningdek, birlamchi (original cost, acquisition cost) yoki tarixiy tannarx (historical cost) deb nomlanadi. Boshqaruv hisobida mazkur atama, odatda, xarajatlar, ishlab chiqarish xarajatlari sifatida tushuniladi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə