A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə156/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Extraordinary items – noodatiy voqealar. Tabiatiga ko‘ra noodatiy bo‘lgan va kamdan kam hollarda sodir bo‘ladigan voqealar va ishlar (mazkur sharoitlarda yuqori darajadagi me’yordan chetlashish). YAqin kelajakda sodir bo‘lishi kutilmaydi. Turli mamlakatlarda ushbu turkumga kiritish tartibi bir-biridan farq qiladi. Masalan, AQSHda bularga 1) suv toshqinlari, zilzilalar, yong‘inlar, o‘g‘riliklar 2) yangi qonunlarni qabul qilish natijasida ko‘riladigan daromadlar va zararlar 3) xorijiy hukumat tomonidan mulkni musodara qilish natijasida ko‘riladigan zararlar va 4) qarzni muddatdan ilgari to‘lashdan ko‘riladigan daromadlar va zararlar kiradi. Bunday hodisalar natijalarini moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda asosiy faoliyat bo‘yicha natijalardan so‘ng ko‘rsatish talab qilinadi.


Extraordinary repairs – yalpi (noodatiy) ta’mirlash. Natijada, aktivning sotilish narxi va foydali xizmat muddati o‘zgaradigan ta’mir uchun qilingan xarajatlarlar.

    F



Factory overhead budget – umumishlab chiqarish xarajatlarining byudjeti. Kelasi davrga mo‘ljallangan ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun zaruriy bevosita materiallar va bevosita mehnat sarflaridan farqli o‘laroq, taxmin qilinayotgan ishlab chiqarish sarflarining detallashgan rejasi. Asosiy vazifasi – barcha bo‘linmalar bo‘yicha ishlab chiqarish sarflarini kelgusida ushbu xarajatlarning hisoblash alohida obyektlariga taqsimlash uchun ularni kelgusida nazorat qilish va me’yoriy koeffitsientni hisoblash maqsadida to‘plash.
Factory overhead costs – umumishlab chiqarish xarajatlari. Muayyan yakuniy mahsulotga to‘g‘ridan to‘g‘ri va tejab o‘tkazib bo‘lmaydigan, ishlab chiqarish bilan bog‘liq turli xildagi xarajatlar. Ishlab chiqarilayotgan bir dona mahsulot tannarxiga olib borish uchun ularni oqilona va sun’iy uslublar yordamida mahsulotlarga taqsimlash talab qilinadi. Oddiyroq qilib aytganda, ularni to‘g‘ridan bevosita ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga olib borish imkoni bo‘lmaganligi uchun, ularni tannarxga olib borishda qo‘shimcha taqsimlash usullaridan foydalaniladi. Shunga muvofiq bunday xarajatlarga bevosita emas, bilvosita moddiy va mehnat xarajatlari, amortizatsiya, tsex xarajatlari va shu kabilar kiradi.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə