A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


Direct materials quantity variance –



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə154/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Direct materials quantity variance – bevosita moddiy xarajatning materiallar sarfining miqdorga nisbatan chetlanishi. Ishlab chiqarishdagi bevosita moddiy material xarajatlari bo‘yicha vujudga kelgan umumiy chetlanishda materiallar miqdori o‘zgarishi hissasini ko‘rsatadi. Haqiqiy ishlatilgan materiallar summasi va ularning normativ miqdori orasidagi farqni materiallarning normativ narxiga ko‘paytirish orqali hisoblanib topiladi.


Disposal value – uzoq muddatli aktivlarning likvidatsiya narxi. Biron bir uzoq muddatli aktiv likvidatsiya qilinishi (ro‘yxatdan chiqish vaqtidagi) jarayonida olinayotgan metallom va shu kabi chiqindilarning prognozlashtirilgan narxi. Rivojlangan bozor munosabatlariga ega mamlakatlar hisob tizimlarida aktivning boshlang‘ich narxi va uning amortizatsiya qilingan narxlari o‘rtasidagi farq sifatida hisobga olinadi.


Double-declining balance method – ikki marta kamayuvchi qoldiq uslubi. Kamayayotgan qoldiq uslubi varianti. Bir me’yorda amortizatsiya hisoblash usulini qo‘llash vaqtida dastlabki me’yorni ikki marta ko‘paytirgan holda, tezlashgan amortizatsiyani ajratish uslubi.
Ushbu me’yor daromadni soliqqa tortish maqsadlarida amortizatsiyani ajratishda ruxsat berilgan eng katta me’yor hisoblanadi.


Double-entry system - ikkiyoqlama yozish tizimi. Buxgalteriya hisobi metodinig muhim elementlaridan biri hisoblanib, sodir etilgan ixtiyoriy xo‘jalik operatsiyasini eng kamida bitta schetning debetida va kamida bitta (boshqa) schetning kreditida aks ettirilishi tushuniladi. Barcha holatlarda debet bo‘yicha barcha yozuvlar yig‘indisi kredit bo‘yicha barcha yozuvlar yig‘indisiga teng bo‘lishi lozim.

    E



Earnings - 1. Foyda; 2. Daromadlar, savdodan tushgan pullar, kirimlar. Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlarida, ba’zida, sof foyda deb yuritiladi (net income).


Earnings per share (EPS) – bir dona aksiyaga to‘g‘ri keladigan sof foyda. Aksiyadorlik jamiyatlarida bir dona aksiyaga hisoblangan sof foyda miqdori ko‘rsatkichi. Aksiyadorlik jamiyati hisobot yili yakunida o‘z ixtiyorida qolgan sof foydadan, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan, eng avval imtiyozli aksiyalarga dividendlar hisoblaydi, so‘ngra qolgan sof foydadan bozorda muomalada bo‘lgan oddiy aksiyalarga dividendni hisoblaydi. Ushbu ko‘rsatkich aksiyadorlik jamiyatining bozordagi holatini, aksiyadorlarga esa ularnig mablag‘lari qanday rentabellikda ishlayotganini ko‘rsatuvchi muhim ko‘rsatkichdir.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə