A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə161/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

H



Historical cost – tarixiy tannarx. Aktivlarni sotib olishdagi haqiqiy sarflangan xarajatlar. Aktivni sotib olishni, uning harakatini, to uning chiqib ketish paytigacha aks ettirish uchun buxgalteriya hisobida qabul qilingan tannarxni baholash tartibi. Shuningdek, tannarx (cost), birlamchi tannarx (original cost), sotib olish tannarxi (acquisition cost);
ba’zi mamlakatlar hisob tizimlarida tannarx tamoyilidan chetlashiladi (tarixiy), aktivlarni baholash uchun hisobotni tuzish sanasiga joriy bahosi qo‘llaniladi.

    I



Ideal capacity – ideal ishlab chiqarish quvvati.


Ideal standard costs – ideal me’yoriy (standart, normativ) xarajatlar. Samaradorlikning eng yuqori darajasiga asoslangan xarajatlar me’yori (jihozlar ishining to‘xtashi, ishchilar dam olishi, mahsulotlar yaroqsizligi va sh.o‘. sodir bo‘lmaganda). Odatda, amaliyotda kam qo‘llaniladi.


Income from operations – asosiy jarayonlardan (faoliyatdan) olingan foyda. Sotishdan olingan yalpi foydaning xarajatlardan oshgan qismi.


Income statement – foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot (moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot). Hisobot davrida mazkur korxona tomonidan barcha ishlab topilgan daromadlarni va ko‘rilgan zararlarni tavsiflovchi umumiy xizmatli asosiy moliyaviy hisobot shaklidan biri. Bir zinapoyali (sodda) va ko‘p zinapoyali shaklda taqdim etilishi mumkin. shuningdek, Statement of Income, Earnings Statement, Profit and Loss Account (statement) deb yuritiladi.


Income summary – natijaviy foyda. Hisobot davri yakunida davr uchun barcha daromadlar va xarajatlar to‘planadigan, moliyaviy natija (sof foyda yoki sof zarar) aniqlanadigan bosh kitob scheti. Hisobga olish davri yakunida, shuningdek, yopiladigan, va natijasi korxonalarda, yakka boshqaruv asosidagi xo‘jalikda o‘sha zahoti xususiy mablag‘lar hisobiga o‘tkaziladigan muvaqqat schet.
Income taxes – korxona foydasiga solinadigan soliq va yig‘imlar aks etadigan schet. Ushbu schet korxona daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi, ya’ni moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda keltiriladi. Shuningdek, chet mamlakatlarda, xususan AQSHda “ome Tax Expense, Provision for Income Taxes” deb yuritiladi. Buyuk Britaniyada jismoniy shaxslardan va shirkatlar (hamkorliklar) daromadlaridan olinadigan soliq hisobga olinadi.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə