A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə172/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Overhead volume variance – umumishlab chiqarish xarajatlarining hajm bo‘yicha chetlashishi. Umumishlab chiqarish xarajatlarining umumiy chetlashishini tashkil etuvchi ikkita miqdordan biri. Ishlab chiqarish erishilgan darajasi va o‘zgaruvchan hamda doimiy umumishlab chiqarish xarajatlari uchun me’yoriy koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda, mahsulotga o‘tkazilgan umumishlab chiqarish xarajatlari hisobida umumishlab chiqarish xarajatlarining byudjet (me’yoriy) va haqiqatdagi miqdori o‘rtasidagi tafovut sifatida hisoblanadi. Faoliyat hajmining o‘zgarishi bilan bog‘liq umumishlab chiqarish xarajatlari o‘zgarishini tavsiflaydi.
Owner’s equity – xususiy kapital. Mulkdorlarning korxonaning aktivlariga talablari. Korxonalarda oldindan to‘langan mablag‘lar (Contributed capital yoki Paid-in capital) va to‘plangan taqsimlanmagan foyda (Retained earnings)dan iborat. Shuningdek, Residual equity (kompaniya aktivlarida qoldiq manfaat) deb yuritiladi.


Owner’s investments – mulkdorlarning sarmoyalari (quyilmalari).
Korxonaga mulkdor tomonidan sarflangan aktivlar.
Owner’s withdrawals – mulkdorlarning chiqarib olishlari. Mulkdor korxonadan chiqarib olgan aktivlari. Xususiy kapital miqdorini kamaytiradi. Faqat yakka xo‘jaliklar, ma’suliyati cheklangan jamiyatlar va shirkatlar (hamkorliklar)ga xos.

    P



– avanslangan mablag‘, oldindan berilgan (to‘langan) mablag‘.


Pay value – nominal baho (aksiyaniki). Aksiyaning yuza tomonida bosilgan qiymat. Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali miqdori (legal capital)ni belgilash uchun qo‘llaniladi.


Participative budgeting – ijrochilar ishtirokida rejalashtirish. Alohida bo‘linmalar yoki vazifalar davriy byudjetlarini tayyorlashda, shuningdek, umuman korxona uchun bosh byudjetni tayyorlashda barcha boshqaruvchilar ishtirok etadigan rejalashtirish jarayoni amaliyoti.


Partnership - hamkorlar (hamkorlik). Biznesni tashkil etishning uchta asosiy shakllaridan biri. Daromad olish maqsadida faoliyat olib borish uchun hamkorlik haqidagi shartnoma (kelishuv) bilan rasmiylashtirilgan ikkita yoki undan ortiq mulkdorlarning nokorporativ uyushmasi.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə