A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


J Job card



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə164/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

J




Job card – ish kartochkasi (ishga naryad). Har bir ishchi tomonidan ma’lum bir ishga sarflanadigan vaqt qayd etiladigan ishchi vaqt hisobi xaritasaga qo‘shimcha sifatidagi kartochka. Muayyan ish yoki mahsulot to‘piga sarflangan ishchining ishchi vaqtini hisobga olish va mehnat sarfini aniqlash kartochkasida kundalik vaqtini tasdiqlash uchun qo‘llaniladi.


Job order – buyurtma (ishlab chiqarishga yoki ishni bajarishga). Maxsus, buyurtma bo‘yicha ishlab chiqariladigan mahsulotlar ma’lum soni uchun xaridor (buyurtmachi) buyurtmasi.


Job order cost accounting system – mahsulot xarajatlarini va ishlab chiqarilayotgan bir birlik mahsulot tannarxini buyurtmali usul bo‘yicha hisobga olish tizimi. Yakka yoki mayda seriyali ishlab chiqarishlarda yagona noyob mahsulot yoki maxsus buyurtmalar bo‘yicha ishlayotgan korxonalar tomonidan qo‘llaniladi. Qurilishda,
tipografiyada, samolyotsozlikda, mebel fabrikalarida ta’mirlash ishlari, auditorlik va maslahat xizmatlari va boshqalar amalga oshirilayotganda, maqsadga muvofiqdir.


Joint cost – umumiy (birgalikdagi) xarajatlar. Ikki yoki undan ortiq mahsulotlarni, masalan, sun’iy ravishda obyektlar bo‘yicha taqsimlash zaruriy umumiy birlamchi xomashyodan ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar. Shuningdek, Common costs deb yuritiladi.


Journal entry – jurnalga o‘tkazish (yozuv). Xo‘jalik jarayonining amalga oshirish sanasi, hisoblar mazkur ishi bo‘yicha yoziladigan raqamlari va nomlari, ishning tegishli yig‘indilari va uning qisqacha ta’rifi ko‘rsatiladigan bitta xo‘jalik jarayonini qayd etish uchun jurnaldagi alohida yozuv.


Journalizing – xo‘jalik jarayonini qayd etish, yozish jarayoni.


Just-in-time (JIT) – zaxiralarni «aniq muddatida» tezkor boshqarish tizimi. Uzluksiz ishlab chiqarish jaryonini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan materiallarni, xodimlarni va jihozlarni qamragan holda, barcha resurslar boshqariladigan boshqaruv yaxlit tizimi (boshqaruv falsafasi). Har bir komponent, kelgusi texnologik ish talab qilgan zahoti, ishlab chiqarilishi bilan tavsiflanadi. Bunday tizimlarda mahsulotning yo‘ldagi vaqti nihoyatda tejalishi hamda xomashyo va materiallarning, majmua unsurlarining minimal zaxiralari, va, demak, ularni saqlash bo‘yicha xarajatlar talab etilmasligi taxmin qilinadi, barcha materiallar o‘sha zahoti ishlab chiqarishga («yo‘ldan») kelib tushadi. Uzluksiz- ketma-ket ishlab chiqarish. Bunday tizim korxona ichidagi hisobni osonlashtiradi, zaxiralar nazoratini yengillashtiradi va, demak, mahsulotlar ishloviga ko‘proq e’tibor berishga hamda ishlab chiqarish quvvatlaridan ratsional foydalanishga imkon beradi.

    Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə