A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə176/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Production budget – ishlab chiqarish byudjeti. Savdoning rejalashtirilgan hajmini va yakuniy zaxiralarning istalayotgan hajmini kelasi davrda ta’minlash uchun ishlab chiqarilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarning yoki xizmatlarning miqdori aniqlanishi lozim bo‘lgan detallashgan reja.


Production overhead cost – umumishlab chiqarish xarajatlari. To‘g‘ri materiallar va mehnat to‘g‘ri sarflaridan tashqari, ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq barcha xarajatlar. Shuningdek, Factory overhead deb yuritiladi.


Profit – foyda. AQSHda foydani belgilash uchun boshqa atama –
«Income» qo‘llaniladi.
Profit and Loss Account (Statement) – moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot. AQSHda u, odatda, Income Statement deb yuritiladi.


Profit center – foyda markazi. Rahbari barcha daromadlar va xarajatlar uchun va, demak, mazkur bo‘linma faoliyati uchun javobgar mas’uliyat markazi.


Profit margin – rentabellik me’yori. Har bir sotilgan tovar summasi qancha foyda (foizlarda) olinganligini ko‘rsatuvchi nisbat. Olingan sof foyda summasini sotishdan tushgan tushumga bo‘lish yo‘li bilan hisoblab topiladi.


Profit margin pricing – savdo rentabelligi asosida narx belgilash uslubi (Baho belgilashning sotuv rentabelligi usuli). Mahsulotga baho belgilashga xarajatli yondashish usuli bo‘lib, unga muvofiq baho mahsulotga sarflangan barcha xarajatlarga nisbatan ma’lum foiz sifatida o‘rnatiladi.


Programming – dasturlash. Rejalashtirish turlaridan biri. Korxona strategik maqsadlarini amalga oshirish va har bir dasturni bajarish uchun zaruriy resurslar hajmini aniqlash maqsadida dasturlarni ishlab chiqish jarayoni.


Property, plant and equipment – asosiy vositalar. Sotish uchun xarid qilinmagan va xo‘jalik faoliyatida uzoq muddatli qo‘llanishga mo‘ljallangan moddiy aktivlar. Yer, binolar, inshootlar, mashinalar va jihozlar, transport vositalari, mebel va sh .o‘.. Shuningdek, Fixed assets, Plant assets deb yuritiladi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə