A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


Perpetual inventory method



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə174/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Perpetual inventory method – tovar-moddiy boyliklarni uzluksiz hisobga uslubi. Tovar yoki mahsulot har bir birligining mavjud miqdori va harakati (kirimi va sarflanishi / sotilishi) uzluksiz hisobi amalga oshiriladigan hisob tizimi. Masalan, samolyotsozlikda, avtomobillar, zargarlik buyumlari va hokazolar savdosida har bir birlik mahsulotni yuqori narxda sotayotgan korxonalar tomonidan qo‘llaniladi. Avtomatika va elektronika rivojlangan hozirgi paytda mazkur tizimning qo‘llanilish doirasi kengaymoqda. Shuningdek, Continuous inventory deb yuritiladi.


Physical deterioration – jismoniy eskirish. Ma’naviy eskirish (obsolescence) bilan bir qatorda, uzoq muddatli aktivlar foydali xizmat muddati cheklangan va amortizatsiyani ajratishning ikkita muhim sabablaridan biridir.


Physical inventory – tovar-moddiy boyliklar inventarizatsiyasi. Mahsulotni jismoniy yo‘l bilan sanab, inventarizatsiya qilish natijasida ma’lum sanaga ularning mavjud zaxiralari hajmini aniqlash.


Planning – rejalashtirish. Kelajakda bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlarni aniqlash jarayoni. Maqsadni aniqlash, maqsadga erishish uchun turli yo‘llar kutilayotgan natijalari istiqbolini belgilash, istalgan natijalarga erishish qarorini o‘z ichiga oladi. Ko‘pincha mazkur atama uzoq muddatli istiqbollarni belgilashga taalluqli.


Post-closing trial balance – yakuniy sinov balansi. Bosh kitob schetlariga barcha tuzatuvchi va yopuvchi buxgalteriya yozuvlari (o‘tkazmalarni) o‘tkazilgach, tuzilgan sinov balansi. Bosh kitobda debet va kredit bo‘yicha qoldiqlar “mos kelishi”ni yakuniy tekshirish.


Posting – yozuvlarni ko‘chirish. Hisob sikli bosqichi – jurnaldan bosh kitobga buxgalteriya yozuvlari (o‘tkazmalari)ni ko‘chirish jarayoni.
Practical capacity – amaliy ishlab chiqarish quvvati. Qayta sozlash uchun jihozlarning ishsiz turib qolish, ta’mirlash va texnikaviy xizmat ko‘rsatish, xizmatchilar tanaffuslari va shunga o‘xshashlar kabi ishdagi me’yoriy va kutilayotgan tanaffuslarni inobatga olgan holda, nazariy ishlab chiqarish quvvati. Ko‘pchilik korxonalar nazariy va amaliy quvvatdan faoliyat hajmi me’yori sifatida rejalashtirish maqsadlarida foydalanmaydilar, ko‘pincha me’yoriy quvvat (normal capacity) shunday maqsadlarda qo‘llaniladi.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə