A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə173/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Payroll register – ish haqi hisobi vedomosti. Ish haqini to‘lash kuniga tayyorlanadigan hujjat. Unda umuman korxonaning ish haqi yig‘indisi haqidagi detallashgan axborot mavjud.


Period budget – davriy (joriy) byudjet. Kelasi yil uchun korxona ishlari va alohida segmenti faoliyatining natijalari yoki korxona
vazifalari istiqbolini belgilash. Barcha davriy byudjetlar – mahsulotning xaridi byudjeti, ishlab chiqarish byudjeti, tijorat xarajatlari byudjetlari, materiallar sarflanishi byudjeti, mehnat haqi bo‘yicha byudjet, umumishlab chiqarish xarajatlari byudjeti, umumiy va boshqaruv xarajatlari o‘zaro mutanosib bo‘lishi lozim.


Period costs (expenses) – davriy xarajatlar. Davrga, ya’ni muayyan hisob davriga tegishli xarajatlar. Sotilgan mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan, biroq biznesning me’yorda amalga oshirilishi uchun zaruriy barcha xarajatlar. Mahsulotni sotish hamda ma’muriy boshqaruv xarajatlarini (davr xarajatlarini) o‘z ichiga oladi.


Periodic inventory method –tovar-moddiy zaxiralarni davriy hisobga olish usuli. Material (mahsulot) har bir birligining uzluksiz analitik hisobi yuritilmaydi, balki ana shu har bir material turi qoldiqlarini ro‘yxatga olish davriy, odatda, har bir hisobot davri yakunida inventarizatsiya o‘tkazilib aniqlanadi va boshlang‘ich zaxiralar hamda davr mobaynidagi sof xaridlar haqidagi ma’lumotlarni hisobga olgan holda, ushbu ma’lumotlar asosida sotilgan (sarflangan) mahsulotlar (materiallar) tannarxi aniqlanadigan zaxiralar hisobi olib boriladi. Mazkur tizim past baholardagi, turli xillaridagi katta miqdordagi mahsulot sotadigan korxonalar tomonidan qo‘llaniladi, chunki bunday sharoitlarda har bir birlikni hisobga olish juda mashaqqatlidir va katta xarajatlarni talab qiladi.


Permanent accounts – doimiy schetlar. Saldosi (qoldig‘i) kelgusi davrlarga o‘tkaziladigan, demak, balans moddalariga kiritiladigan schetlar. Davriy (vaqtinchalik) schetlar (temporary accounts)dan farqli o‘laroq hisobot davri yakunida yopilmaydi. Shuningdek, Real accounts, Balance sheet accounts deb yuritiladi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə