A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


Direct labor rate variance



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə153/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Direct labor rate variance – bevosita mehnat xarajatlarining stavkalar bo‘yicha chetlanishi. Ishlab chiqarishdagi mehnat xarajatlari bo‘yicha vujudga kelgan umumiy chetlanishda mehnatga haq to‘lash stavkasi o‘zgarishi hissasini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkich – haqiqiy va normativ ish haqi stavkalari orasidagi farqni, ularning haqiqiy ish soati miqdoriga ko‘paytirish sifatida hisoblaniladi.


Direct labor time standarts – normativ ish vaqti (bevosita mehnat soatlari). Bir dona yoki bir partiya mahsulot ishlab chiqarish uchun, har bir bo‘linma, stanok yoki jarayonga kerak bo‘lgan soat ko‘rinishida ifodalanadigan vaqt.


Direct materials – bevosita materiallar (asosiy) yoki bevosita moddiy material xarajatlari. Aniq bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarishga bevosita sarflangan material, xomashyo va yarim fabrikatlar.


Direct materials price standart – bevosita moddiy material xarajatlarining normativ bahosi. Kelgusi hisob davrida materiallar sotib olish uchun juda katta aniqlikda hisoblanadigan har bir bevosita materiallar turlarining qiymatini baholash.


Direct materials price variance – bevosita moddiy material xarajatlarining narxlar bo‘yicha chetlanishi. Ishlab chiqarishdagi bevosita moddiy material xarajatlari bo‘yicha vujudga kelgan umumiy
chetlanishda materiallar bahosi o‘zgarishi hissasini ko‘rsatadi. Bu chetlanish - haqiqiy narx va normativ narx orasidagi farqni sotib olingan materiallarning haqiqiy miqdoriga ko‘paytirish sifatida hisoblaniladi.


Direct materials quantity standard – bevosita moddiy materiallarning normativ miqdori. Bir dona mahsulotni ishlab chiqarishga yoki mahsulot ishlab chiqarish jarayoniga sarflanadigan bevosita materiallar miqdorini aniqlash, baholash. Mahsulotning muhandislik xususiyati asosida aniqlanadi, buyumning sifati haqidagi ma’lumotlari, uskuna tarkibining o‘sishi va ishlab chiqarish quvvati haqida, ishchilarning tajribasi va kvalifikatsiyasi haqida va shu kabilar alohida e’tiborga olinadi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə