A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə170/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Normal operating cycle – me’yordagi ish sikli. Mahsulotlar, xomashyoga va shu kabilarga sarflangan pul mablag‘lari yana mahsulot / tayyor mahsulot savdosi natijasida pulga aylanishi uchun zaruriy o‘rtacha vaqt. Faoliyat sohasiga nihoyatda bog‘liq. Aksariyat korxonalar uchun bu jarayon bir yildan kam muddatni o‘z ichiga oladi.
Normal spoilage - me’yordagi yaroqsizlik. Ishlab chiqarish yaroqsizligiga me’yor darajasida qilingan sarflar. Ishlab chiqarish xarajatlari sifatida ko‘riladi, mahsulot tannarxiga kiritiladi.


Note – veksel (AQSHda). Veksel egasiga kelishilgan muddatda yoki birinchi talabga ko‘ra ma’lum miqdordagi mablag‘ni to‘lashning so‘zsiz yozma qarz majburiyati.
Notes to the financial statements – moliyaviy hisobotlarga izohlar (qo‘shimchalar). Hisobot iste’molchilariga korxonaning moliyaviy holati va faoliyat natijalari haqida to‘g‘ri fikr tug‘dirishga yordam beruvchi, korxonada davr mobaynida sodir bo‘lgan asosiy voqealar, uning hisob siyosati tamoyillari, moliyaviy hisobotdagi asosiy moddalarni detallashtiruvchi ma’lumotlar ochib berilgan korxonaning yillik hisoboti xujjati.

    O



Objective function – maqsadli funksiya (vazifa). Chiziqli dasturlash modelida ma’lum vazifani amalga oshirish uchun matematik ko‘rinishda tasvirlangan optimallashtirish (daromadni imkon qarar oshirish, xarajatlarni imkon qadar kamaytirish) mezoni.


Obsolescence eskirish, ma’naviy ishdan chiqish. Aktivni ishlatish jismoniy sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lmagan yaxshilangan xususiyatli yoki boshqa sababli o‘xshash obyektni yaratish natijasida uzoq muddatli aktiv miqdorining kamayishi. Jismoniy ishdan chiqish (physical deterioration) bilan birgalikda moddiy uzoq muddatli aktivlar foydali xizmati cheklangan muddatining amortizatsiyani ajratishning sababidir.


Operating activities – asosiy (ish) faoliyati. Sof foydani olish imkonini beruvchi asosiy xo‘jalik faoliyati. Pul mablag‘lari harakati
hisobotida investitsiya faoliyati (uzoq muddatli aktivlarga va qimmatli qog‘ozlarga sarmoyalar ajratish, kreditlar berish)dan va moliyaviy faoliyat (xususiy mablag‘lar tuzilmasiga ta’sir etuvchi ishlar)ga ajratilgan holda aks ettiriladi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə